Welfare Category: Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

«Ona uyi» o‘zi nima va uning maqsadi nima?

Bu og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ayollarni va ularning go‘daklarini birgalikda saqlash orqali bolaning yetim qolishining oldini olishga qaratilgan markazdir.

Mulkni noqonuniy tasarruf etishning oqibati nima?

Agar vasiy yoki uchinchi shaxslar bolaning mulkiga zarar yetkazsa, «Inson» markazi bolaning manfaatini himoya qilib, sudga da’vo arizasi kiritadi.

Xizmat uchun haq to‘lanadimi?

Yo‘q, vasiylik organi tomonidan bolaning mulkini hisobga olish va nazorat qilish xizmati bepul.

Bola voyaga yetgach (18 yosh), mulk nima bo‘ladi?

Vasiylik tugatilgach, barcha mol-mulkni tasarruf etish huquqi bir ish kuni ichida to‘liq bolaning o‘ziga qaytariladi (dalolatnoma asosida).

Hisobga olingan mulklar monitoring qilinadimi?

Ha, ijtimoiy xodim har yili kamida bir marta bolaning mulki but saqlanayotganini tekshiradi va natijasini «Ijtimoiy himoya» ATga kiritadi.

Mulkni tasarruf etishda notariusning roli nima?

Notarius bolaga tegishli mulk bo‘yicha bitimni faqat «Inson» markazining tizim orqali yuborgan bir ish kuni ichidagi ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina tasdiqlaydi.

Qanday holda mulkni sotishga ruxsat beriladi?

Faqatgina bolaning manfaatlariga xizmat qilsa (masalan, bolaning davolanishi uchun zarur bo‘lsa yoki kichik uyni sotib, uning nomiga kattaroq uy olinganda).

Vasiy bolaning mulkini (masalan, uyini) sota oladimi?

Yo‘q, vasiy bolaning mulkini o‘z xohishicha sota olmaydi. Har qanday bitim uchun «Inson» markazining yozma ruxsati (xulosasi) talab etiladi.

Bolaning mulki haqidagi ma’lumotlar qayerdan olinadi?

«Inson» markazi ijtimoiy xodimi Kadastr, YHXBB (GAI), banklar va boshqa idoralarning bazalari orqali avtomatik ravishda ma’lumotlarni oladi (2-ilova, 21-band).

Mol-mulkni hisobga olish muddati qancha?

Bola ijtimoiy himoyaga muhtoj (yetim yoki qaramog‘siz) deb aniqlangan kundan boshlab bir ish kuni davomida uning barcha mulklari tizimda hisobga olinadi.