Parolni tiklash bo’yicha qo’llanma
Ushbu yo‘riqnoma tizimda foydalanuvchi hisobiga kirish paroli unutilgan yoki yo‘qotilgan hollarda uni qayta tiklash tartibini tushuntiradi. Jarayon foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish, identifikatsiyadan o‘tish va xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi parolni o‘rnatish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Quyida keltirilgan ketma-ketlikka amal qilish orqali tizimdan foydalanish imkoniyatini qisqa vaqt ichida qayta tiklashingiz mumkin.
Step by step
- 1
1-bosqich: Jarayonni boshlash
Kirish Asosiy menyudagi "Kirish" tugmasini bosing.
So‘rov Paydo bo‘lgan oynada, odatda login va parol kiritiladigan joyning pastida "Parolni unutdingizmi?" degan yozuvni ko‘rasiz. Shuni tanlang.

- 2
2-bosqich: Shaxsingizni aniqlash
JSHSHIR (PINFL) Pasportingizning pastki qismidagi 14 talik raqamni yoki pasport seriya va raqamingizni kiriting.
Tug‘ilgan sana Kalendardan o‘z tug‘ilgan kuningiz, oyingiz va yilingizni belgilang.
Aloqa Ro‘yxatdan o‘tishda foydalangan telefon raqamingizni kiriting.
Bu juda muhim, chunki tasdiqlash kodi aynan shu raqamga boradi.
Davom etish uchun "Keyingi" tugmasini bosing.

- 3
3-bosqich: Xavfsizlik va Tasdiqlash
Identifikatsiya Tizim ko‘rsatmalariga binoan shaxsingizni tasdiqlang (bu suratga tushish yoki boshqa usul bo‘lishi mumkin).
OTP kod Telefoningizga SMS orqali kelgan maxfiy kodni (bir martalik parol) maxsus katakka kiriting.
Eslatma: Tasdiqlash kodini hech qachon begonalarga, hatto o‘zini bank yoki davlat tashkiloti xodimi deb tanishtirganlarga ham aytmang!


- 4
4-bosqich: Yangi parol yaratish
Yangi parol o‘ylab toping Parol kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lishi, unda katta-kichik harflar va raqamlar bo‘lishi tavsiya etiladi.
Kiritish va Tasdiqlash Yangi parolni birinchi qatorga yozing, so‘ngra xatolik yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun ikkinchi qatorga aynan o‘sha parolni qayta yozing.
Yakunlash "Keyingi" tugmasini bosing.
Ekraningizda "Parolingiz muvaffaqiyatli yangilandi" degan xabarni ko‘rdingizmi? Demak, hammasi joyida!
Endi yangi parolingiz yordamida tizimga bemalol kirishingiz mumkin.



Biz bilan bog‘laning
Biz yordam berishga tayyormiz.
Kartangiz bo‘yicha savollar
Kartangizni chiqargan bankka qo‘ng‘iroq qiling.
- Xalq Bank1106
- Aloqabank+998 71 230 77 77
Ilova orqali qo‘ng‘iroq qilish
Asosiy menyuda quloqchin tasvirlangan «Aloqa» tugmasini bosing. So‘ng «Qo‘ng‘iroq qilish» tugmasini bosing.
Karakalpak