Tibbiy holat qanchalik tez-tez qayta tekshiriladi?
Har 6 oyda kamida bir marotaba monitoring o‘tkaziladi va shaxsning sog‘lig‘i hamda tibbiy ehtiyojlari qayta baholanadi (36-band).
Tibbiy ko‘rik natijasi qayerda saqlanadi?
Barcha tibbiy xulosalar va ko‘rik natijalari “Ijtimoiy himoya” AT (axborot tizimi)ga elektron shaklda kiritiladi (23-band).
Agar shaxs uydan chiqa olmasa, ko‘rik qanday tashkil etiladi?
15-bandga ko‘ra, multidissiplinar guruh tarkibidagi shifokor shaxsning uyiga borib, uning uyda tibbiy xizmatga muhtojlik darajasini aniqlashi shart.
Sog‘liqni baholashda nimalar tekshiriladi?
Mavjud surunkali, ruhiy va yuqumli kasalliklar, bepul dori-darmonga muhtojlik va uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish zarurati (15-band).
Tibbiy ehtiyojlarni kim aniqlaydi va kim javobgar?
Multidissiplinar guruh tarkibidagi oilaviy shifokor. U shaxsning tibbiy xizmatga va dori-darmonga ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgar (15-band).
To‘lov miqdori
Miqdor qonunchilik bilan belgilanadi. “Kambag‘allik chegarasidagi oila”ga 75% yoki 50% to‘lanadi (daromadiga qarab).
Kimlarga tayinlanadi?
“Davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila”, “kambag‘allik chegarasidagi oila”.
To‘lov qachon va qayerda amalga oshiriladi?
Har oy 4–27 sanalarda bank kartaga yoki ijtimoiy kartaga o‘tkaziladi.
Qachon rad etiladi?
Reyestrga kiritilmagan bo‘lsa, 6 oy o‘tgan bo‘lsa, ishga joylashish talabi bajarilmasa, noto‘g‘ri ma’lumot berilsa.
Arizani kim ko‘rib chiqadi? Qaror qanday qabul qilinadi?
“Yagona reyestr” AT orqali avtomatik ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi. Ariza topshiruvchilar, joriy oyning 16-sanasigacha ariza bergan bo‘lsa, ularga keyingi oyning 1-sanasigacha nafaqa berilishi, rad etilishi yoki ko‘rib chiqilishi keyingi oyga (kutish ro‘yxatiga) qoldirilishi haqida xabar beriladi.
Joriy oyning 16-sanasidan keyin topshirilgan arizalar esa ko‘rib chiqish uchun keyingi oyga (kutish ro‘yxatiga) o‘tkaziladi
Qanday hujjatlar talab etiladi?
Asosan shaxsni tasdiqlovchi hujjat. Qolgan ma’lumotlar elektron tizim orqali olinadi.
Qayerga murojaat qilinadi?
Baraka ilovasi orqali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, DXM yoki onlayn platformalar.
Ariza berish tartibi
DXM, mahalla ijtimoiy xodimi, YAMIH AT, YIDXP, “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali. Oyiga 1 marta.
Tasdiqlovchi hujjat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.01.2026 yildagi 35-son
To‘lov muddati
“Davlat ta’minotidagi” va “kambag‘al” oilaga — toifa saqlanib turgan davrda. “Kambag‘allik chegarasidagi oila”ga — 6 oy. Bolalar nafaqasi — bola 18 yoshga to‘lguncha.
Davriylik
Har oy to‘lanadi.