Ijtimoiy

himoya siyosati va yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Imtiyoz

Qanday ijtimoiy yordam va xizmatlarga ega bo'laman?

O'zingizga mos yordam va xizmatlarni toping

Ko‘p qidirilganlar:

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar

Tibbiy ko‘rik natijasi qayerda saqlanadi?

Barcha tibbiy xulosalar va ko‘rik natijalari “Ijtimoiy himoya” AT (axborot tizimi)ga elektron shaklda kiritiladi (23-band).

Agar shaxs uydan chiqa olmasa, ko‘rik qanday tashkil etiladi?

15-bandga ko‘ra, multidissiplinar guruh tarkibidagi shifokor shaxsning uyiga borib, uning uyda tibbiy xizmatga muhtojlik darajasini aniqlashi shart.

Sog‘liqni baholashda nimalar tekshiriladi?

Mavjud surunkali, ruhiy va yuqumli kasalliklar, bepul dori-darmonga muhtojlik va uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish zarurati (15-band).

Tibbiy ehtiyojlarni kim aniqlaydi va kim javobgar?

Multidissiplinar guruh tarkibidagi oilaviy shifokor. U shaxsning tibbiy xizmatga va dori-darmonga ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgar (15-band).

Tibbiy ko‘rik ijtimoiy xizmatlar rejasiga kiritiladimi?

Ha. Reglamentning 27-bandiga ko‘ra, individual rejada shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish tadbiri alohida band sifatida ko‘rsatiladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qancha?

Tibbiy ko‘rik va tegishli sog‘lomlashtirish choralari 10 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.

Muloqot va dam olish ehtiyoji qanchalik tez-tez tekshiriladi?

Har 6 oyda o‘tkaziladigan monitoring jarayonida shaxsning ijtimoiy faolligi va xizmatlardan qoniqish darajasi qayta baholanadi (36-band).

Dam olish xizmatlaridan foydalanish majburiymi?

Yo‘q. 47-bandga ko‘ra, shaxs individual rejada belgilangan har qanday xizmatdan, jumladan madaniy yoki muloqot xizmatlaridan foydalanishni rad etish huquqiga ega.

Ushbu xizmat turi Individual rejaga kiritiladimi?

Ha. 27-bandga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlangan individual ijtimoiy xizmatlar rejasining ajralmas qismi hisoblanadi.

Madaniy tadbirlarni tashkil etishga kimlar jalb qilinadi?

27-bandga muvofiq, ushbu jarayonga ko‘ngillilar (volontyorlar), vasiylik va homiylik qilishni xohlovchi shaxslar hamda mahalla faollari jalb etilishi mumkin.

Shaxsning madaniy hordiqqa ehtiyoji qanday aniqlanadi?

14 va 21-bandlarga ko‘ra, Multidissiplinar guruh shaxsning qarindoshlari, do‘stlari bilan muloqoti hamda dam olish xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini alohida baholaydi.

Reglamentda «Madaniy tadbir» tushunchasi qanday ifodalangan?

Matnda bu "muloqot va dam olish xizmatiga ehtiyoj" (21-band) hamda "kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish" (27-band) tadbirlari sifatida talqin qilinadi.

Ijtimoiy faollikni oshirish tadbirlari qancha muddatda amalga oshiriladi?

Madaniy-ma'rifiy va ijtimoiy faollikni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish 22 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi va rejalashtirilishi belgilangan.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori.

Agar xizmat sifatsiz bajarilsa yoki rad etilsa-chi?

"Inson" markazi direktori va Ijtimoiy inspeksiya ushbu reglament talablari ijrosini nazorat qiladi. Norozi bo‘lgan taqdirda sudga shikoyat qilish mumkin.

Xizmat natijalari qayerda qayd etiladi?

Barcha o‘tkazilgan sanitar tadbirlar haqidagi ma’lumotlar mas’ullar tomonidan “Ijtimoiy himoya” AT (axborot tizimi)ga kiritib boriladi.

Qanday holatlarda ushbu xizmat ko‘rsatiladi?

1. Shaxs yoki vakilining murojaatiga asosan. 2. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida ushbu tadbirni o‘tkazish zarurati ko‘rsatilgan bo‘lsa.

Xizmat ko‘rsatishga qaysi tashkilot mas’ul?

Tuman (shahar) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari "Inson" markazi so‘rovnomasi asosida ishni bajaradi.

Xizmatni o‘tkazish uchun kimga murojaat qilinadi?

Shaxs yoki uning qonuniy vakili mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi kifoya.

Xizmat doirasida aynan nimalar qilinadi?

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida dezinfeksiya (mikroblarga qarshi) va dezinseksiya (hasharotlarga qarshi) ishlari bepul o‘tkaziladi.

Sanitar tadbirlarni o‘tkazish muddati qancha?

Dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng 5 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son qarori.

Baraka yordamida ijtimoiy himoyaning 5 ta turidan osongina foydalaning.

Ijtimoiy toʻlov va yordam uchun arizalarni Baraka ilovasi orqali topshiring, hujjatlarni yuklang va ularning holatini real vaqt rejimida kuzatib boring.

Baraka ijtimoiy kartasi va ilovasi bilan tanishing.

Ijtimoiy nafaqalaringizni osongina oling va hoziroq boshqarishni boshlang. Aloqabank va Xalq banki tomonidan taqdim etilgan Visa kartangizdan butun dunyo boʻylab POS-terminallarda yoki onlayn xaridlar uchun foydalaning.