Baraka ijtimoiy kartasini emissiya qilish uchun banklarga qo’yiladigan talablar

 

Ushbu sahifada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-267-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy etilgan “Baraka” ijtimoiy kartalarini emissiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lish uchun tijorat banklariga qo‘yiladigan minimal texnik va funksional talablar belgilangan. Mazkur talablar to‘lov infratuzilmasi, xavfsizlik standartlari, tizimlararo integratsiya, kartalar monitoringi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini qamrab oladi. Ushbu ro‘yxat yakuniy hisoblanmaydi, hamkorlik jarayonida qo‘shimcha texnik shartlar belgilanishi mumkin.

  1. Visa amaliyotlarni qayta ishlash (Visa Processing). Bank kartalarini emissiya qilish (chiqarish) va ularga xizmat ko‘rsatish uchun sertifikatsiyadan o‘tgan, to‘liq funksional Visa amaliyotlarni qayta ishlash markazining mavjudligi.
  2. Visa Direct xizmati. Kartadan kartaga real vaqt rejimida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun «Visa Direct» (Visa-to-Visa push payments) texnologiyasining to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi.
  3. Visa Flex. Moslashuvchan BIN (Bank Identification Number) raqamlaridan foydalanish imkoniyati hamda jismoniy kartaga ulangan yoki alohida virtual kartalarni ochish (Visa Flex) texnologiyasining mavjudligi.
  4. Milliy to‘lov tizimlari integratsiyasi. Xalqaro to‘lov tizimlari bilan bir qatorda, mahalliy Humo va Uzcard tizimlari o‘rtasida to‘siqsiz pul mablag‘larini qabul qilish va jo‘natish (Cross-system transfers) imkoniyati.
  5. Test muhiti. Integratsiya jarayonini xavfsiz va tezkor amalga oshirish uchun alohida ajratilgan test muhiti (Sandbox) hamda test ma’lumotlari (mock PAN/BIN) taqdim etilishi.
  6. BIN homiyligi. Loyiha doirasida alohida shartnoma asosida ajratilgan BIN raqamini taqdim etish va BIN homiylik xizmatini ko‘rsatish. 
  7. Xavfsizlik standarti.Bank infratuzilmasi xalqaro to‘lov kartalari industriyasining ma’lumotlar xavfsizligi standarti – PCI DSS bo‘yicha eng yuqori (Level 1) darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi shart.
  8. Embossing. Katta hajmdagi ijtimoiy kartalarni tezkorlik bilan chop etish (embossing) va personalizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi. Foto va QR kodni chop etish. 
  9. Aloqa markazi  va qo‘llab-quvvatlash. Mijozlar murojaatlarini qabul qilish uchun “Baraka” qo‘llab-quvvatlash kanali bilan integratsiya qilingan, 24/7 rejimida ishlaydigan va murojaatlarga javob berish vaqti (SLA) 2 soatdan oshmaydigan xizmat ko‘rsatish tizimi.
  10. ATTO tizimi integratsiyasi. Jamoat transportida yo‘l kira to‘lovlarini amalga oshirish uchun ATTO tizimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Visa protsessing darajasida integratsiya qilinganligi.
  11. Logistika va yetkazib berish. Tayyor bo‘lgan ijtimoiy kartalarni respublikaning istalgan hududidagi foydalanuvchining yashash manziligacha yetkazib berish tizimining yo‘lga qo‘yilgani.
  12. QQSni qaytarish. Ijtimoiy dasturlar bo‘yicha QQSni qaytarish uchun DSQ(Davlat soliq qo‘mitasi) bilan integratsiya
  13. Ijtimoiy kartalarni to‘ldirish mexanizmi va vositalarini taqdim etish.
  14. Ijtimoiy kartalarni onlayn ekvayring qilish mexanizmini taqdim etish.
  15. IPsec yoki MSPD tunneli orqali xizmatlararo ulanishni tashkil etish.
  16. REST API darvozasi (shlyuzi)dan foydalanish bo‘yicha to‘liq qo‘llanmani taqdim etish.
  17. API bo‘yicha o‘tkazilgan tranzaksiyalar bo‘yicha solishtirish va hisobotning batafsil mexanizmini taqdim eting. Barcha kartalar va barcha turdagi tranzaksiyalar bo‘yicha kunlik, oylik quyidagi formatni taqdim etamiz:
    1. To‘lovlar
    2. P2P o‘tkazmalar
    3. Bankomatlar orqali yechib olish
  18. Sinovdan o‘tkazish va foydalanishga topshirish
    1. Integratsiyani sinash uchun qum qutisini taqdim etish
    2. Birgalikda UAT sinovini o‘tkazish
  19. Kartaning amal qilish jarayonini boshqarish
    1. API orqali ijtimoiy kartalarni chiqarish, qayta chiqarish, bloklash va yopish mexanizmi
    2.  PIN kodni boshqarish (o’rnatish, almashtirish, asliga qaytarish)