Yo‘riqnoma

Ushbu qo‘llanma «Baraka» mobil ilovasida yangi foydalanuvchi hisobini yaratish va xizmatlardan foydalanish uchun ruxsat olish tartibini belgilaydi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni shaxsiy ma’lumotlarni kiritish, aloqa raqamini tasdiqlash hamda xavfsizlik talablariga muvofiq identifikatsiyadan o‘tish bosqichlarini qamrab oladi. Mazkur yo‘riqnomada keltirilgan amallarni ketma-ket bajarish foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligini hamda davlat xizmatlari bilan integratsiyalashgan tizim imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlaydi.

Baraka ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma. Baraka ilovasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.

Har bir bosqich sizning xavfsizligingiz va ma’lumotlaringiz aniqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

1-bosqich. Ilovani yuklab olish va boshlash

  • Smartfoningiz turiga qarab Google Play yoki App Store do‘konlaridan «Baraka» ilovasini qidirib toping va yuklab oling.
  • Ilovani ishga tushiring va asosiy ekrandagi «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasini bosing.

 

2-bosqich: Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish

Ushbu bo‘limda davlat xizmatlari bilan integratsiya qilish uchun aniq ma’lumotlar talab etiladi:

  • JSHSHIR (PINFL). Pasportingizning pastki qismidagi 14 xonali raqamni kiriting.
  • Pasport ma’lumotlari. Pasport seriyasi va raqamini xatosiz yozing.
  • Tug‘ilgan sana. Kun, oy va yilingizni kalendardan belgilang.
  • Telefon raqami. Hozirda faol bo‘lgan aloqa raqamingizni kiriting.
  • Ommaviy oferta. Ilovadan foydalanish shartlari va ofertani diqqat bilan o‘qib chiqing hamda tasdiqlash belgisini qo‘ying.
  • Davom etish uchun «Keyingi» tugmasini bosing.

3-bosqich. Telefon raqamini tasdiqlash (OTP)

  • Kiritgan telefon raqamingizga SMS orqali 4 xonali maxfiy kod yuboriladi.
  • Ushbu kodni ilovadagi maxsus maydonga kiriting. Bu sizning raqamingiz faolligini tasdiqlaydi.

4-bosqich. Identifikatsiya va Xavfsizlik

  • Shaxsni tasdiqlash. Xavfsizlik talablariga muvofiq, Face-ID yoki boshqa turdagi identifikatsiya jarayonidan o‘ting.

  • Parol yaratish. Ilovaga kirish uchun murakkab va esda qolarli yangi parol o‘ylab toping. Parol talablariga rioya qiling va «Saqlash» tugmasini bosing.

  • PIN-kod o‘rnatish. Har safar ilovaga tezkor kirish uchun 4 yoki 6 xonali maxsus PIN-kod yarating va uni qayta kiritish orqali tasdiqlang.

Tabriklaymiz! Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi.

5-bosqich. Ilovaga kirish va Shaxsiy kabinet

Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, tizimga kirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  • Asosiy menyuda «Kirish» tugmasini bosing.
  • JSHSHIR (PINFL) raqamingiz va yangi yaratgan parolingizni kiriting.

  • SMS orqali kelgan birmartalik OTP-kodni kiriting va shaxsiy kabinetga kiring.

  • Shaxsiy kabinetga ilk bor kirganingizda, ekranda quyidagi mazmundagi xabar paydo bo‘lishi mumkin:

«Siz ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, ma’lumotlaringiz vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi.»
«Nafaqa mavjudligi, uning turi va kategoriyasi aniqlanishi 3 soatgacha vaqt olishi mumkin.»
«Iltimos, tekshiruv jarayoni yakunlanishini kuting.»

  • Eslatma: Tekshiruv davom etayotgan vaqtda siz ilovadagi boshqa barcha xizmatlar, menyular va yangiliklar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Tekshiruv yakunlangach, barcha imkoniyatlar (nafaqa ma’lumotlari va h.k.) to‘liq faollashadi.

Biz bilan bog‘laning

Biz yordamga tayyormiz
Icon
Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati
Xalq: 1106 | Aloqa: +998712307777
Icon
Baraka bilan bog'lanish uchun:
Baraka haqida savollaringiz bo'lsa, IHMAning 1070 aloqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.