Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida ijtimoiy sohadagi yilning eng muhim voqealaridan biri — “Inson uchun – 2026” festivali bo‘lib o‘tdi. 12-13-may kunlari davom etgan ushbu nufuzli tadbir inklyuziv jamiyat qurish, zamonaviy ta’lim va aholi bandligini ta’minlash borasidagi eng ilg‘or yechimlarni bir nuqtada jamladi.
Festivalning eng ko‘p e’tibor markazida bo‘lgan loyihalaridan biri bu — Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Baraka” ijtimoiy kartasi loyihasi bo‘ldi. Loyiha ofisi jamoasi tadbir davomida o‘z stendi bilan ishtirok etib, mamlakatimiz ijtimoiy tizimidagi tub islohotlarning raqamli qiyofasini namoyish etdi.
Loyiha menejeri Avaz Yusupov o‘z chiqishida “Baraka” loyihasining mazmun-mohiyati va strategik ahamiyatiga to‘xtaldi:
«Bizning asosiy maqsadimiz — davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni to‘liq raqamlashtirish orqali byurokratiyani kamaytirish va fuqarolarga shaffof, qulay xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishdir. ‘Baraka’ nafaqat to‘lov vositasi, balki inson qadri uchun xizmat qiluvchi yaxlit ekotizimga aylanadi.»
Tadbir davomida o‘quv va operatsion jarayonlar bo‘yicha rahbar Asad Panjiyev tomonidan o‘tkazilgan amaliy ma’ruza ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mutaxassis “Baraka” mobil ilovasining texnik imkoniyatlarini batafsil tushuntirib berdi:
Yakunda tashkil etilgan «Savol-javob» sessiyasida ekspertlar fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Muhokamalarda “Baraka” loyihasining kelgusida hududlar bo‘ylab to‘liq joriy etilishi va yangi funksional imkoniyatlar bilan boyitilishi ta’kidlandi.
Festival “Baraka” loyihasi xalqqa yanada yaqinlashishi va ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy, insonparvar qiyofasini shakllantirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi.