Default

Karta buyurtma qilish

Ushbu yo‘riqnoma foydalanuvchilarga yangi bank kartasini masofaviy tarzda buyurtma qilish tartibini tushuntiradi. Jarayon bankni tanlash, xizmat ko‘rsatish nuqtasini belgilash va arizani tasdiqlash bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur xizmat bank filiallariga bormasdan turib so‘rov yuborish imkonini beradi va arizaning holati haqida foydalanuvchini masofaviy xabardor qilish tizimi bilan ta’minlangan.

Yangi bank kartasiga ega bo‘lish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajaring:

1-bosqich: Xizmatni tanlash

  • Ilovaning asosiy sahifasida yoki tegishli bo‘limda joylashgan “Karta buyurtma qilish” tugmasini bosing.

2-bosqich: Jarayonni boshlash

  • Ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, davom etish uchun “Keyingi” tugmasini bosing.

3-bosqich: Bankni tanlash

  • Tizimda taklif etilayotgan hamkor banklar ro‘yxati bilan tanishib chiqing va o‘zingizga ma’qul bo‘lgan, shartlari sizga mos keladigan bankni tanlang.

4-bosqich: Filialni belgilash

  • Karta tayyor bo‘lgach, uni qabul qilib olishingiz uchun sizga eng yaqin yoki qulay bo‘lgan bank filialini ro‘yxatdan tanlang.

5-bosqich: Ma’lumotlarni tekshirish

  • Tanlangan ma’lumotlar (bank va filial nomi) to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling va “Keyingi” tugmasini bosing.

6-bosqich: Arizani yuborish

  • Barcha bosqichlar yakunlangach, so‘rovni rasmiylashtirish uchun “Tasdiqlash” tugmasini bosing.

7- bosqich. To‘lov usulini tanlash

Tasdiqlash tugmasi bosilgandan so‘ng, tizim avtomatik ravishda to‘lov bo‘limiga o‘tadi. Bu yerda sizga qulay bo‘lgan to‘lov vositasini tanlang:

  • Baraka kartasi yoki Uzcard/Humo bank kartalari;
  • Paynet, Click yoki Payme elektron to‘lov tizimlari.

Foydali maslahat: Agar qurilmangizda (telefoningizda) siz tanlagan to‘lov ilovasi (Click, Payme yoki Paynet) o‘rnatilgan bo‘lsa, tizim avtomatik ravishda ushbu ilovaga o‘tib, tayyor to‘lov hisobini ochadi.

Alternativ ravishda, ko‘rsatilgan maxsus 9 xonali ID raqamdan foydalanib PAYNET bankomatlari orqali ham naqd pulda to‘lov qilishingiz mumkin.

8-Bosqich. To‘lovni yakunlash

  • Ilova ichida to‘lov tafsilotlari va xizmat haqi (40 000 so‘m) aks etgan oyna ochiladi. To‘lovni amalga oshirish uchun shunchaki «To‘lash» tugmasini bosing.

9- bosiqch. Muvaffaqiyatli to‘lov statusi

  • To‘lov muvaffaqiyatli bajarilgandan so‘ng, ekranda yashil tasdiq belgisi bilan «To‘lov muvaffaqiyatli o‘tdi» xabari paydo bo‘ladi. Bu yerda siz:
  • Tafsilotlar va kvitansiya tugmasi orqali to‘lov chekini yuklab olishingiz;
  • Yopish tugmasini bosib, karta tayyor bo‘lish jarayonini kuzatishga o‘tishingiz mumkin.
  • Xabardor qilish: Bank tomonidan karta emissiya qilingach (tayyor bo‘lgach), ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingizga yoki ilova orqali sizga bildirishnoma yuboriladi.

Shundan so‘ng, tanlangan filialga borib kartangizni olishingiz mumkin.

Biz bilan bog‘laning

Biz yordamga tayyormiz
Icon
Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati
Xalq: 1106 | Aloqa: +998712307777
Icon
Baraka bilan bog'lanish uchun:
Baraka haqida savollaringiz bo'lsa, IHMAning 1070 aloqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.