“Baraka” ilovasi orqali sport pasportidan foydalaning
Endi sportchilar uchun muhim bo’lgan rasmiy hujjat — sport pasportining elektron shakli “Baraka” ilovasida mavjud!
Jismoniy hujjatlarni o’zingiz bilan olib yurish va ularni yo’qotib qo’yishdan xavotirlanmasangiz ham bo’ladi. Endi barchasi Baraka ilovasiga joyladik.
“Baraka” ilovasida sport pasportini qanday topish mumkin?
Ilovadan foydalanish juda oddiy va qulay. Elektron shaklni faollashtirish uchun atigi 2 ta qadamni bajarishingiz kifoya:
- “Ijtimoiy identifikatorim” bo’limiga kiring.
- “Hujjatlarim” qismidan sport pasportingizning elektron shaklini yuklab oling va foydalaning.
Sport pasporti nima va u nima uchun kerak?
Sport pasporti — bu har bir professional yoki havaskor sportchining rasmiy raqamli hujjati hisoblanadi. U quyidagi muhim ma’lumotlarni o’zida jamlaydi va tasdiqlaydi:
- Sport muassasasiga tegishliligingizni;
- Shug’ullanayotgan sport turingizni;
- Sport malakangizni (razryad, unvonlar va erishgan natijalaringizni).
Ushbu hujjatning amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi va u quyidagi zaruriy jarayonlarda asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi:
- Bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o‘tish jarayonida;
- Turli sport musobaqalarida ishtirok etish uchun rasmiy ro‘yxatdan o‘tishda;
- Zaruriy tibbiy tekshiruvlardan o‘tish vaqtida;
- Sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun talab etiladigan me’yorlar hamda talablarning bajarilishini tasdiqlashda;
- Qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Sport pasportini qanday olish mumkin?
Agar sizda hali sport pasporti bo’lmasa, uni quyidagi ikki qulay usulning biri orqali rasmiylashtirib olishingiz mumkin:
- Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali bevosita murojaat qilgan holda;
- My.gov.uz portali orqali uydan chiqmagan holda onlayn tarzda.
Pasportni qo’lga kiritganingizdan so’ng, uning raqamli versiyasini darhol “Baraka” ilovasiga ulashingiz va barcha qulayliklardan foydalana boshlashingiz mumkin.
Sportdagi yutuqlaringizni va faoliyatingizni yana ham oson boshqaring! Hozirning o’zida “Baraka” ilovasini oching va sport pasportingizning raqamli shaklini tekshirib ko’ring.