Ushbu qo‘llanma Sizga «Baraka» mobil ilovasi orqali boshqa bir jismoniy shaxs (yaqinlaringiz
yoki xodimlaringiz) uchun ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini onlayn to‘lashni o‘rganib olasiz.
1-bosqich: «Ijtimoiy sug’urta» bo’limiga kirish
Baraka ilovasining asosiy oynasidagi xizmatlar ro’yxatidan «Ijtimoiy sug’urta» (O’zini o’zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sug’urta) xizmatini tanlang.
2-bosqich: Ma’lumotlarni kiritish («Boshqasi uchun»)
Yuqoridagi tabdan «Boshqasi uchun» bo’limiga o’ting. Sug’urta qilinuvchi shaxsning JSHSHIR (PINFL) kodini va Telefon raqamini kiriting, so’ng «Davom etish» tugmasini bosing.
3-bosqich: Shaxsiy ma’lumotlarni tekshirish
Tizim JSHSHIR bo’yicha shaxsning to’liq ismi, tug’ilgan sanasi va ma’lumotlarini taqdim etadi. Ma’lumotlar to’g’riligiga ishonch hosil qilib, «Keyingi» tugmasini bosing.
4-bosqich: To’lov davri va tarixini ko’rish
Ekranda ushbu shaxs uchun avval to’langan oylar ro’yxati va joriy to’lov qilinishi kerak bo’lgan muddat (Masalan: 2026-yil iyul) ko’rsatiladi. «To’lash» tugmasini bosing.
5-bosqich: To’lov miqdorini kiritish
To’lov miqdori maydoniga kerakli summani kiriting (tizim minimal summani ko’rsatadi, masalan 63 550 so’m) va hisoblangan komissiyani tekshirib, «To’lash» tugmasini bosing.
6-bosqich: Kartani tanlash va yakuniy tasdiqlash
To’lov amalga oshiriladigan bank kartangizni tanlang. Xizmat turi va summani tekshirgandan so’ng, pastdagi «Tasdiqlash» tugmasini bosing.
7-bosqich: To’lov muvaffaqiyatli bajarildi
Ekranda «To’lov muvaffaqiyatli o’tdi» yashil bildirishnomasi paydo bo’ladi. Chek va komissiya summasini ko’rishingiz hamda jarayonni yakunlash uchun «Yopish» tugmasini bosishingiz
mumkin.
Biz bilan bog‘laning
Biz yordamga tayyormiz
Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati
Xalq: 1106 | Aloqa: +998712307777
Baraka bilan bog'lanish uchun:
Baraka haqida savollaringiz bo'lsa, IHMAning 1070 aloqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.