Ijtimoiy

himoya siyosati va yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Imtiyoz

Qanday ijtimoiy yordam va xizmatlarga ega bo'laman?

O'zingizga mos yordam va xizmatlarni toping

Ko‘p qidirilganlar:

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament.

Xizmatni ko‘rsatish qaysi hollarda rad etiladi?

• Jablangan xotin-qizlar xizmatdan foydalanishga rozilik bildirmaganda yoki himoya orderi olishni rad etganda; • Tibbiy ko‘rikda markazda qolishga to‘sqinlik qiluvchi o‘tkir yuqumli, og‘ir ruhiy yoki faol bosqichdagi sil kasalliklari aniqlanganda (bunda shaxs avval shifoxonaga joylashtiriladi).

Xizmat qayerda va qanday shaklda ko‘rsatiladi?

• Kunduzgii qatnov shaklida: "Inson" markazlarida qisqa va uzoq muddatli psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatiladi. • Statsionar (boshpana) shaklida: Reabilitatsiya markazlarida (shelterlarda) 6 oygacha bepul yashash joyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va zarur xizmatlar taqdim etiladi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati qancha?

• Zudlik bilan (1 ish kuni ichida): Holat dastlabki baholashdan o‘tkazilib, jabrlanuvchi "Birlamchi ko‘mak xonasi"ga joylashtiriladi va himoya orderi beriladi. • 5 ish kuni ichida: Reabilitatsiya markaziga (shelterga) joylashtirilganda, mutaxassislar tomonidan yakka tartibdagi uzoq muddatli yordam dasturi tuziladi.

Qanday hujjatlar va ma’lumotlar talab etiladi?

Ariza berishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: • Xizmatdan foydalanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi; • Tug‘ilgan yili, sanasi va manzili. Eslatma: Shifoxonaga yoki reabilitatsiya markaziga joylashish uchun hech qanday qo‘shimcha qog‘oz yoki spravkalar talab etilmaydi.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Arizachilar)

• Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari; • Zo‘ravonlik holatiga guvoh bo‘lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslar (uchinchi shaxslar).

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

• O‘z hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki mahallangizdagi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali; • Ichki ishlar organlarining "102" raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki hududiy profilaktika inspektoriga uchrashish orqali; • 1146 (“Ishonch telefoni”) yoki 112 raqamlariga bog‘lanish orqali.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 9-bandi “d” kichik bandi va 30-bandi.

Xizmatni ko‘rsatishning muddati qancha?

Bir ish kuni ichida murojaat o‘rganilib, dastlabki baholash o‘tkaziladi va hujjatlarni tiklash bo‘yicha yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga tegishli choralar kiritiladi.

Hujjatlar tiklangunga qadar bolalarning bog‘cha yoki maktabga borishi to‘xtab qoladimi?

Yo‘q, to‘xtamaydi. Hujjatlar tiklangunga qadar ham vakolatli organlarning yo‘llanmasi yoki dalolatnomasi asosida voyaga yetmagan farzandlar yaqin atrofdagi maktab yoki bog‘chaga vaqtinchalik majburiy joylashtiriladi.

Agar hujjatlar boshqa tuman yoki viloyatdan olingan bo‘lsa, ayol o‘sha yerga borishi shartmi?

Yo‘q, shart emas. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining FHDYO va IIB bazalari bilan integratsiyasi tufayli markaz xodimlari kerakli ma’lumotlarni elektron so‘rov orqali o‘zi turgan joydan turib oladi.

Xizmat doirasida qanday amaliy yordam ko‘rsatiladi?

• Markazning huquqshunoslari va ijtimoiy xodimlari tegishli davlat idoralariga (DXM, FHDYo, IIB) so‘rovnomalar tayyorlaydi va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ayolga hamrohlik qiladi. • Agar ayol boshpanada (shelterda) yashayotgan bo‘lsa, hujjatlarni shelterning o‘ziga olib kelib topshirishga ko‘maklashiladi.

Qanday hujjatlar va ma’lumotlar talab etiladi?

Arizachi markazga murojaat qilganda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: • Xizmatdan foydalanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi; • Tug‘ilgan yili, sanasi va manzili. Eslatma: Agar shaxsiy hujjatlar zo‘ravonlik sodir etgan shaxs tomonidan olib qo‘yilgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, ularni qayta tiklash uchun fuqarodan hech qanday qo‘shimcha qog‘ozbozlik yoki ma’lumotnoma (spravka) talab etilmaydi.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Jismoniy shaxslar)

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

• O‘z hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish orqali; • O‘z mahallangizda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 4-bob, 30-bandi.

Xizmatni ko‘rsatishning muddati qancha?

Ayol va uning farzandlari hududiy markazga kelgan kundan boshlab, 5 ish kuni ichida tuziladigan yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturi doirasida zudlik bilan tashkil etiladi.

Bolalarning hujjatlari yo‘q bo‘lsa ham maktab yoki bog‘chaga qabul qilinadimi?

Ha, qabul qilinadi. Hujjatlar tiklanayotgan davrda ham vakolatli organlarning (Inson markazi yoki profilaktika inspektori) yo‘llanmasi va dalolatnomasi asosida bolalarning ta’lim olish huquqi to‘xtatilmaydi.

Bolalarning ta’lim muassasasiga borib-kelishi va xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

Muhim qoida: Bolalar bog‘cha yoki maktabga vaqtincha joylashtirilganda, ularni ta’lim muassasasiga olib borish va olib kelish (kuzatib qo‘yish) xavfsizlik nuqtayi nazaridan hududiy markaz tomonidan to‘liq ta’minlanadi.

What kind of educational institutions are children placed in?

Depending on the child's age, they are temporarily placed in preschool educational institutions (kindergarten) or general secondary educational institutions (school) located in the area closest to the rehabilitation center.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Jismoniy shaxslar)

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanib, hududiy markazga (shelterga) joylashtirilgan xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlari (shelterlar) orqali (ayol kishi vaqtincha boshpanaga joylashtirilgan paytda ushbu xizmat avtomatik ravishda ishga tushadi).

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 2, 4 va 5-boblariga tegishli bandlari.

O‘z hududidagi markazda joy bo‘lmasa nima qilinadi?

Agar ayolning yashash joyidagi markazda bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, unga yaqin bo‘lgan hududdagi yoki o‘z xohishiga ko‘ra boshqa hududdagi reabilitatsiya markaziga (yoki NNT markazlariga) joylashtiriladi. Boshqa viloyatga borish yo‘l xarajatlari markaz tomonidan qoplanadi (24, 34-bandlar).

Qaysi hollarda markazga joylashtirish rad etiladi?

• Ayol kishi o‘z xohishi bilan joylashishga rozilik bildirmaganda yoki himoya orderi olishni rad etganda; • Tibbiy ko‘rikda boshqalarga yuqadigan o‘tkir yuqumli, og‘ir ruhiy yoki faol bosqichdagi sil kasalliklari aniqlanganda (bunda avval shifoxonada davolatiladi) (26-band).

Markazda ayollar nimalar bilan ta’minlanadi?

Bepul boshpana (yotoq joyi), oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi. Shuningdek, kompleks psixologik, huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi (6, 30-bandlar).

Markazda (shelterda) qancha muddatgacha yashash mumkin?

Yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofif 6 oy muddatgacha vaqtincha yashash (boshpana) ta’minlanadi (6-band).

Markazga (shelterga) joylashish uchun asosiy shart nima?

Muhim shart: Hududiy reabilitatsiya markazlariga chuqurlashtirilgan yordam uchun joylashtirishda ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim (18-band).

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Jismoniy shaxslar)

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin va u qayerda joylashgan?

Arizangiz va roziligingiz asosida “Inson” markazlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari xizmat ko‘rsatish belgilangan kuni ayolni va uning bolalarini markazga o‘zi olib borib joylashtiradi (27-band).

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 1-bobi, 2-bobi va 3-bobi.

Xizmatni ko‘rsatishning muddati qancha?

Zudlik bilan (murojaat kelib tushgan kuni). Profilaktika inspektori yoki ijtimoiy xodim tomonidan holat dastlabki baholangach, ayol o‘sha kunning o‘zida shifoxonaga joylashtiriladi (11-band).

Ushbu xonadan keyingi bosqich qanday bo‘ladi?

3 sutka ichida ijtimoiy xodim ayol bilan suhbatlashadi. Agar ayol rozi bo‘lsa va unda chuqurlashtirilgan reabilitatsiyaga ehtiyoj bo‘lsa, u himoya orderi asosida Ayollarni reabilitatsiya qilish markaziga (shelterga) o‘tkaziladi (18-band).

Birlamchi ko‘mak xonasida qancha muddat qolish mumkin?

Sog‘liqni tiklash va dastlabki xavfsizlikni ta’minlash uchun 3 sutkadan (72 soatdan) ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi (14-band).

Xizmat doirasida qanday yordamlar ko‘rsatiladi?

• Zudlik bilan birinchi tibbiy yorʻdam ko‘rsatiladi; • Ruhshunos yoki psixiatr ko‘rigi tashkil etiladi; • Bepul oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi (15, 16-bandlar).

Birlamchi ko‘mak xonasi qayerlarda tashkil etilgan?

Respublika bo‘yicha shoshilinch qabul bo‘limi mavjud bo‘lgan barcha shifoxonalarda tunu kun (24/7) ishlaydigan maxsus xonalar tashkil etilgan (1, 6-bandlar).

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Jismoniy shaxslar)

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari (1-band).

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Ichki ishlar organlarining "102" raqamiga xabar berish, mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki "Inson" markazlariga murojaat qilish orqali. U yerga joylashtirish "Inson" markazlarining yo‘llanmasi yoki profilaktika inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi (14-band).

Baraka yordamida ijtimoiy himoyaning 5 ta turidan osongina foydalaning.

Ijtimoiy toʻlov va yordam uchun arizalarni Baraka ilovasi orqali topshiring, hujjatlarni yuklang va ularning holatini real vaqt rejimida kuzatib boring.

Baraka ijtimoiy kartasi va ilovasi bilan tanishing.

Ijtimoiy nafaqalaringizni osongina oling va hoziroq boshqarishni boshlang. Aloqabank va Xalq banki tomonidan taqdim etilgan Visa kartangizdan butun dunyo boʻylab POS-terminallarda yoki onlayn xaridlar uchun foydalaning.