Tavsiyanoma berish rad etilishi mumkinmi?
Faqat shaxsning "yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola" maqomi tizimda tasdiqlanmagan taqdirdagina rad etiladi.
Maqomni tasdiqlash uchun hujjat yig‘ish kerakmi?
Yo‘q, agar bola "Inson" markazi bazasida ro‘yxatda turgan bo‘lsa, tizim uning yetimlik maqomini avtomatik tasdiqlaydi (2-ilova).
O‘qishga kirgandan keyin moddiy yordam bormi?
Ha, davlat granti asosida o‘qishga kirgan yetim bolalarga talabalik davrida stipendiya va kiyim-kechak uchun alohida to‘lovlar kafolatlanadi.
Imtiyoz faqat bakalavriat uchunmi?
Ha, ushbu imtiyoz asosan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish uchun qo‘llaniladi.
Tavsiyanoma qanday shaklda beriladi?
2025-yil 1-fevraldan boshlab tavsiyanomalar qog‘oz ko‘rinishida emas, balki "Ijtimoiy himoya" AT orqali Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) bazasiga avtomatik yuboriladi.
Ariza qayerga topshiriladi?
Tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki onlayn ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali.
Imtiyozning mohiyati nimada?
OTMlarga kirish test sinovlarida yetim bolalar uchun ajratilgan alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Yo‘llanma (tavsiyanoma) necha kunda beriladi?
Nomzod murojaat qilganidan so‘ng, uning ijtimoiy maqomi tasdiqlanib, bir ish kuni davomida elektron tavsiyanoma shakllantiriladi.
Kimlar imtiyozli yo‘naltirish huquqiga ega?
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar (shu jumladan, vasiylik, homiylik yoki patronatdagi bolalar).
Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?
O‘zbekiston Respublikasi VMQ-893 (1-ilova, 6-band "m" kichik bandi) hamda amaldagi imtiyozlar to‘g‘risidagi qonunchilik.