Muallif: Kikki

Barcha to‘lovlar va xizmatlar endi bitta platformada!

Endi kommunal xizmatlar, davlat bojlari yoki o‘quv markazlari uchun alohida ilovalar qidirishga vaqt sarflamang. Baraka mobil ilovasi orqali kundalik ehtiyojlaringizdan tortib, murakkab moliyaviy va yuridik xizmatlargacha bo‘lgan 100 dan ortiq to‘lov turlarini bir necha soniyada amalga oshiring. Barcha muhim xizmatlar endi bitta platformada jamlangan.

Kundalik ehtiyojlar va kommunal xizmatlarga to’lov

Barakada quyidagilarga oson to’lov qiling:

Elektr energiyasi, gaz, suv, issiqlik tizimi va chiqindi xizmatlari.

Mobil aloqa, yuqori tezlikdagi internet va raqamli TV.

Avtomobilingiz uchun yoqilg‘i quyish stansiyalarida (AYQS) tezkor to‘lovlar.

Ta’lim va kelajak sari qadam

Farzandlaringiz va o‘zingizning ta’limingiz uchun bog‘chalar va maktablar, universitet, o‘quv markazlari va kurslarga navbatlarsiz to’lov qiling.

Davlat va yuridik xizmatlar

Rasmiyatchilik endi murakkab emas:

Bojlar, davlat xizmatlari markazlari to‘lovlari va yuridik xizmatlar.

YHXB (GAI) jarimalarini ilovaning o‘zida tekshiring va to‘lang.

Salomatlik, sayohat va sport

Sizning va oilangizning maroqli hordig‘i uchun:

Tibbiy xizmatlar va klinika to‘lovlari.

Aviachiptalar, temir yo‘l chiptalari va sayohat xizmatlari.

Fitnes zallari va sport seksiyalari uchun obunalar.

Moliyaviy va onlayn xizmatlar

Chegarasiz imkoniyatlardan foydalaning:

Sug‘urta, kreditlarni so‘ndirish va boshqa moliyaviy xizmatlar.

Xorijiy xizmatlar, o‘yinlar va ko‘ngilochar onlayn resurslar.

Ezgu ishlarga o‘z hissangizni qo‘shish uchun ishonchli xayriya fondlari.

Nima uchun to‘lovlarni Baraka orqali amalga oshirish kerak?

  1. Bog‘cha pulidan tortib, xalqaro xizmatlargacha — hammasi bitta ilovada.
  2. QR-kod orqali savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida bir zumda hisob-kitob qiling.
  3. Har bir sarflangan tiyiningiz hisobi va elektron cheklar doimo qo‘l ostingizda.
  4. Davlat standartlari darajasidagi himoya va mablag‘laringiz daxlsizligi.

Baraka — bu qulaylik, tezlik va ishonch demakdir!

Hayotingizni osonlashtirishni bugundan boshlang. Baraka ilovasini yuklab oling va barcha to‘lovlarni bitta tugma orqali boshqaring.

Baraka bilan pul o‘tkazmalari komissiyasini 0 foizgacha tushiring!

Zamonaviy hayotni pul o‘tkazmalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Farzandingizga talabalik puli yuborish, yaqinlaringizga moddiy ko‘mak berish yoki shunchaki kartadan kartaga pul o‘tkazish — bularning barchasi Baraka ilovasida bir necha soniya vaqt oladi.

Lekin siz pul o‘tkazmalarida komissiya tariflarini to‘g‘ri tanlash orqali pulingizni tejashingiz mumkinligini bilarmidingiz? Keling, Baraka ilovasidagi eng foydali tariflarni ko‘rib chiqamiz.

Baraka kartalariaro 0% komissiya

Baraka ijtimoiy kartalari nafaqat nafaqa olish, balki pul o‘tkazmalarini eng arzon, hatto bepul amalga oshirish uchun ham mo‘ljallangan. Quyida komissiyalar bilan tanishing:

0% — mutlaqo bepul

Agar siz bir bank doirasida bir Baraka kartasidan ikkinchisiga pul o‘tkazsangiz, xizmat haqi olinmaydi:

0.5% — imtiyozli tarif

Baraka kartangizdan boshqa bank kartalariga pul yuborsangiz, komissiya odatdagidan deyarli ikki baravar past bo‘ladi:

Baraka boshqalardan farq qiladi

Odatda kartadan kartaga pul o‘tkazish komissiyasi boshqa ilovalarda 1% gacha yetadi. Baraka kartasi bilan esa:

  1. Bir xil bank ichida pul o‘tkazib, komissiyadan butkul qutulasiz.
  2. Boshqa kartalarga yuborganda esa kamida 0.5% mablag‘ingizni tejab qolasiz.

Misol uchun: 1 000 000 so‘m o‘tkazsangiz, oddiy kartada 10 000 so‘m to‘lasangiz, Baraka kartasida bu bor-yo‘g‘i 5 000 so‘m bo‘ladi yoki mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Bankomatlardan naqd pul yechish

Shuni yodda tutingki, bankomatdan naqd pul yechishda komissiya miqdori Baraka emas, balki bankomatni o‘rnatgan bank tomonidan mustaqil belgilanadi.

Pulingizni tejash uchun Baraka kartangiz qaysi bankka tegishli bo‘lsa (masalan, Aloqabank, Xalq banki), imkon qadar o‘sha bankning o‘z bankomatlaridan foydalanishga harakat qiling. Bankomat ekranda pul berishdan oldin komissiya miqdorini ko‘rsatadi — har doim tranzaksiyani tasdiqlashdan avval ekranga e’tibor bering.

Nima uchun aynan Baraka ilovasi?

Pul o‘tkazmasi ko‘z ochib yumguncha manzilga yetib boradi. 

Har bir tranzaksiya davlat standartlari asosida himoyalangan. 

Yashirin komissiyalar yo‘q. Siz pul yuborishdan oldin qancha xizmat haqi olinishini aniq ko‘rib turasiz.

Agar sizda ijtimoiy nafaqa kartalari bo‘lsa, ulardan pul o‘tkazishda foydalanib, komissiyani 0.5% gacha tushirishingiz mumkin. Bu har bir o‘tkazmada salkam ikki baravar tejamkorlik deganidir! . Hoziroq Baraka mobil ilovasini yuklab oling va aqlli o‘tkazmalarni boshlang.

Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari yuzasidan rasmiy izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda nogironlik nafaqasi to‘lovlarining kechikishi bilan bog‘liq murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Nafaqa to‘lovlari hamkor bank — Xalq banki tomonidan moliyalashtirilib, belgilangan tartibda Baraka kartalariga o‘tkazib beriladi. Ayrim hollarda texnik jarayonlar sababli qisqa muddatli kechikishlar yuzaga kelishi mumkin.

Hozirgi kunda mazkur murojaat bo‘yicha to‘lov fuqaro kartasiga muvaffaqiyatli tushirilganini ma’lum qilamiz.

Ma’lumot uchun, 2024-yildan boshlab O‘zbekistonda yagona ijtimoiy karta tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu tizim doirasida barcha ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar ijtimoiy kartalar orqali amalga oshiriladi. Nafaqaxo‘rlar uchun kartalarni chiqarish va yetkazib berish Xalq banki, talaba va o‘quvchilar uchun esa Aloqabank tomonidan ta’minlanadi.

Baraka kartasi jamoasi sifatida barcha ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va qulay yetkazilishini muhim deb bilamiz hamda bu borada hamkor tashkilotlar bilan doimiy aloqadamiz.

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ilk marta Baraka kartasiga ega bo‘ldi!

1-aprel kuni Toshkent shahridagi 365-maktab o‘quvchilariga sinov tariqasida Baraka ijtimoiy kartalari berildi. Endi ular Baraka ijtimoiy kartasidan bank va transport kartasi sifatida foydalanish (xuddi ATTO kartasi kabi) imkoniyati ega bo’ladilar.

Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Baraka loyiha ofisi va Aloqabank vakillari ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida ishtirokchilar kartaning afzalliklari va kundalik hayotda qo‘llanilishi haqida ma’lumot oldilar. Loyihaning maqsadi yoshlarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlariga integratsiya qilishdir.

Ma’lumot uchun, 2024-yildan boshlab O‘zbekistonda yagona ijtimoiy karta tizimi ishga tushdi. Endi barcha ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar asta-sekin shu kartalarga o‘tkazilmoqda. Nafqaxo‘rlar uchun kartalarni chiqarish va yetkazib berish Xalq banki AJ’ga, talaba va maktab o‘quvchilari uchun xizmat ko‘rsatish va kartalarni taqdim etish esa Aloqabank AJga topshirilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28-dekabrdagi 897-sonli qaroriga binoan, ijtimoiy kartalar atigi 3 ish kunida chiqarilib, bank xodimlari tomonidan fuqarolarga yetkazib beriladi. Shu tarzda, har bir foydalanuvchi o‘z kartasini tez va qulay olishi mumkin.

 Baraka kartasining keng imkoniyatlair bilan bu yerda va Baraka ilovasining qulayliklari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin. Ilovani hoziroq yuklab oling va kartangizni ulab, qulay foydalaning. 

Baraka mobil ilovasida balansingiz to’g’ri ko’rinishda aks etmoqda

E’lon

Hurmatli foydalanuvchilar, Baraka mobil ilovasida balans ko‘rinishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaqtinchalik texnik nosozlik to‘liq bartaraf etildi. 

Hozirda ilova odatdagidek ishlamoqda va balanslaringiz to‘g‘ri ko‘rinishda aks etmoqda. Agar ilovangizda balans hali yangilanmagan bo‘lsa, ilovani qayta ochish yoki yangilashni tavsiya qilamiz.

Barcha mablag‘laringiz doimo xavfsiz saqlanadi.

Balans ko‘rinishida vaqtincha texnik nosozlik

Hurmatli foydalanuvchilar, ayni paytda Baraka mobil ilovasida ayrim foydalanuvchilarning balansida noto‘g‘ri summa yoki nol balans ko‘rinishi holatlari kuzatilmoqda. Xavotir olmang, bu kartangizda mablag‘ yo‘q degani emas. Kartangizda mablag’ bor va undan bankomat yoki savdo shahobchalarida foydalana olasiz. 

Ushbu nosozlik vaqtinchalik texnik sabablar tufayli yuzaga kelayotganini ma’lum qilamiz. Barcha mablag‘laringiz to‘liq xavfsiz saqlanmoqda.

Hozirda holatni bartaraf etish bo’yicha ishlayapmiz. 1-2 kunda jarayon yakunlangach, balansingiz to‘g‘ri ko‘rinishda avtomatik ravishda tiklanadi.

Foydalanuvchilarga tavsiyalar

Biz foydalanuvchilarimizga bizni tushunishgani va sabr uchun minnatdorchilik bildiramiz. Har bir mablag‘ingiz xavfsizligi biz uchun muhim ahamiyatga ega, va biz barcha nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishga harakat qilamiz.

Ijtimoiy ID nima va u sizga qanday qulayliklar beradi?

Ijtimoiy ID bu –  sizning ijtimoiy xizmatlar tizimidagi yagona raqamli identifikatoringiz.

U orqali davlat axborot tizimlarida shaxsingiz aniqlanadi va sizga tegishli ijtimoiy xizmatlar, to‘lovlar va imtiyozlar boshqariladi. Sodda qilib aytganda, Ijtimoiy ID – ijtimoiy xizmatlar uchun yaratilgan shaxsiy raqamli profilingiz.

Baraka ilovasidagi Ijtimoiy ID qanday vazifani bajaradi?

Ilovadagi barcha ijtimoiy ma’lumotlaringiz aynan shu ID orqali boshqariladi. 

Foydalanuvchini tizimda aniq identifikatsiya qiladi
Ijtimoiy ID orqali tizim sizni avtomatik ravishda tanib oladi. Bu jarayonda qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot kiritish talab qilinmaydi. 

Mavjud ijtimoiy to‘lov va imtiyozlarni ko‘rsatadi
Siz qaysi nafaqa, xizmat yoki boshqa ijtimoiy yordam turiga ega ekaningiz Ijtimoiy ID asosida tizimda aks etadi. Bu ma’lumotlar yagona profilga bog‘langan bo‘ladi.

Ijtimoiy xizmatlardan tez va qulay foydalanish imkonini beradi
Ijtimoiy ID barcha xizmatlarni yagona tizimga biriktiradi. Natijada ortiqcha qog‘ozbozliksiz, navbat kutmasdan va ma’lumotlarni qayta-qayta taqdim etmasdan xizmat olish mumkin bo‘ladi.

To‘lovlarni kuzatish va boshqarishni soddalashtiradi
Ilova orqali sizga tayinlangan ijtimoiy to‘lovlarni ko‘rish, ularning tushum sanasini kuzatish va holatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

Ijtimoiy ID qayerlarda qo‘llaniladi?

Ijtimoiy ID turli davlat va moliyaviy tizimlarda fuqaroning shaxsini aniqlash hamda unga tegishli ijtimoiy xizmatlarni boshqarish uchun qo‘llaniladi. 

 Ijtimoiy himoya organlarida
Fuqaroga tegishli ijtimoiy yordam turlari, imtiyozlar va ro‘yxatga olish jarayonlari Ijtimoiy ID orqali aniqlanadi. Bu ma’lumotlarni tez topish va tekshirish imkonini beradi.

Nafaqa va subsidiyalarni rasmiylashtirishda
Pensiya, bolalar nafaqasi, moddiy yordam yoki subsidiya ajratishda fuqaroning huquqi va maqomi Ijtimoiy ID asosida tekshiriladi. Bu jarayonni soddalashtiradi va xatoliklar ehtimolini kamaytiradi.

Bank jarayonlarida (ijtimoiy karta bilan bog‘liq operatsiyalarda)
Ijtimoiy to‘lovlar tushadigan karta bilan bog‘liq masalalarda shaxsni tezkor identifikatsiya qilish Ijtimoiy ID orqali amalga oshiriladi. Natijada bank xizmatlari tezroq ko‘rsatiladi.

Raqamli davlat xizmatlari tizimlarida
Onlayn platformalar orqali ariza topshirish, ma’lumotlarni tekshirish yoki ijtimoiy xizmatlarga murojaat qilishda Ijtimoiy ID yagona identifikator sifatida ishlaydi.

Ijtimoiy ID fuqaroga qanday afzallik beradi?

Ijtimoiy ID fuqaro uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish jarayonini ancha soddalashtiradi va tezlashtiradi. Ya’ni Ijtimoiy ID orqali tizim shaxsni avtomatik aniqlaydi. Ko‘plab holatlarda qo‘shimcha hujjat taqdim etish yoki ma’lumotlarni qayta kiritish talab qilinmaydi. Bu vaqtni tejaydi.

Ma’lumotlar yagona tizimda saqlangani sababli turli tashkilotlarga bir xil hujjatlarni bir necha bor topshirish zarurati kamayadi. 

Fuqaro o‘ziga tayinlangan nafaqa, subsidiya yoki boshqa ijtimoiy to‘lovlar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi. Qaysi to‘lov qachon va qanday miqdorda ajratilgani ochiq ko‘rinadi.

Ijtimoiy ID barcha ijtimoiy xizmatlarni yagona profilga bog‘laydi. Natijada xizmat olish jarayoni tezlashadi va navbatlar kamayadi.

Fuqaroning ijtimoiy ma’lumotlari turli bazalarda tarqoq holda emas, balki yagona tizimda jamlanadi. Bu ma’lumotlarning aniqligi va dolzarbligini ta’minlaydi.

Baraka kartasi orqasidagi QR-kod nima?

Baraka ijtimoiy kartasi orqasidagi QR-kod — bu Ijtimoiy ID bilan bog‘langan identifikatsiya kodi.

QR-kod skaner qilinganda:

Muhim: ushbu QR-kod to‘lov uchun mo‘ljallanmagan. U faqat identifikatsiya maqsadida ishlatiladi.

Ijtmoiy QR koddan qayerlarda foydalanish mumkin?

Baraka kartasidagi ijtimoiy QR-kod quyidagi joylarda va holatlarda ishlatiladi:

  1. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida

QR-kod skaner qilinadi va tizim sizning profilingizni aniqlaydi, shunda xodimlar sizga tegishli xizmatlarni tezroq taqdim etadi.

  1. Vakolatli davlat xodimlari tomonidan

Faqat ruxsatli xodimlar QR-kodni ishlatadi, odatiy foydalanuvchi bu kodni to‘lov yoki boshqa shaxsiy maqsadlarda ishlata olmaydi.

  1. Bank jarayonlarida (karta bilan bog‘liq masalalarda)

Ijtimoiy karta bilan bog‘liq xizmatlar, nafaqa yoki subsidiyalarni olishda QR-kod orqali tez identifikatsiya qilinadi.

  1. Ijtimoiy xizmatlarni tekshirishda

Xizmat sifatini nazorat qilish yoki foydalanuvchining ma’lumotlarini tekshirishda QR-kod ishlatiladi.

Muhim: QR-kod ochiq to‘lov QR’i emas, u faqat maxsus tizim orqali vakolatli xodimlar tomonidan identifikatsiya maqsadida ishlatiladi.

 

70dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga Baraka ilovasidan ariza topshiring!

Endi Baraka ilovangiz orqali 70 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga ariza jo’nata olasiz. Eng muhimi, arizangiz holati va natijasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova ichida kuzatasiz. Buning uchun ilovaga “Mening arizalarim” bo‘limini qo’shdik.

Raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, Baraka ilovasiga yana bir qulaylik qo’shdik. Bu bilan nafaqat ariza topshirish jarayonini soddalashtirdik, balki foydalanuvchilarga o‘z murojaatlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish imkonini beruvchi “Mening arizalarim” bo‘limini ham qo’shdik.

Arizani qanday topshirasiz?

 “Mening arizalarim” bo‘limi

Ilovaga qo‘shilgan yangi bo‘lim orqali foydalanuvchilarimiz har bir topshirilgan arizaning holatini (ko‘rib chiqilmoqda, tasdiqlandi yoki rad etildi) va yakuniy natijasini masofadan turib kuzatib borishlari mumkin. Bu turli idoralarga borish va ortiqcha vaqt sarflash zaruriyatini yo‘qotadi.

Bizga 6 000 dan ortiq mijoz ishonch bildirdi

Bugungi kunga kelib, 6 mingdan ortiq faol foydalanuvchi o‘z ijtimoiy xizmat va yoprdamlarga arizasini Baraka ilovasiga ishonib topshirmoqda. 70 dan ortiq xizmat turlarining mavjudligi esa jamiyatning barcha qatlamlari uchun zarur yordamni qamrab olish imkonini beradi.

Bizning maqsadimiz — ijtimoiy himoyani har bir fuqaro uchun ochiq, shaffof va eng asosiysi, bir necha soniyada erishish mumkin bo’lgan xizmatga aylantirishdir.

Baraka jamoasi ilovani yanada takomillashtirish va xizmatlar sonini oshirishda davom etadi. Ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishni hoziroq boshlash uchun Baraka ilovasini yuklab oling!

Baraka — ijtimoiy xizmatlar endi yanada yaqin!

Baraka ijtimoiy kartangiz va mablag’laringizni qanday himoyalay olasiz?

Hurmatli foydalanuvchilar! Ayni kunlarda telefon yoki ilovangizga turli ijtimoiy xizmatlar, banklar yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatlari nomidan qo’ng’iroqlar bo’lishi, linklar jo’natilishi mumkin. Ular fiirbgarlar bo’ladi. Firibgarlarning maqsadi sizni turli yo’llar bilan ishontirib, shaxsiy ma’lumotlaringizni, SMS kodlaringizni yoki pulingizni qo‘lga kiritish. Xo’sh, bunday jinoyatchilarni qanday payqashingiz mumkin, ulardan qanday himoyalanishingiz mumkin?

Biz firibgarlik usullarini tanib olishingiz va ulardan himoyalanishingiz bo‘yicha amaliy tavsiyalar tayyorladik. 

«Fishing» (soxta saytlar va havolalar) orqali qanday aldashadi?

Firibgarlar sizga haqiqiy saytlarga juda o‘xshash bo‘lgan soxta havolalar yuborishadi. Ularning maqsadi — sizni o‘sha sahifaga kiritib, parollaringiz va karta ma’lumotlaringizni o‘g‘irlash.

Ular bank yoki servis nomidan SMS yuborib, «Akkuntingiz bloklandi» yoki «Yutuqni olish uchun bu yerga bosing» deb yozishadi.

Havola (link) manzilida bir-ikkita harf xato yozilgan bo‘ladi (masalan, baraka.gov.uz o‘rniga baraka-uz.net).

Hech qachon shubhali havolalarga kirmang. Sayt manzilini brauzerda o‘zingiz yozib kiring.

«Xavfsizlik xizmati» qo‘ng‘iroqlari usulidagi tuzoq 

Sizga o‘zini bank yoki «Baraka» qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi deb tanishtirib qo‘ng‘iroq qilishadi. «Kartangizdan pul yechilmoqda, uni to‘xtatish uchun SMS kodni ayting» deb sizni qo‘rqitishadi.

Ular sizni shoshiltiradi, stress holatiga tushiradi va maxfiy kodni so‘raydi. Bunday paytda suhbatni darhol to‘xtating! Unutmang: Haqiqiy xodimlar hech qachon telefon orqali SMS kodni so‘ramaydi.

Messenjerlardagi soxta yordamchilar

Telegram yoki boshqa messenjerlarda firibgarlar o‘zini «Operator» deb tanishtirib, sizga birinchi bo‘lib yozishadi.

«Muammoingizni hal qilamiz» yoki «Keshbekni faollashtirib beramiz» deb va’da berishadi. Ular sizdan karta raqami yoki ilovaga kirish parolini so‘rashadi. Faqat rasmiy ilova ichidagi chatdan yoki rasmiy botlardan foydalaning. Sizga birinchi bo‘lib yozgan «yordamchi»larga ishonmang.

Nafaqangiz tayyor”, “Sizga pul jo’natildi” kabi aldovchi linklar 

Haddan tashqari foydali ko‘ringan takliflar 99% holatda firibgarlik bo‘ladi. Nafaqangiz tayyor”, “Sizga pul jo’natildi”, «Siz yutuq yutdingiz, uni olish uchun 50 ming so‘m komissiya to‘lang» kabi linklarni jo’natishadi. Pulni o‘tkazishingiz bilan ular g‘oyib bo‘ladi.Oldindan to‘lov talab qilinishi va «faqat bugun ulgurib qoling» deb shoshiltirish. Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi. Hech qachon «yutuq» uchun oldindan pul to‘lamang.

Xavfsizligingiz uchun 3ta oltin qoidani eslab qoling!

  1. SMS kodni hech kimga bermang! Bu sizning uyingiz kaliti kabi sir saqlanishi kerak.
  2. Parollaringizni murakkab yarating. Tug‘ilgan yilingiz yoki ismingizni parol sifatida tanlamang.
  3. Hushyor bo‘ling. Agar kimdir sizni shoshiltirayotgan bo‘lsa, demak bu — firibgar.

Agar ma’lumotlaringizni firibgarlarga berib qo‘ygan bo’lsangiz, darhol kartangizni bloklang va bizning rasmiy yagona aloqa markazimizga murojaat qiling: 1070

Baraka ilovasiga yangi qulayliklar qo’shdik

Foydalanuvchilarimizga yanada qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish maqsadida Baraka mobil ilovasini yangiladik. Yangi versiyada xavfsizlik darajasi oshirildi, moliyaviy amallarni boshqarish soddalashtirildi hamda bir qator yangi funksiyalar joylandi.

Xavfsizlik tizimi kuchaytirildi 

Ilovani Antifrod telekom himoya tizimi bilan integratsiya qildik. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida qo‘shimcha xavfsizlik mexanizmlari ishga tushadi. Bu esa akkauntlaringizni firibgarlik holatlaridan ishonchli himoyalash imkonini beradi.

O‘tkazmalar osonlashdi 

So‘nggi amalga oshirilgan pul o‘tkazmalaringiz ilovada saqlanib qoladi. Ushbu imkoniyat orqali tez-tez foydalaniladigan o‘tkazmalarni qisqa vaqt ichida qayta amalga oshirish mumkin.

Kirim-chiqimlar nazorati qulaylashdi

Pul mablag‘larining kirim va chiqimlari qulay tarzda joylashtirildi. Endi foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli moliyaviy operatsiyalarni oson va tez topishlari mumkin.

Yangi ijtimoiy xizmatlar paydo bo’ldi

Ilovaga yangi ijtimoiy xizmat turlari qo‘shildi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq amallarni yanada tez va qulay bajarish imkoniyati yaratildi.

Avtosug‘urta hujjatlari elektron shakli qo’shildi

Foydalanuvchilar endi avtosug‘urta hujjatlarini elektron ko‘rinishda Baraka ilovasida saqlashlari mumkin. Bu hujjatlarni doimo qo‘l ostida bo‘lishini ta’minlaydi.

Kartani buyurtma qilishda qulaylik

Buyurtma qilingan bank kartasining qayerdaligini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi. Karta qayta chiqarilganda endilikda Click orqali to‘lov qilish mumkin (avval faqat Paynet orqali amalga oshirilgan).

Texnik yaxshilanishlar

Ilovadagi aniqlangan mayda texnik kamchiliklar bartaraf etildi, umumiy ishlash tezligi va barqarorligi yaxshilandi.

Baraka mobil ilovasini yangilang va taqdim etilgan barcha yangi imkoniyatlardan foydalaning!