Yangiliklar sahifasiga qaytish

ATTO tariflari endi Baraka kartasida!

26.06.2026

Jamoat transportiga Baraka kartasi orqali to’lang. Va 1 soat ichida keyingi safarlar uchun ATTO bilan bir xil narxlardan foydlaning.

Baraka kartasi orqali jamoat transportida yo’l haqi to’laganingizda, 1 soat ichida keyingi safarlar uchun ATTO bilan bir xil tariflardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi.

Masalan, Toshkent shahrida avtobuslarda 1 soat ichida:

  • 1-safar: 1 700 so‘m
  • 2-safar: 700 so‘m
  • 3-safar: BEPUL
  • 4-safar: BEPUL

 Eslatma: Tariflar metroda va viloyatlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. To‘liq narxlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Sizga yana bir yangilik, ilgari ayrim toifadagi imtiyozga ega fuqarolar shahar transportidan bepul foydalanishi uchun ijtimoiy transport kartasi olishgan. Endilikda bu fuqarolar maxsus transport kartasi o’rniga Baraka kartasidan foydalanadigan bo’ldi.

Jamoat transportidagi ATTO terminallariga Baraka kartasini tekkizganingizda, tizim sizning imtiyozli toifaga mansubligingizni avtomatik ravishda aniqlaydi va yo‘l haqi uchun mablag‘ yechib olmaydi.

Baraka kartasi sizning jamoat transportidan foydalanishda imtiyozli shaxs ekaningizni tasdiqlovchi hujjat vazifasini bajaradi. 

Bunday toifaga kiruvchi foydalanuvchilar avtobus yoki metroda Baraka kartasini ATTO terminaliga tekkizsalar kifoya. Tizim foydalanuvchining imtiyozli shaxs ekanini avtomatik aniqlaydi va kartadan mablag‘ yechilmaydi.

Baraka kartasi bilan jamoat transportidan bepul foydalanuvchilarning yangilangan ro’yxati bilan tanishing:

  • 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatchilar;
  • 1941 —1945-yillardagi urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • 1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden hamda medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
  • Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalmilalchi jangchilar jumlasidan bo‘lgan fuqarolar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
  •  nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar va І guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxs;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularni kuzatib boruvchi shaxs.
  • «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
Nega jamoat transportida aynan Barakadan foydalanish qulay?

Xotirjamlik.  Avtobusga chiqqaningizda «kartamda pul bormi-yo‘qmi» deb sarosimaga tushmaysiz. Baraka mobil ilovasiga kirib, balansingizni osongina ko‘rasiz va safaringizni xotirjam davom ettirasiz.

Ko‘p funksiyalilik. Bitta kartaning o‘zi ham jamoat transporti kartasi, ham shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat, ham ijtimoiy to‘lovlar va shaxsiy mablag‘laringizni xavfsiz saqlovchi raqamli hamyondir!

Eski ijtimoiy transport kartangizni yangi Baraka ijtimoiy kartasiga almashtirishni kechiktirmang. Baraka mobil ilovasini yuklab oling, balansingizni nazorat qiling va jamoat transportida zamonaviy, tejamkor hamda bepul safarlardan unumli foydalaning!