Default

O’zim uchun ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badalini to‘lash

Ushbu qo‘llanma o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga Baraka ilovasi orqali ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini mustaqil ravishda, tez va oson to‘lash jarayonini bosqichma-bosqich tushuntiradi.

1-bosqich: Ilovaga kirish va bo’limni tanlash

  • Baraka ilovasining asosiy oynasiga kiring. Menyu tarkibidan «Ijtimoiy sug’urta» (O’zini o’zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sug’urta) bo’limini tanlang.

2-bosqich: To’lov turini belgilash

  • Yuqorigi tab menyudan «O’zim uchun to’lash» tugmasini tanlang. Ekranning pastki qismida joriy to’lov davri (oy,yil) avtomatik ravishda aks etadi. Davom etish uchun pastdagi to’q ko’k rangli «To’lash» tugmasini bosing.

3-bosqich: Imtiyozlar va shartlar bilan tanishish

  • Ushbu sahifada ixtiyoriy sug’urta sizga taqdim etadigan imtiyozlar hamda minimal boshlang’ich badal miqdori (63 500.0 so’m) ko’rsatilgan. Ma’lumotlar bilan tanishib, «Keyingi» tugmasini bosing.

4-bosqich: To’lov summasini kiritish

  • Kiritish maydoniga o’zingiz to’lamoqchi bo’lgan summani yozing. Tizim avtomatik ravishda belgilangan eng kam miqdorni va bank komissiyasini ko’rsatadi. Summani tasdiqlab, pastdagi «To’lash» tugmasini bosing.

5-bosqich: Kartani tanlash va to’lovni tasdiqlash

  • To’lov o’tkaziladigan bank kartasini (Humo yoki Uzcard) ro’yxatdan tanlang. Yuborilayotgan maqsadli bo’lim («Ijtimoiy sug’urta») va yakuniy summani qayta tekshirib, pastdagi «Tasdiqlash» tugmasini bosing.

6-bosqich: Muvaffaqiyatli to’lov

  • Muvaffaqiyatli yakun! Ekranda yashil tasdiq belgisi va «To’lov muvaffaqiyatli o’tdi» xabari paydo bo’ladi. Jarayonni yakunlab, oynadan chiqish uchun pastdagi «Yopish» tugmasini bosishingiz mumkin.

Biz bilan bog‘laning

Biz yordamga tayyormiz
Icon
Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati
Xalq: 1106 | Aloqa: +998712307777
Icon
Baraka bilan bog'lanish uchun:
Baraka haqida savollaringiz bo'lsa, IHMAning 1070 aloqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.