Welfare Tag: Yordam

Qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

Ijtimoiy xodimning tavsiyasi asosida «Mahalla yettiligi» kollegial (jamoaviy) tartibda ovoz berish orqali qaror qabul qiladi (18-19-bandlar).

Kommunal yordam necha marta berilishi mumkin?

Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marotaba (1-oktabrdan 15-martga qadar)

Yordam puli fuqaroning qo‘liga naqd beriladimi?

Yo‘q. Mablag‘lar maqsadli ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning (gaz, elektr, suv va h.k.) bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi (21-band).

Kimlar kommunal xarajatlar uchun yordam olishi mumkin?

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar

Kommunal yordamni rasmiylashtirish muddati qancha?

Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va «Mahalla yettiligi» tomonidan jamoaviy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ushbu yordam turi Nizomda nazarda tutilganmi?

Ha. Nizomning 13-bandiga ko’ra, «Saxovat va ko’mak» jamg’armasi mablag’lari Hukumat va Agentlik qarorlariga binoan ro’yxatda bo’lmagan boshqa ijtimoiy maqsadlarga, shu jumladan kommunal to’lovlar uchun ham yo’naltirilishi mumkin.

Ushbu yordamning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.

Xarid qanday tasdiqlanadi?

Materiallar yoki moslamalar yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma’lum qilishi orqali jarayon yakunlanadi (37-band).

Agar boshqa jamg‘armadan yordam olingan bo‘lsa-chi?

Agar uy-joyni moslashtirish xarajatlari ayni shu davr uchun boshqa ijtimoiy dasturlar yoki manbalar hisobidan qoplangan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).

Murojaat necha kunda ko‘rib chiqiladi?

Ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va «Mahalla yettiligi» tomonidan jamoaviy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.