Welfare Category: Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

Nikohga kirganlar ham emansipatsiya qilinadimi?

Qonunga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmasdan qonuniy nikohga kirgan shaxslar nikoh qayd etilgan vaqtdan boshlab avtomatik ravishda to‘la muomalaga layoqatli hisoblanadi.

Emansipatsiya qilingan shaxsning majburiyatlari o‘zgaradimi?

Ha, u o‘zining majburiyatlari (masalan, yetkazilgan zarar yoki qarzlar) bo‘yicha mustaqil javobgar bo‘ladi. Ota-onalar endi uning harakatlari uchun javob bermaydi.

Agar ota-ona emansipatsiyaga rozi bo‘lmasa-chi?

Ota-ona yoki vasiylar roziligi bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Qaror qabul qilish uchun qayerga murojaat qilinadi?

Tuman (shahar) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qilinadi.

Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ota-onalarning roziligi bo‘lgan taqdirda, vasiylik organi (Inson markazi) qarori bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.

Emansipatsiya uchun asosiy talablar nima?

Shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lishi yoki ota-onasi (vasiysi) roziligi bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishi shart.

Necha yoshdan emansipatsiya qilish mumkin?

Emansipatsiya 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

VMQ-893 (1-ilova, 6-band «v» kichik bandi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasi.

Emansipatsiya nima va u nima beradi?

Bu 18 yoshga to‘lmagan shaxsning voyaga yetganlar kabi barcha fuqarolik huquq va majburiyatlariga (shartnoma tuzish, mulkni tasarruf etish va h.k.) ega bo‘lishidir.

Har bir xarajat uchun alohida ruxsatnoma kerakmi?

Odatda, muayyan muddatga (masalan, bir yilga) bolaning kundalik ehtiyojlari uchun oylik to‘lovlarni olishga umumiy ruxsatnoma beriladi. Yirik xaridlar uchun esa alohida ruxsatnoma talab etilishi mumkin.