Ijtimoiy himoya siyosati va

yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Afzalliklar

Boquvchisini yo‘qotganlar

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi

To‘lov miqdori

bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 745 000 so‘m
keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 244 000 so’mdan

Tasdiqlovchi hujjat

PF-69, 30.04.2024 y.
PF-120, 28.07.2023 y.
VMQ-119, 23.03.2023 y.

Davriylik

Har oy, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan:

- farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar, o‘quvchi yoki talaba bo’lsa 23 yoshga to’lgunga qadar,

- oila a’zolarining butun mehnatga layoqatsizligi davri uchun.

Ariza berish tartibi

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

Nafaqa kimlarga tayinlanadi?

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari ega.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:

a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;

b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;

v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;

g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.

Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.

 

Qayerga murojaat qilinadi?

Nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili Davlat xizmatlari markazlariga yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlariga o‘zi kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.

 

Murojaat qilish jarayonida qanday hujjatlar talab etiladi?

Murojaat qilish jarayonida alohida hujjatlar talabisiz elektron soʻrovnoma toʻldiriladi.

 

Murojaatlar nechanchi sanaga qadar qabul qilinadi?

Cheklovlar belgilanmagan

 

Murojaatni kim ko‘rib chiqadi va qaror qanday qabul qilinadi?

Murojaatlar raqamlashgan tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi.

 

Murojaatchining ma’lumotlari o‘rganganidan so‘ng nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu haqdagi ma’lumot murojaat qiluvchining mobil telefon raqamiga SMS shaklida yuboriladi (davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganida tegishli davlat xizmatlari markaziga).

Qanday holatlarda nafaqani tayinlash rad etiladi?

Elektron axborot almashinuvi orqali quyidagilar tasdiqlanmagan hollarda:

1) vafot etgan shaxsning farzandlari, oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari borligi;

2) nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning vafot etgan shaxs bilan qarindoshlik aloqalarini;

3) boquvchisini yo‘qotganlik pensiya tayinlangan bo‘lsa.

 

Nafaqa toʻlovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?

Nafaqalar oluvchining xohishiga koʻra fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga (plastik kartasiga) pul oʻtkazish yoʻli bilan yoki naqd shaklida AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali) tomonidan toʻlanadi.

Bankning mas’ul xodimlari naqd shakldagi to‘lovlarni mahallarga yetkazgan holda har oy to‘lab boradi.

Ariza topshirish