Ijtimoiy

himoya siyosati va yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Imtiyoz

Qanday ijtimoiy yordam va xizmatlarga ega bo'laman?

O'zingizga mos yordam va xizmatlarni toping

Ko‘p qidirilganlar:

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar

Qaysi holatlarda vaucher bekor qilinadi?

Shaxs 10 ish kunida xizmat ko‘rsatuvchini tanlamasa, vafot etsa, xizmatdan voz kechsa yoki 1 oydan ortiq muddatga chet elga chiqsa (20-band).

Xizmat ko‘rsatilgani qanday tasdiqlanadi?

Xizmat ko‘rsatuvchi har kuni xizmatdan foydalangan shaxsning biometrik ma’lumotlarini (Face-ID) tizimga kiritishi shart (5-band).

Vaucher qancha muddatga beriladi?

Vaucher ijtimoiy xizmatdan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda foydalanish huquqi bilan beriladi (18-band).

Murojaat necha kun ichida ko‘rib chiqiladi?

"Inson" markazi mas’ul xodimi so‘rovnomani 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va shaxsning ehtiyojini baholaydi (11-band).

Murojaat qayerga va qanday qilinadi?

"Inson" markaziga, ijtimoiy xodimga, YIDXP (my.gov.uz) yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali murojaat qilish mumkin (7-band).

Xizmat ko‘rsatuvchilarga qanday talab qo‘yiladi?

Ular 36 soatlik o‘quv kursini bitirib, 3 yil muddatga beriladigan sertifikatga ega bo‘lishlari shart (3-band).

Xizmat ko‘rsatuvchi sifatida kimlar ishlashi mumkin?

"Inson" markazlari, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

Vaucher tizimi qanday ishlaydi?

Davlat ijtimoiy xizmatlar xarajatining bir qismini vaucher orqali qoplab beradi. Muhtoj shaxs vaucher olgach, "Oila hamkor" platformasidan o‘zi istagan xizmat ko‘rsatuvchini tanlaydi.

Dastur doirasida qanday yangi xizmatlar ko‘rsatiladi?

1. Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam. 2. Uy sharoitida qarab turish. 3. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya. 4. Kunduzgi qatnov asosida qarab turish. 5. Shaxsy yordamchi xizmati.

“Faol hayotga qadam” dasturi nima?

Bu o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlarni vaucher (subsidiya) asosida ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi davlat dasturidir (2025-yil 1-iyundan boshlangan).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori

Yordam qaysi xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan?

1. Oziq-ovqat mahsulotlari; 2. Shaxsiy gigiyena tovarlari; 3. Uy-joy kommunal xizmatlar haqi (2-band).

Rad etish uchun qanday asoslar bor?

Faqatgina Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tibbiy qarshi ko‘rsatmalar (ruhiy buzilishlar, yuqumli kasalliklar va h.k.) mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkin.

Yordam ko‘rsatish shakllari qanday?

Faqat yashash emas, balki mobil (uyga borish), kunduzgi qatnov va qisqa muddatli stasionar (vaqtincha yashash) shakllari ham mavjud (Nizom, 49-band).

Markazda yashayotganlar pullik xizmat turini o‘zi tanlaydimi?

Ha. Pullik xizmat oluvchilar bazaviy xizmatlardan tashqari, qo‘shimcha reabilitatsiya va parvarish xizmatlarini shartnoma asosida o‘zlari tanlaydilar (Nizom, 37-band).

Bo‘sh o‘rinlar haqida qayerdan ma’lumot olsa bo‘ladi?

IQQMlardagi bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumotlar Agentlik saytida va "Ijtimoiy himoya" ATda real vaqt rejimida ko‘rinib turadi (Nizom, 5-band).

Markazga joylashish uchun qayerga borish kerak?

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilinadi yoki "Ijtimoiy himoya" AT portalidan elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi (Nizom, 10-band).

Ijtimoiy reyestrdagilar uchun to‘lov qancha?

Ijtimoiy reyestrdagi oila a’zolari uchun xizmat haqi imtiyozli bo‘lib, ular narxning 20 foizini to‘laydilar (qolgan 80% davlat tomonidan qoplanadi) (Qaror, 3-band).

Qarindoshlari bor shaxslar qanday tartibda joylashadi?

Ular pullik shartnoma asosida joylashishlari mumkin. Bunda uzoq muddatli yoki qisqa muddatli stasionar xizmatlardan foydalanish imkoni bor.

Markazga kimlar bepul va doimiy yashash uchun qabul qilinadi?

Boquvchisi (1-darajali qarindoshlari) bo‘lmagan va o‘z nomida uyi yo‘q, o‘zgalar parvarishiga muhtoj ёлғиз кексалар ва ногиронлиги бўлган шахслаar (Nizom, 3-band).

Murojaatni ko‘rib chiqish muddati qancha?

Umumiy hisobda murojaat 7 ish kuni ichida to‘liq ko‘rib chiqiladi (2 kun "Inson" markazi + 5 kun Maxsus komissiya) (Nizom, 14, 17-bandlar).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qarori hamda Prezidentning PQ-410-son qarori.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari (IQQM) o‘zi nima?

Bular ilgarigi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari pansionatining yangi nomi va tizimidir (1-band).

To’lov qachon to’xtatiladi?

Shaxs vafot etganda, yordam olish huquqi yo‘qolganda yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketganda (69-band).

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida (pansionatlarda) yashovchilarga qancha to‘lanadi?

Markazlarda yashovchi shaxslarga ularning shaxsiy sarf-xarajatlari uchun nafaqaning 20 foizi miqdorida mablag‘ to‘lab boriladi (68-band).

Mablag‘lar qayerdan to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan (11-band).

Xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori (31.05.2024-yildagi 316-son qaror tahririda).

Yordam qanday shaklda tayinlanadi?

Mazkur qarorga ko‘ra, tizimni raqamlashtirish orqali bu to‘lovlar "proaktiv shakl" da (fuqarodan qo‘shimcha hujjat talab etmagan holda, elektron bazadagi ma'lumotlar asosida) tayyinlanadi (3-band).

Kimlar ushbu yordamni olish huquqiga ega?

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan ёлғиз шахслар (Reyestrga kiritilganlar) (2-band).

Ushbu moddiy yordam nima uchun beriladi?

Ilgari bepul berilgan oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari o‘rniga, ularning qiymati miqdorida oylik pul to‘lovi shaklida beriladi (1-band).

Baraka yordamida ijtimoiy himoyaning 5 ta turidan osongina foydalaning.

Ijtimoiy toʻlov va yordam uchun arizalarni Baraka ilovasi orqali topshiring, hujjatlarni yuklang va ularning holatini real vaqt rejimida kuzatib boring.

Baraka ijtimoiy kartasi va ilovasi bilan tanishing.

Ijtimoiy nafaqalaringizni osongina oling va hoziroq boshqarishni boshlang. Aloqabank va Xalq banki tomonidan taqdim etilgan Visa kartangizdan butun dunyo boʻylab POS-terminallarda yoki onlayn xaridlar uchun foydalaning.