Ijtimoiy

himoya siyosati va yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Imtiyoz

Qanday ijtimoiy yordam va xizmatlarga ega bo'laman?

O'zingizga mos yordam va xizmatlarni toping

Ko‘p qidirilganlar:

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

Murojaat qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

1 ish soati ichida.

Ariza nega rad etilishi mumkin?

Pensiya tayinlangan bo'lsa, vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolari bo'lmasa, mehnatga qobiliyatsiz a'zolari 18 yoshga to'lgan bo'lsa va ta'lim tashkilotining o'quvchisi yoki talabasi bo'lmasa.

Pulni qanday olish mumkin?

Plastik karta (bank kartasiga o‘tkazish) yoki Naqd pul (Xalq banki xodimlari tomonidan mahallaga yetkazish) orqali.

Natijani qanday bilsa bo‘ladi?

Qaror (tayinlash yoki rad etish) qabul qilingach, natija mobil telefoningizga SMS shaklida yuboriladi.

Nafaqa qancha muddatga tayinlanadi?

Mehnatga layoqatsiz davriga.

Ariza topshirish uchun muddat bormi?

Yo‘q, arizalar qabul qilishda hech qanday vaqtinchalik cheklovlar mavjud emas.

Arizani qanday va qayerda topshirish mumkin?

Faqat Baraka mobil ilovasi orqali onlayn. Qog‘oz hujjatlar yoki markazga borish talab etilmaydi, faqat elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi.

Nafaqa miqdori qancha?

Oyiga 820 000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyasiz oila a’zosi uchun — 270 000 so‘mdan qo‘shiladi.

Nafaqa kimlarga tayinlanadi?

Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori

Uy-joy berishni rad etish mumkinmi?

Faqatgina bolaning nomida yashash uchun yaroqli bo‘lgan xususiy mulki mavjudligi aniqlangan taqdirdagina navbatga qo‘yish rad etilishi mumkin.

Uy-joy berilgunga qadar yoshlar qayerda yashashi mumkin?

Uy-joy berilgunga qadar ular vaqtincha turar-joy (ijara) bilan ta’minlanishi yoki maxsus ijtimoiy turar-joylarga joylashtirilishi choralari ko‘riladi.

«Yoshlarga hamrohlik» dasturining bunga qanday aloqasi bor?

18 yoshga to‘lib, muassasa yoki oiladan chiqqan yoshlar 23 yoshga qadar ushbu dastur doirasida uy-joy bilan ta’minlanish, bandlik va ijtimoiy moslashuv bo‘yicha individual ko‘mak oladilar (11-ilova).

Uy-joy navbatini kim yuritadi?

2025-yil 1-fevraldan boshlab ushbu navbatlarni shakllantirish va yuritish to‘liq "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan "Yagona milliy ijtimoiy himoya" AT orqali amalga oshiriladi.

Bolaga tegishli mavjud uy-joy qanday saqlanadi?

Agar bolaning nomida uy bo‘lsa, u muassasaga yoki tutingan oilaga berilgan taqdirda ham, vasiylik organi uyni bolaning nomida saqlab qolish va begonalashtirmaslik choralarini ko‘radi (1-ilova, 6-band).

Kimlar uy-joy bilan ta’minlanish huquqiga ega?

O‘z nomida uy-joyi bo‘lmagan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va vasiylik organi hisobida turgan, 18 yoshga to‘lgan yetim bolalar (1-ilova, 6-band).

Uy-joyga muhtojlikni aniqlash va navbatga qo‘yish muddati qancha?

Bolaning ijtimoiy maqomi (yetim yoki qaramog‘siz) belgilangan kundan boshlab, uning uy-joyga muhtojligini tekshirish va hisobga olish bir ish kuni davomida "Ijtimoiy himoya" AT orqali amalga oshiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori hamda Prezidentning PF-185-son Farmoni.

Kiyim-bosh uchun alohida ariza berish kerakmi?

Yo‘q, bolani patronatga olish haqidagi shartnoma va "Inson" markazi qarori ushbu to‘lovlarni avtomatik tayinlash uchun asos bo‘ladi.

To‘lovlar qachon to‘xtatiladi?

Bola 18 yoshga to‘lganda, patronat shartnomasi bekor qilinganda yoki bola ota-onasiga qaytarilganda (6-ilova).

Xarajatlar qanday nazorat qilinadi?

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimi monitoring davomida bolaning mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlanganligini doimiy tekshirib boradi (3-ilova).

Yordam qanday shaklda taqdim etiladi?

Bu yiliga bir marotaba pul to‘lovi shaklida bo‘lib, tutingan ota-onalarning bank kartasiga yoki hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Mablag‘lar qaysi manba hisobidan ajratiladi?

2025-yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi (2-band).

Yordam puli kimga to‘lanadi?

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga beriladi (2-band).

Moddiy yordamni tayinlash muddati qancha?

Tutingan ota-onalar bilan shartnoma tuzilganidan so‘ng, kiyim-bosh xarajatlarini qoplash bo‘yicha qaror bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (2-band).

To‘lovlar qachon to‘xtatiladi?

Bola voyaga yetganda (18 yosh), OBU tugatilganda yoki bola ota-onasiga qaytarilgan taqdirda.

Xarajatlar qanday nazorat qilinadi?

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi monitoring doirasida mablag‘larning maqsadli sarflanishini va bolalarning ta’minot darajasini tekshirib boradi.

Mablag‘lar qayerga tushadi?

Mablag‘lar OBU tashkil etgan ota-onalarning bank kartasiga yoki shaxsiy hisobvarag‘iga har oyda o‘tkazib beriladi.

OBU ota-onalariga ish haqi ham beriladimi?

Ha, OBUni tashkil etgan ota-onalarga bolalarni tarbiyalaganliklari uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda ish haqi (mehnat haqi) ham to‘lanadi.

Mablag‘lar qaysi manba hisobidan to‘lanadi?

2025-yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan (2-band).

Yashash xarajatlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

Bolalarning oziq-ovqati, kiyim-boshi, poyabzali, yumshoq anjomlari va shaxsiy gigiyena vositalari uchun sarflanadigan mablag‘larni (2-band).

Nafaqa (mablag‘) necha kunda tayinlanadi?

OBU tashkil etish haqida Agentlik hududiy boshqarmasi qarori chiqqandan so‘ng, to‘lovlarni rasmiylashtirish bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (2-band va OBU to‘gʻrisidagi nizom).

Kiyim-kechak uchun alohida cheklar (hisobot) topshiriladimi?

Yo‘q, mablag‘lar oylik nafaqa shaklida beriladi, biroq ijtimoiy xodim monitoring davomida bolaning ta'minotini tekshirib boradi (3-ilova).

To‘lovlar qachon to‘xtatiladi?

Bola 18 yoshga to‘lganda, patronat shartnomasi bekor qilinganda yoki bola ota-onasiga qaytarilgan taqdirda (6-ilova).

Nafaqa miqdori qanday belgilanadi?

Bolalarni oilaga tarbiyaga olgan (patronat) tutingan ota-onalarga: • Har bir tutingan bolaning parvarishi va ta’minoti xarajatlari uchun har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravari miqdorida; • Tutingan bolalarga kiyim-bosh va poyabzal xarid qilish uchun yilda bir marotaba mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida mablag‘lar to‘lanadi;

To‘lovlar qanday shaklda amalga oshiriladi?

Tutingan ota-onalarning bank kartasiga yoki shaxsiy hisobvarag‘iga har oyda pul o‘tkazish yo‘li bilan.

Mablag‘lar kimning hisobidan to‘lanadi?

2025-yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan (2-band).

To‘lovlar tarkibiga nimalar kiradi?

1. Bolaning parvarishi (oziq-ovqat va boshqa ta'minot) uchun har oylik to‘lov; 2. Bolani kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari (2-band).

Nafaqa (to‘lovlar) necha kunda tayinlanadi?

Bolani patronatga (tutingan oilaga) berish haqida shartnoma tuzilganidan so‘ng, to‘lovlarni rasmiylashtirish bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (2-band).

Baraka yordamida ijtimoiy himoyaning 5 ta turidan osongina foydalaning.

Ijtimoiy toʻlov va yordam uchun arizalarni Baraka ilovasi orqali topshiring, hujjatlarni yuklang va ularning holatini real vaqt rejimida kuzatib boring.

Baraka ijtimoiy kartasi va ilovasi bilan tanishing.

Ijtimoiy nafaqalaringizni osongina oling va hoziroq boshqarishni boshlang. Aloqabank va Xalq banki tomonidan taqdim etilgan Visa kartangizdan butun dunyo boʻylab POS-terminallarda yoki onlayn xaridlar uchun foydalaning.