Ijtimoiy

himoya siyosati va yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Imtiyoz

Qanday ijtimoiy yordam va xizmatlarga ega bo'laman?

O'zingizga mos yordam va xizmatlarni toping

Ko‘p qidirilganlar:

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

Hujjatlarni tiklash xizmati bormi?

Ha, agar bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qolgan bo‘lsa, "Inson" markazi ularni tiklash yoki dastlabki tarzda olish choralarini ko‘radi (2-ilova, 13-band).

Bola qayerga joylashtiriladi?

Birinchi navbatda qarindoshlari oilasiga (vasiylik/homiylik), agar iloji bo‘lmasa tutingan (foster) oilaga joylashtiriladi (2-ilova, 8-band).

Bunday bolalarga nafaqa tayinlanadimi?

Ha, "Inson" markazi bolaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi yoki pensiya rasmiylashtirilishi ta’minlanishi uchun barcha hujjatlarni tayyorlaydi (1-ilova, 6-band "j" kichik bandi).

Bolaning mulkiy huquqlari qanday himoya qilinadi?

"Inson" markazi bedarak yo‘qolgan ota-onadan qolgan mol-mulkni but saqlash choralarini ko‘radi va notarial idoralarda bolaning manfaatlarini ifoda etadi (1-ilova, 6-band).

Ota-onasi bedarak yo‘qolgan bolaga qanday maqom beriladi?

Agar har ikki ota va onasi rasman bedarak yo‘qolgan deb topilsa, bola rasman "ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola" deb e’tirof etiladi va "Ijtimoiy himoya" ATda ro‘yxatga olinadi (2-ilova, 13-band).

Sud organlarining bu jarayondagi majburiyati nima?

Sudlar shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish haqida qaror qabul qilganda, bu haqda 24 soat ichida "Inson" markaziga xabar berishi shart (2-ilova, 5-band).

Ota-onani bedarak yo‘qolgan deb topish uchun kim sudga ariza beradi?

Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Buning uchun voyaga yetmaganning qonuniy vakili yohud ....Vasiylik va homiylik organi hisoblangan "Inson" markazi voyaga yetmagan bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza kiritadi (1-ilova, 6-band).

Murojaat qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ota-onasi yo‘qligi haqida ma’lumot kelib tushgach, "Inson" markazi 3 ish kuni ichida bolaning holatini o‘rganadi va bolaning qonuniy vakilini belgilash choralarini ko‘radi (893-sonli VMQ, 2-ilova, 8-band). Shu bilan birga, qonunchilik tartibida manfaatdor shaxs topilmasa, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib shaxsning qidiruvini so‘raydi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori hamda Prezidentning PF-185-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 33-moddasi

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori hamda Prezidentning PF-185-son Farmoni.

Vasiylik tugatilgach, 18 yoshga to‘lgan yoshlarga yordam beriladimi?

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar “Yoshlarga hamrohlik” dasturiga kiritiladi va 23 yoshga qadar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi (11-ilova).

Vasiylikni tugatish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lsa nima qilish kerak?

Manfaatdor shaxslar "Inson" markazining ushbu qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin (1-ilova, 7-band).

Vasiylik tugatilgach, bolaning mol-mulki nima bo‘ladi?

Vasiylik tugatilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Izoh: bola vasiylikka berilganida bolaning mulki - uning shaxsiy egaligidagi mulki bo‘lib qoladi, vasiyning emas (1-ilova, 6-band).

Vasiyni majburiy tartibda chetlatish mumkinmi?

Ha. Agar vasiy o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasa, vasiylikni o‘z manfaati yo‘lida ishlatsa yoki bolani nazoratsiz qoldirsa, "Inson" markazi vasiyni chetlatadi.

Vasiy o‘z vazifasidan qanday hollarda ozod etiladi?

Bola ota-onasiga qaytarilganda, bola farzandlikka berilganda yoki vasiy sog‘lig‘i tufayli o‘z majburiyatini bajara olmaganida (4-ilova).

Vasiylik qaysi hollarda o‘z-o‘zidan (avtomatik) tugatiladi?

Bola 18 yoshga (voyaga) yetganda (4-ilova, 34-band).

Vasiylikni tugatish haqida qaror qabul qilish muddati qancha?

Asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, vasiylikni tugatish haqidagi qaror bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi (4-ilova).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (1-ilova, 5-band va 4-ilova, 34-bandi).

Ro‘yxatga kirgandan keyin nima bo‘ladi?

Nomzodga "Ijtimoiy himoya" AT orqali muqobil joylashtirishga muhtoj bolalar haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi va tanlov jarayoni boshlanadi.

Ro‘yxatga kirish rad etilishi mumkinmi?

Ha, agar nomzodda tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, uy sharoiti talabga javob bermasa yoki skoring baholashdan o‘ta olmasa.

Nega tayyorlov kursi sertifikati majburiy?

Nomzodning bolani tarbiyalashga psixologik va huquqiy tayyorligini tasdiqlash uchun. Busiz nomzodlar reyestriga kirish imkonsiz (7-ilova).

Tizim qaysi ma’lumotlarni avtomatik aniqlaydi?

Sudlanganlik, nikoh holati, uy-joyga egalik va to‘lov qobiliyati (skoring) haqidagi ma’lumotlar tizimdan avtomatik olinadi (3-band "v" kichik bandi).

Рўйхатга кириш учун қандай ҳужжатлар талаб этилади?

1. Ариза; 2. Тиббий хулоса (ВРК); 3. Тайёрлов курсини тугатганлик сертификати (фарзандликка ва тутинган оила учун) (3-банд).

Ariza qayerga va qanday topshiriladi?

Nomzodlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qiladilar (3-band).

Nomzod sifatida ro‘yxatga olish muddati qancha?

Ariza topshirilib, barcha tekshiruvlar yakunlangach, nomzod sifatida hisobga olish haqidagi qaror bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi (3-ilova, 6-band).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (3-ilova).

Xizmat uchun haq to‘lanadimi?

"Inson" markazi tomonidan emansipatsiya bo‘yicha qaror chiqarish va xulosa berish xizmati bepul amalga oshiriladi.

Nikohga kirganlar ham emansipatsiya qilinadimi?

Qonunga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmasdan qonuniy nikohga kirgan shaxslar nikoh qayd etilgan vaqtdan boshlab avtomatik ravishda to‘la muomalaga layoqatli hisoblanadi.

Emansipatsiya qilingan shaxsning majburiyatlari o‘zgaradimi?

Ha, u o‘zining majburiyatlari (masalan, yetkazilgan zarar yoki qarzlar) bo‘yicha mustaqil javobgar bo‘ladi. Ota-onalar endi uning harakatlari uchun javob bermaydi.

Agar ota-ona emansipatsiyaga rozi bo‘lmasa-chi?

Ota-ona yoki vasiylar roziligi bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Qaror qabul qilish uchun qayerga murojaat qilinadi?

Tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qilinadi.

Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ota-onalarning roziligi bo‘lgan taqdirda, vasiylik organi (Inson markazi) qarori bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.

Emansipatsiya uchun asosiy talablar nima?

Shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lishi yoki ota-onasi (vasiysi) roziligi bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishi shart.

Necha yoshdan emansipatsiya qilish mumkin?

Emansipatsiya 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

VMQ-893 (1-ilova, 6-band "v" kichik bandi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasi.

Emansipatsiya nima va u nima beradi?

Bu 18 yoshga to‘lmagan shaxsning voyaga yetganlar kabi barcha fuqarolik huquq va majburiyatlariga (shartnoma tuzish, mulkni tasarruf etish va h.k.) ega bo‘lishidir.

Mulkni noqonuniy tasarruf etishning oqibati nima?

Agar vasiy yoki uchinchi shaxslar bolaning mulkiga zarar yetkazsa, "Inson" markazi bolaning manfaatini himoya qilib, sudga da’vo arizasi kiritadi.

Xizmat uchun haq to‘lanadimi?

Yo‘q, vasiylik organi tomonidan bolaning mulkini hisobga olish va nazorat qilish xizmati bepul.

Bola voyaga yetgach (18 yosh), mulk nima bo‘ladi?

Vasiylik tugatilgach, barcha mol-mulkni tasarruf etish huquqi bir ish kuni ichida to‘liq bolaning o‘ziga qaytariladi (dalolatnoma asosida).

Hisobga olingan mulklar monitoring qilinadimi?

Ha, ijtimoiy xodim har yili kamida bir marta bolaning mulki but saqlanayotganini tekshiradi va natijasini "Ijtimoiy himoya" ATga kiritadi.

Mulkni tasarruf etishda notariusning roli nima?

Notarius bolaga tegishli mulk bo‘yicha bitimni faqat "Inson" markazining tizim orqali yuborgan bir ish kuni ichidagi ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina tasdiqlaydi.

Qanday holda mulkni sotishga ruxsat beriladi?

Faqatgina bolaning manfaatlariga xizmat qilsa (masalan, bolaning davolanishi uchun zarur bo‘lsa yoki kichik uyni sotib, uning nomiga kattaroq uy olinganda).

Vasiy bolaning mulkini (masalan, uyini) sota oladimi?

Yo‘q, vasiy bolaning mulkini o‘z xohishicha sota olmaydi. Har qanday bitim uchun "Inson" markazining yozma ruxsati (xulosasi) talab etiladi.

Bolaning mulki haqidagi ma’lumotlar qayerdan olinadi?

"Inson" markazi ijtimoiy xodimi Kadastr, YHXBB (GAI), banklar va boshqa idoralarning bazalari orqali avtomatik ravishda ma’lumotlarni oladi (2-ilova, 21-band).

Mol-mulkni hisobga olish muddati qancha?

Bola ijtimoiy himoyaga muhtoj (yetim yoki qaramog‘siz) deb aniqlangan kundan boshlab bir ish kuni davomida uning barcha mulklari tizimda hisobga olinadi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi VMQ-893 (1-ilova, 6-band "j" va "l" kichik bandlari).

Baraka yordamida ijtimoiy himoyaning 5 ta turidan osongina foydalaning.

Ijtimoiy toʻlov va yordam uchun arizalarni Baraka ilovasi orqali topshiring, hujjatlarni yuklang va ularning holatini real vaqt rejimida kuzatib boring.

Baraka ijtimoiy kartasi va ilovasi bilan tanishing.

Ijtimoiy nafaqalaringizni osongina oling va hoziroq boshqarishni boshlang. Aloqabank va Xalq banki tomonidan taqdim etilgan Visa kartangizdan butun dunyo boʻylab POS-terminallarda yoki onlayn xaridlar uchun foydalaning.