Ijtimoiy

himoya siyosati va yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Imtiyoz

Qanday ijtimoiy yordam va xizmatlarga ega bo'laman?

O'zingizga mos yordam va xizmatlarni toping

Ko‘p qidirilganlar:

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

Kursda o‘qish muddati qancha?

O‘quv kurslari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur va soatlar doirasida tashkil etiladi.

Kursda nimalar o‘rgatiladi?

Yetim bolalarning psixologiyasi, ularning yangi oilaga moslashuvi, huquqiy va ijtimoiy mas’uliyat hamda tarbiya metodlari (7-ilova).

Kursni tamomlaganlik haqidagi ma’lumot qanday tekshiriladi?

Agar nomzod Agentlik tizimidagi markazda o‘qigan bo‘lsa, sertifikat nusxasini topshirish shart emas, ma’lumotlar vaklatli organ tomonidan mustaqil ravishda olinadi (3-ilova, 9-band).

Kursni o‘tash uchun qayerga murojaat qilinadi?

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning hududiy boshqarmasiga bevosita murojaat qilinadi.

Kursni o‘taganlik haqidagi sertifikat nega kerak?

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, huquqiy majburiyatlar kabi masalalalarni anglashi uchun nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim. Maxsus kurslarni o‘qimagan nomzodlar bolani tarbiyaga oluvchi sifatida hisobga qo‘yilmaydi.

Kursda o‘qish kimlar uchun majburiy?

Farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar hamda bolani tutingan (foster) oila, professional (terapevtik) oilaga olish istagidagi barcha nomzodlar uchun 7-ilova, 6-band).

Kurslarda o‘qish uchun fuqaro qayerga murojaat qilishi lozim?

Nomzod yashash joyidan qat’iy nazar darslarga qatnashi qulay bo‘lgan hudud bo‘yicha "Inson" markaziga murojaat qilishi mumkin

Murojaat qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Bir ish kuni ichida.

Sertifikatning amal qilish muddati bormi?

Nomzod tayyorlov kursidan muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat olganidan so‘ng uch yil davomida tarbiyalash uchun bola olmagan bo‘lsa, ushbu Nizomda belgilangan tartibga muvofiq tayyorlov kursidan qayta o‘tishi talab etiladi (7-ilova, 26-band)

Sertifikat/ma’lumotnoma nima uchun kerak?

Bolani farzandlikka olish yoki tutingan (foster) oilaga olish uchun arizaga ilova qilinadigan majburiy hujjat hisoblanadi. Busiz ariza ko‘rib chiqilmaydi.

Sertifikatni «Inson» markaziga topshirish shartmi?

Agar nomzod Agentlik huzuridagi Malaka oshirish markazida o‘qigan bo‘lsa, sertifikat nusxasini topshirish shart emas — vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda olinadi (3-ilova, 9-band).

Sertifikat/ma’lumotnoma qachon beriladi?

1. Nomzod kurslarga qabul qilinib offlayn mashg‘ulotlarga qatnayotgan davrida unga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ma’lumotnoma beriladi. 2. Nomzod Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida o‘quv kursini to‘liq tamomlaganidan so‘ng 1 ish kuni ichida sertifikat rasmiylashtiriladi (7-ilova).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (3-band "b" kichik bandi va 7-ilova).

Nomzodlarning to‘lov qobiliyati qanday tekshiriladi?

Tizim orqali skoring baholash natijalariga ko‘ra nomzod (oila)ning to‘lov qobiliyati haqidagi ma’lumotlar avtomatik shakllantiriladi ( qarorning 3-band "v" kichik bandi).

Qaysi organ OBU tashkil etish haqida yakuniy qarorni chiqaradi?

2025-yil 1-fevraldan boshlab OBU tashkil etish va tugatish Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasining qarori asosida amalga oshiriladi (Hokimliklar vakolati tugatilgan).

Qaror qabul qilish muddati qancha?

Nomzodning yashash joyi bo‘yicha "Inson" markaziga ariza bilan murojaat qilgan davrdan boshlab 1 oy ichida (3-ilova)

Ariza berishda qanday hujjatlar talab etiladi?

1. Ariza (er-xotin roziligi bilan); 2. Salomatlik haqida tibbiy xulosa; 3. Tayyorlov kursidan o‘tganlik haqida sertifikat (3-band).

OBU tashkil etish bo‘yicha ariza qayerga topshiriladi?

Nomzodlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita kelgan holda murojaat qiladilar (6-илова, 15-band).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (4-band va muvofiq Nizomlar).

Kiyim-bosh xaridini kim nazorat qiladi?

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari monitoring doirasida bolaning kiyim-bosh bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib boradilar (3-ilova).

To‘lovlar to‘xtatilishiga nima sabab bo‘lishi mumkin?

Bola 18 yoshga to‘lganda, patronat shartnomasi bekor qilinganda yoki bola ota-onasiga qaytarilgan taqdirda (6-ilova).

Mablag‘lar naqd beriladimi yoki kartagami?

To‘lovlar tutingan ota-onalarning bank kartasiga yoki hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda o‘tkazib beriladi.

Ushbu moddiy yordamning maqsadi nima?

Bolalarni mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish.

Yordam puli qaysi manba hisobidan beriladi?

2025-yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan (2-band).

Kiyim-bosh uchun mablag‘lar kimga to‘lanadi?

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga (patronatga) olgan tutingan ota-onalarga (2-band).

Kiyim-kechak uchun mablag‘lar kimlarga to‘lanadi?

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga (patronatga) olgan tutingan ota-onalarga (2-band).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori

Vasiylik belgilash bepulmi?

Ha, vasiylik yoki homiylikni belgilash bo‘yicha davlat xizmati mutlaqo bepul ko‘rsatiladi (Qaror, 85-band).

Dastlabki (vaqtinchalik) vasiylik nima?

Bolaning hayotiga xavf tug‘ilganda yoki shoshilinch vaziyatlarda, barcha hujjatlar yig‘ilgunga qadar, bir ish kuni ichida bola vaqtincha vasiyga topshirilishi mumkin (4-ilova).

Vasiylik belgilashda bolaning fikri inobatga olinadimi?

Ha, 10 yoshga to‘lgan bolaga vasiy yoki homiy tayinlashda uning roziligi majburiy hisoblanadi.

Kimlar vasiy yoki homiy bo‘lishi mumkin?

Faqat voyaga yetgan, muomalaga layoqatli, sog‘lig‘i joyida bo‘lgan va sudlanmagan shaxslar. Birinchi navbatda bolaning yaqin qarindoshlariga ustunlik beriladi (1-ilova, 6-band).

Vasiy/homiy tayinlash haqidagi qarorni kim qabul qiladi?

2025-yil 1-fevraldan boshlab barcha qarorlar tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan qabul qilinadi (Hokimliklar vakolati tugatilgan).

Vasiylik va homiylikning farqi nimada?

Vasiylik — 14 yoshga to‘lmagan bolalarga, homiylik esa — 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan belgilanadi.

Vasiylik yoki homiylikni belgilash muddati qancha?

Bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlangan kundan boshlab, unga vasiy tayinlash masalasi uzog‘i bilan bir oy davomida (shoshilinch holatda dastlabki vasiylik 3 kunda) yoki o‘rganish natijasida ko‘rib chiqiladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (4-ilova).

Yolg‘iz shaxslar (nikohda bo‘lmaganlar) farzandlikka olishi mumkinmi?

Ha, qonunchilik talablariga javob beradigan (sog‘lig‘i, daromadi, uy-joyi joyida bo‘lgan) yolg‘iz shaxslar ham farzandlikka olish huquqiga ega.

Farzandlikka olingan boladan xabar olib turiladimi?

Ha, vasiylik organi farzandlikka olingan bolaning yashash va tarbiyalanish sharoitlarini muntazam ravishda monitoring qilib boradi (3-ilova).

Bolaning ismi va familiyasini o‘zgartirish mumkinmi?

Ha, farzandlikka oluvchilarning iltimosiga ko‘ra bolaga ularning familiyasi berilishi va ismi o‘zgartirilishi sud qarori bilan belgilanadi.

Farzandlikka olish siri qanday saqlanadi?

Farzandlikka olish siri qonun bilan himoyalangan. "Inson" markazi va sud xodimlari bu sirni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi (1-ilova, 6-band).

Farzandlikka oluvchilar va bola o‘rtasidagi yosh farqi qancha bo‘lishi kerak?

Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinayotganlar o‘rtasidagi yosh farqi 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart (Oila kodeksi talabi).

Kursda o‘qish majburiymi?

Ha, farzandlikka oluvchilar Agentlik huzuridagi markazda tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi va sertifikatga ega bo‘lishi shart (7-ilova).

Farzandlikka olish haqida yakuniy qarorni kim chiqaradi?

Farzandlikka olish faqat fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan hal qilinadi. "Inson" markazi esa sudga asoslantirilgan xulosa beradi.

Farzandlikka olish uchun ariza necha kunda ko‘rib chiqiladi?

Nomzod ariza bergach, uning sharoitlarini o‘rganish va nomzod sifatida hisobga olish haqidagi xulosa bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi (3-ilova, 6-band).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (5-ilova) va Oila kodeksi.

Patronat farzandlikka olishdan nimasi bilan farq qiladi?

Patronatda bola bilan ota-ona o‘rtasida huquqiy (merosxo‘rlik) aloqalar o‘rnatilmaydi, bu tarbiya uchun shartnomaviy kelishuv hisoblanadi.

Kursda o‘qish majburiymi?

Ha, patronatga olishdan oldin nomzodlar albatta tayyorlov kursini tugatgan bo‘lishi va sertifikatga ega bo‘lishi shart (7-ilova).

Patronat shartnomasi kim bilan tuziladi?

"Inson" markazi va bolani tarbiyaga olgan shaxslar (tutingan ota-onalar) o‘rtasida tuziladi (4-band).

Tutingan ota-onalarga haq to‘lanadimi?

Ha. Bolani tarbiyalaganlik uchun tutingan ota-onalarga har oylik to‘lovlar va bolaning kiyim-bosh/poyabzal xarajatlari qoplanadi (2-band).

Patronat uchun qayerga murojaat qilinadi?

Tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn (3-band).

Patronatga olish muddati qancha?

Arizani o‘rganish va nomzodlar reyestriga kiritish bir ish kuni davomida (hujjatlar to‘liq bo‘lsa) rasmiylashtiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (6-ilova).

Patronat o‘zi nima?

Bu yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani shartnoma asosida tutingan (foster) oilaga tarbiyaga berish shaklidir.

Rasmiylashtirish uchun haq to‘lanadimi?

Yo‘q, vasiylik va homiylikni rasmiylashtirish bo‘yicha barcha davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

Bolaning fikri so‘raladimi?

Ha, 10 yoshga to‘lgan bolaga vasiy yoki homiy tayinlashda uning roziligi majburiy hisoblanadi (1-ilova).

Vasiylikni rasmiylashtirishda ustunlik kimga beriladi?

Birinchi navbatda bolaning yaqin qarindoshlariga (bobo, buvi, aka-uka, opa-singil, amaki, amma, tog‘a, xola) ustunlik beriladi (1-ilova, 6-band).

Vasiy/homiy bo‘lish uchun qanday hujjatlar kerak?

Ariza, sog‘lig‘i haqida xulosa va (agar farzandlikka olish bo‘lsa) tayyorlov kursi sertifikati. Qolgan ma'lumotlar (sudlanganlik, daromad, uy-joy) tizimdan avtomatik olinadi.

Qaysi organ vasiylikni rasmiylashtiradi?

2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari vakolati tugatilib, vasiylikni rasmiylashtirish "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari qarori bilan amalga oshiriladi.

Ariza qayerga va qanday topshiriladi?

Nomzodlar "Inson" markazlariga bevosita kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qiladilar (3-band).

Vasiylikni rasmiylashtirish muddati qancha?

Shoshilinch hollarda (dastlabki vasiylik) hujjatlar bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi. Umumiy o‘rganish va vasiy tayinlash jarayoni tizim orqali tezkor amalga oshiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (4-ilova).

Bolaning uyi u voyaga yetguncha sotilishi mumkinmi?

Faqat istisno holatlarda, agar bu bolaning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun o‘ta zarur bo‘lsa va vasiylik organining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lsa.

Xulosa qanday shaklda yuboriladi?

2025-yil 1-fevraldan boshlab barcha xulosalar notarial idoralarga "Elektron hukumat" tizimi orqali raqamli shaklda, bir ish kuni ichida yuboriladi.

Bolaning mulki qayerda hisobga olinadi?

Bola aniqlangan zahoti uning barcha davlat ro‘yxatidan o‘tadigan mol-mulki "Ijtimoiy himoya" ATda elektron shaklda hisobga olinadi (2-ilova, 21-band).

Vasiylik organining bu boradagi vakolati qanday?

"Inson" markazi bolaning mulkini but saqlash choralarini ko‘radi va notarial idoralarda uning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilishda ishtirok etadi (1-ilova, 6-band).

Xulosa nima maqsadda beriladi?

Bolaning nomidagi ko‘char va ko‘chmas mulklarni sotish, hadya qilish yoki almashtirish kabi notarial bitimlarni amalga oshirishda bolaning manfaatlari buzilmasligini tasdiqlash uchun.

Xulosa berish muddati qancha?

Notarial idora so‘rovi kelib tushgan kundan boshlab, bolaning mulkiy manfaatlarini o‘rganish va xulosa taqdim etish bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (1-ilova, 6-band "j" kichik bandi).

Har bir xarajat uchun alohida ruxsatnoma kerakmi?

Odatda, muayyan muddatga (masalan, bir yilga) bolaning kundalik ehtiyojlari uchun oylik to‘lovlarni olishga umumiy ruxsatnoma beriladi. Yirik xaridlar uchun esa alohida ruxsatnoma talab etilishi mumkin.

Ruxsatnomasiz pullarni ishlatishning oqibati nima?

Agar vasiy mablag‘larni bolaning manfaatlariga zid sarf ko‘rsa, vasiylik organi ruxsatnoma berishni rad etadi va vasiyni vazifasidan ozod etish masalasini ko‘radi (1-ilova).

Ruxsatnoma qanday shaklda beriladi?

2025-yil 1-fevraldan boshlab ruxsatnoma qog‘oz ko‘rinishida emas, balki "Ijtimoiy himoya" AT orqali raqamli shaklda shakllantiriladi va banklarga yuboriladi.

Ruxsatnoma olish uchun qayerga murojaat qilinadi?

Tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qilinadi.

Nega vasiy bu pullarni o‘z xohishicha ishlata olmaydi?

Bolaning mulkiy huquqlarini himoya qilish uchun. Vasiy pullarni faqat bolaning ta’minoti, ta’limi va sog‘lig‘i uchun sarflashga majbur (4-ilova).

Ijtimoiy to‘lovlar deganda nimalar tushuniladi?

Bolaga tayinlangan pensiya, nafaqa, aliment hamda uning mulkidan keladigan daromadlar (masalan, ijara haqining bolaga tegishli qismi).

Ruxsatnoma berish muddati qancha?

Vasiy yoki homiy murojaat qilganidan so‘ng, bolaning ehtiyojlari o‘rganilib, ruxsatnoma bir ish kuni davomida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (1-ilova, 6-band "d" kichik bandi).

Ushbu yordam uchun to‘lov qilinadimi?

Yo‘q, vasiylik organining sudlardagi ishtiroki va xulosa berishi bepul davlat xizmati hisoblanadi.

«Inson» markazi sudga da’vo arizasi kirita oladimi?

Ha, agar bolaning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa, markaz o‘z tashabbusi bilan ota-onalik huquqini cheklash yoki bolani oiladan olish bo‘yicha sudga murojaat qiladi.

Bolaning fikri sudda inobatga olinadimi?

Ha, ijtimoiy xodim 10 yoshga to‘lgan bolaning fikrini alohida o‘rganadi va uni sudga yetkazadi (1-ilova, 6-band).

Ijtimoiy xodim sudga qanday ma’lumotlarni taqdim etadi?

Bolaning yashash sharoiti, oiladagi muhit, bolaning ota-onasiga bo‘lgan munosabati va bolaning o‘z fikri haqidagi elektron o‘rganish dalolatnomasini.

Qaysi turdagi sud ishlarida ijtimoiy xodim ishtirok etishi shart?

Bolaning yashash joyini belgilash, ota-onalik huquqidan mahrum qilish (yoki tiklash), farzandlikka olish va bolani tortib olish bilan bog‘liq barcha ishlarda.

Sudga xulosa taqdim etish muddati qancha?

Sud so‘rovi kelib tushganidan so‘ng, ijtimoiy xodim vaziyatni o‘rganib, bir ish kuni davomida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi va sudga taqdim etadi.

Ijtimoiy xodim sudda qanday maqomda qatnashadi?

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi vasiylik va homiylik organi vakili sifatida bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun ishtirok etadi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (1-ilova, 6-band "z" kichik bandi).

Rad javobi ustidan shikoyat qilsa bo‘ladimi?

Ha, "Inson" markazining xulosasidan norozi bo‘lgan tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.

Vasiylik organi xulosa berishni rad etishi mumkinmi?

Ha, agar familiyani o‘zgartirish bolaning manfaatlariga zid bo‘lsa (masalan, meros huquqiga ta'sir qilsa), rad javobi beriladi.

Murojaatni onlayn yuborsa bo‘ladimi?

Ha, arizani YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborish mumkin, xulosa ham elektron shaklda FXDYOga yuboriladi.

Xizmat uchun to‘lov bormi?

Yo‘q, "Inson" markazi tomonidan FXDYOga xulosa berish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Ota-onasi noma’lum bolalarga qanday ism beriladi?

Bunday hollarda ism, familiya va ota ismi "Inson" markazining FXDYOga yuborgan xulosasi asosida beriladi (2-ilova).

Bolaning roziligi necha yoshdan so‘raladi?

10 yoshga to‘lgan bolaning familiyasini o‘zgartirish uchun uning roziligi majburiy hisoblanadi.

Qaysi hollarda vasiylik organi xulosasi shart?

Ota-onalar bolaning ismi bo‘yicha kelisha olmasa yoki 18 yoshga to‘lmagan bolaning familiyasini o‘zgartirish talab etilsa.

Xulosa berish muddati qancha?

Murojaat tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Xizmatning huquqiy asosi qaysi hujjat?

VMQ-893 (1-ilova, 6-band "i" kichik bandi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Ushbu xizmatning asosiy maqsadi nima?

Bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishda uning huquqlari va manfaatlari buzilmasligini vasiylik organi (Inson markazi) tomonidan tasdiqlash.

«Ona uyi»dan chiqqandan keyin yordam davom etadimi?

Ha, ayol markazdan chiqqach, "Inson" markazi uning bandligini va ijtimoiy holatini monitoring qilishda davom etadi.

Ayolning shaxsi sir saqlanadimi?

Ha, "Ona uyi"ga joylashtirilgan ayol va bolaning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

Xizmat uchun haq to‘lanadimi?

Yo‘q, "Ona uyi" xizmatlari davlat tomonidan bepul ko‘rsatiladi (Qaror, 2-band).

«Ona uyi»da qanday yordam ko‘rsatiladi?

Turar-joy, oziq-ovqat, tibbiy yordam, psixologik ko‘mak va onaga kasb-hunar o‘rgatish orqali uni jamiyatga integratsiya qilish.

«Ona uyi»da qancha muddat yashash mumkin?

Ayol va bolaning ijtimoiy holati yaxshilangunga qadar (odatda 6 oydan 1 yilgacha), biroq bu muddat individual rivojlanish rejasi asosida belgilanadi.

Joylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki onlayn ravishda YIDXP orqali murojaat qilinadi.

Kimlar «Ona uyi»ga joylashtirilishi mumkin?

Qiyin ijtimoiy vaziyatdagi homilador ayollar va 3 yoshgacha farzandi bor, yashash joyi bo‘lmagan yoki oilaviy tazyiqqa uchragan onalar.

Joylashtirish haqida qaror necha kunda qabul qilinadi?

Ayol yoki uning yaqinlari murojaat qilganidan so‘ng, vaziyat o‘rganilib, bir ish kuni davomida yo‘llanma berish masalasi hal qilinadi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi VMQ-893 (1-ilova, 6-band "b" kichik bandi).

«Ona uyi» o‘zi nima va uning maqsadi nima?

Bu og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ayollarni va ularning go‘daklarini birgalikda saqlash orqali bolaning yetim qolishining oldini olishga qaratilgan markazdir.

Maqsadi nima?

Asosiy maqsad — bolani go‘daklar uyiga topshirishning oldini olish va uni oila muhitida saqlab qolishdir.

Ayolning shaxsi sir saqlanadimi?

Ha, markazda saqlanayotgan ayol va bolaning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.

Onaga kasb o‘rgatiladi-mi?

Ha, onaning kelajakda mustaqil yashab ketishi uchun unga kasb-hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlashda yordam beriladi.

Xizmatlar bepulmi?

Ha, yashash joyi, oziq-ovqat va psixologik ko‘mak davlat tomonidan bepul ko‘rsatiladi.

Qayerga murojaat qilish lozim?

Hududiy "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki onlayn ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali.

«Ona uyi»da qancha muddat yashash mumkin?

Ona va bolaning ijtimoiy holati barqarorlashguncha (odatda 6 oydan 1 yilgacha muddatga).

Joylashtirish haqida qaror necha kunda chiqadi?

Ayolning holati o‘rganilib, bir ish kuni davomida yo‘llanma berish masalasi hal qilinadi.

Kimlar bu yerga joylashtirilishi mumkin?

Qiyin ijtimoiy ahvoldagi (uysiz, tazyiq ostidagi) homilador ayollar va 3 yoshgacha farzandi bor onalar.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi VMQ-893 (1-ilova, 6-band "b" kichik bandi).

«Onalar maskani» o‘zi nima?

Bu og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi ayollarni va ularning go‘daklarini birgalikda saqlash orqali bolaning yetim qolishining oldini oluvchi markazdir.

Baraka yordamida ijtimoiy himoyaning 5 ta turidan osongina foydalaning.

Ijtimoiy toʻlov va yordam uchun arizalarni Baraka ilovasi orqali topshiring, hujjatlarni yuklang va ularning holatini real vaqt rejimida kuzatib boring.

Baraka ijtimoiy kartasi va ilovasi bilan tanishing.

Ijtimoiy nafaqalaringizni osongina oling va hoziroq boshqarishni boshlang. Aloqabank va Xalq banki tomonidan taqdim etilgan Visa kartangizdan butun dunyo boʻylab POS-terminallarda yoki onlayn xaridlar uchun foydalaning.