Farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar hamda bolani tutingan (foster) oila, professional (terapevtik) oilaga olish istagidagi barcha nomzodlar uchun 7-ilova, 6-band).
Farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar hamda bolani tutingan (foster) oila, professional (terapevtik) oilaga olish istagidagi barcha nomzodlar uchun 7-ilova, 6-band).
Nomzod yashash joyidan qat’iy nazar darslarga qatnashi qulay bo‘lgan hudud bo‘yicha «Inson» markaziga murojaat qilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori hamda Prezidentning PF-185-son Farmoni.
Ha, agar bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qolgan bo‘lsa, «Inson» markazi ularni tiklash yoki dastlabki tarzda olish choralarini ko‘radi (2-ilova, 13-band).
Birinchi navbatda qarindoshlari oilasiga (vasiylik/homiylik), agar iloji bo‘lmasa tutingan (foster) oilaga joylashtiriladi (2-ilova, 8-band).
Ha, «Inson» markazi bolaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi yoki pensiya rasmiylashtirilishi ta’minlanishi uchun barcha hujjatlarni tayyorlaydi (1-ilova, 6-band «j» kichik bandi).
«Inson» markazi bedarak yo‘qolgan ota-onadan qolgan mol-mulkni but saqlash choralarini ko‘radi va notarial idoralarda bolaning manfaatlarini ifoda etadi (1-ilova, 6-band).
Agar har ikki ota va onasi rasman bedarak yo‘qolgan deb topilsa, bola rasman «ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola» deb e’tirof etiladi va «Ijtimoiy himoya» ATda ro‘yxatga olinadi (2-ilova, 13-band).
Sudlar shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish haqida qaror qabul qilganda, bu haqda 24 soat ichida «Inson» markaziga xabar berishi shart (2-ilova, 5-band).
Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Buning uchun voyaga yetmaganning qonuniy vakili yohud ….Vasiylik va homiylik organi hisoblangan «Inson» markazi voyaga yetmagan bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza kiritadi (1-ilova, 6-band).