Welfare Category: Tutingan ota-onalar kursini tugatganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma

Murojaat qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Bir ish kuni ichida.

Sertifikatning amal qilish muddati bormi?

Nomzod tayyorlov kursidan muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat olganidan so‘ng uch yil davomida tarbiyalash uchun bola olmagan bo‘lsa, ushbu Nizomda belgilangan tartibga muvofiq tayyorlov kursidan qayta o‘tishi talab etiladi (7-ilova, 26-band)

Sertifikat/ma’lumotnoma nima uchun kerak?

Bolani farzandlikka olish yoki tutingan (foster) oilaga olish uchun arizaga ilova qilinadigan majburiy hujjat hisoblanadi. Busiz ariza ko‘rib chiqilmaydi.

Sertifikatni «Inson» markaziga topshirish shartmi?

Agar nomzod Agentlik huzuridagi Malaka oshirish markazida o‘qigan bo‘lsa, sertifikat nusxasini topshirish shart emas — vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda olinadi (3-ilova, 9-band).

Sertifikat/ma’lumotnoma qachon beriladi?

1. Nomzod kurslarga qabul qilinib offlayn mashg‘ulotlarga qatnayotgan davrida unga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ma’lumotnoma beriladi.
2. Nomzod Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida o‘quv kursini to‘liq tamomlaganidan so‘ng 1 ish kuni ichida sertifikat rasmiylashtiriladi (7-ilova).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (3-band «b» kichik bandi va 7-ilova).