Ota-onasi yo‘qligi haqida ma’lumot kelib tushgach, «Inson» markazi 3 ish kuni ichida bolaning holatini o‘rganadi va bolaning qonuniy vakilini belgilash choralarini ko‘radi (893-sonli VMQ, 2-ilova, 8-band). Shu bilan birga, qonunchilik tartibida manfaatdor shaxs topilmasa, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib shaxsning qidiruvini so‘raydi.