Kasallik yoki homiladorlik davrida daromadingizni yo‘qotmang. Homiladorlik va kasallik nafaqalari sizning Baraka kartangizga o‘tkazib beriladi. Mablag’larni Baraka ilovasida tekshiring.


Fuqarolar ikki xil asosda sug'urtalanadi. O'zingizga mos keladigan ijtimoiy sug'urta turini tanlang.
Quyidagi kabi shaxslarga ixtiyoriy asosda qo‘llaniladi:
MHTEKMning 5 foizi miqroida ixtiyoriy badal to‘lang va o‘zingiz yoki turmush o‘rtog‘ingiz uchun sug‘urta stajini Baraka ilovasida yig'ing.
Agar siz quyidagilar bo‘lsangiz, majburiy tartibda qo‘llaniladi:
rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo‘lsangiz;
fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma (FHSh) bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rasmiy faoliyat bilan band bo‘lsangiz
Tashkilotingiz sizni avtomatik ravishda sug‘urtalaydi. Alohida ariza topshirish talab etilmaydi.
Har bir nafaqa sizning o‘rtacha ish haqingiz va sug‘urta stajingizdan kelib chiqib hisoblanadi. Quyidagi ikkita ustun majburiy va ixtiyoriy qamrov o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatadi.
Homiladorlik va tug‘ruq ta’tili davri uchun bir martalik yalpi to‘lov. 2026-yil 1-yanvardan boshlab Baraka kartasiga o'tkazib beriladi. Miqdor sug‘urta staji bilan belgilangan o‘rtacha oylik ish haqingizning foizini tashkil etadi:
Sizning badallaringizga asoslangan shartli ish haqidan. Staj va foizlar bir xil.
Siz ma’lum qilgan rasmiy ish haqidan hisoblanadi.
Kasal bo‘lganingizda yiliga 180 kungacha to‘lanadi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Baraka kartasiga o‘tkaziladi.
Kamida 6 oylik staj talab qilinadi:
Ish beruvchi bo'lmasa, dastlabki 5 kun sizning hisobingizdan. Jamg‘arma 6-kundan boshlab to‘laydi.
Dastlabki 5 kunni ish beruvchi qoplaydi. Jamg‘arma 6-kundan boshlab to‘laydi.
Ushbu kalkulyator taxminiy natijani taqdim etadi; rasmiy miqdor Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tizimi tomonidan belgilanadi.
Taqribiy hisob-kitob — qiymatlarni oʻzgartirib koʻring.
Kunlik stavka o‘rtacha oylik ish haqini 25,3 ga (oydagi o‘rtacha ish kunlari soni) bo‘lish va so‘ngra staj koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali hisoblanadi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasidan (kasallik varaqasi) 12% daromad solig‘i ushlab qolinadi; agar siz soliqni qaytarib olish huquqiga ega bo‘lsangiz, uni soliq.uz ilovasi orqali qaytarishingiz mumkin. Dastlabki 5 kunlikni ish beruvchi qoplaydi, 6-kundan boshlab esa Jamg‘arma tomonidan to‘lanadi. Yakshanba va ishlanmaydigan bayram kunlari rasmiy hisob-kitobdan chiqarib tashlanadi. Eslatma: muayyan toifalar uchun (nogironlik, 4 va undan ko‘p farzand yoki nogironligi bo‘lgan bola borligi) nafaqa miqdori oshiriladi — bu yerda ko‘rsatilmagan.
Huquqiy asos: Prezident Qarori PQ-206 (03.10.2023) va Vazirlar Mahkamasining 790-sonli Qarori (17.12.2025); MHTEKM (2026): 1 360 000 UZS (68 000 × 5%).
Yangi proaktiv tizim orqali nafaqangizni uydan chiqmasdan oling.
Biz ijtimoiy nafaqalarni olish imkoniyatini aniq va shaffof qildik. Imkoniyatlaringizni solishtiring va mablagʻlarni qanday qabul qilishingizni bilib oling.
Ilovani yuklab oling va Face ID orqali roʻyxatdan oting. Virtual kartangiz avtomatik ravishda ochiladi.
Baraka mobil ilovasi bilan darhol ishni boshlang.
Ilovani yuklab olishSizning smart-kartangiz. Barcha toʻlovlaringiz va muhim ijtimoiy hujjatlaringiz bitta plastik kartada.
Narxi eng yaqin filialgacha boʻlgan masofadan kelib chiqib hisoblanadi.
Homiladorlik va tug'ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari endi elektron shaklda ortiqcha hujjatlarsiz Davlat ijtimoiy sug'urtasi tizimi orqali tayinlanadi va to'lanadi.
Yangi tizim ish beruvchining moliyaviy yukini kamaytiradi hamda nafaqalarni tayinlash va to'lash jarayonini soddalashtirib, fuqarolar uchun qulay va shaffof mexanizm yaratadi.
Nafaqa ish beruvchi mablag'lari hisobidan to'langan.
Nafaqa to'liq Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Nafaqa to'liq ish beruvchi hisobidan to'langan.
Bir kalendar yilda dastlabki 5 kun ish beruvchi, 6-kundan boshlab Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan to'lanadi.
Qog'oz shakldagi kasallik varaqasi va qo'lda hisob-kitob.
Elektron kasallik varaqasi, avtomatik hisob-kitob va proaktiv to'lov.
Nafaqalarni tayinlash va to'lash jarayoni avtomatlashtirilgan. Ish beruvchidan faqat quyidagi majburiyatlarni o'z vaqtida bajarish talab etiladi.
Xodimning ish haqi, mehnat faoliyati (ta'tillar to'g'risidagi buyruqlarni) va mehnat staji to'g'risidagi ma'lumotlarni Soliq qo'mitasi axborot tizimi hamda Yagona milliy mehnat tizimida (YMMT) o'z vaqtida va to'g'ri aks ettiring. Nafaqa aynan ushbu ma'lumotlar asosida hisoblanadi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelganda bir kalendar yildagi dastlabki 5 kalendar kun uchun nafaqani ish beruvchi to'laydi. 6-kundan boshlab to'lov Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi tomonidan amalga oshiriladi.
Nafaqa Jamg'arma tomonidan o'rtacha ish haqining MHTEKMning 10 baravarigacha bo'lgan qismidan hisoblanadi. Agar xodimning ish haqi belgilangan eng yuqori hisoblash miqdoridan yuqori bo'lsa, ish beruvchi o'z mablag'lari hisobidan qo'shimcha to'lovni amalga oshirishi mumkin.
Jarayon to'liq elektron va proaktiv tarzda amalga oshiriladi. Ish beruvchi ariza topshirmaydi va qo'shimcha hujjatlar taqdim etmaydi.
Shifokor elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtiradi.
Ijtimoiy sug'urta axborot modulida ish haqi, sug'urta staji va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlar avtomatik aniqlanadi.
Tizim qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa miqdorini avtomatik hisoblaydi.
Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi tomonidan nafaqa tayinlanadi.
Ish beruvchi va xodim avtomatik xabardor qilinadi, nafaqa belgilangan muddatlarda to'lab beriladi.
Buxgalter va HR mutaxassislari uchun.
Elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgach, ish beruvchining YMMT dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik xabarnoma yuboriladi.
Yo’q. Nafaqa proaktiv tartibda tayinlanadi. Barcha zarur ma’lumotlar davlat axborot tizimlaridan avtomatik olinadi.
Kasallik nafaqasining kalendar yilidagi dastlabki 5 kuni ish beruvchi tomonidan amaldagi tartibga ko’ra to’lanadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2024-yildagi 314-son.
Nafaqa davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Shuning uchun ish beruvchi ish haqi, mehnat faoliyati va mehnat staji haqidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida yangilashi zarur. Tizimlararo texnik nosozlik mavjud bo’lsa Davlat ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga murojaat qilinadi.
Faqat amaldagi qonunchilikka muvofiq Soliq qo’mitasi va YMMT axborot tizimlariga kiritiladigan ish haqi hamda mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar o’z vaqtida tegishli tizimlarga kiritilishi yetarli.
Yo’q, alohida yangi ijtimoiy sug’urta badali joriy etilmagan. Jamg’arma mablag’lari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining bir qismi hamda ish beruvchilar tomonidan to’lanadigan ijtimoiy soliqning bir qismi hisobidan shakllantiriladi.
Nafaqa oyning 1–15-kunlari tayinlansa, shu oyning 25-sanasigacha; 16-kunidan keyin tayinlansa, keyingi oyning 10-sanasigacha to’lab beriladi.
Nafaqa tayinlangani haqida YMMT va Soliq qo’mitasi axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida avtomatik xabarnoma aks etadi.
Homiladorlik va tug’ish nafaqasi — 2026-yil 1-yanvardan; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (bolnichniy) nafaqasi — 2026-yil 1-iyuldan; ishdan bo’shatish nafaqasi — 2030-yildan.
Manba: PF-206 yo’l xaritasi.
Buxgalter va HR mutaxassislari uchun aloqa kanallari va rasmiy manbalar.
Huquqiy asos: "Davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-1101), Prezident Farmoni PF-206 (03.11.2025) va Vazirlar Mahkamasi qarorlari №796 (17.12.2025), №314 (31.05.2024). Ma'lumotlar 2026-yil holatiga ko'ra.
Batafsil yo'riqnomalar (PDF) va video qo'llanmalar orqali jarayon bilan oldindan tanishib chiqing. Yangiliklar uchun @barakakarta kanaliga qo'shiling.