Welfare Tag: Yordam

Qaysi holatda yordam berish rad etiladi?

Agar shaxs ayni shu ekspertiza xarajatlari uchun boshqa davlat dasturlari yoki ijtimoiy daftarlar orqali yordam olgan bo’lsa (12-band).

Who makes the decision?

Based on the recommendation submitted by the social worker through the «Ijtimoiy Himoya» Information System, the «Mahalla Seven» makes a decision collectively (Clause 18).

Yordam olish uchun qanday asosiy hujjat kerak?

Sudning ajrimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning DNK tahlili o’tkazish haqidagi qarori hamda xizmat narxi ko’rsatilgan invoys (hisob-faktura) talab etiladi.

Yordam puli fuqaroning qo‘liga beriladimi?

Yo‘q. Mablag‘lar naqd pulsiz shaklda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspertiza o’tkazuvchi muassasaning (masalan, Sud-tibbiy ekspertiza markazi) bank hisobvarag’iga o’tkazib beriladi (21-band).

Kimlar DNK xarajatlari uchun yordam olishi mumkin?

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar

Yordam olish muddati qancha etib belgilangan?

Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va «Mahalla yettiligi» tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

DNK xarajatlarini qoplash uchun yordam nima?

Bu og’ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar talabi bilan o’tkaziladigan genetik ekspertiza (DNK tahlili) xarajatlarini davlat tomonidan to’lab berishdir.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.

Yordam miqdori qanday belgilanadi?

Zarar ko‘lamidan kelib chiqib, mahalla limitlari va hududiy boshqarma mablag‘lari doirasida «Mahalla yettiligi» tomonidan belgilanadi (18-band).

Mablag‘lar tadbirkorga qachon o‘tkaziladi?

Materiallar yetkazib berilib, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma’lum qilganidan so‘ng mablag‘ avtomatik o‘tkaziladi (42-band).