Welfare Category: O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar

Murojaat qanday tartibda beriladi?

Shaxs yoki uning qonuniy vakili bevosita «Inson» markaziga murojaat qiladi yoki «Ijtimoiy himoya» AT orqali elektron so‘rovnoma to‘ldiradi.

Kunduzgi qatnov xizmati qayerda ko‘rsatiladi?

Agentlik tomonidan belgilangan kvotalar doirasida, faqat Markazlar joylashgan viloyat (shahar)da yashovchi shaxslarga ko‘rsatiladi.

Xizmat muddati qancha etib belgilangan?

Kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rsatiladi (3-band).

Kunduzgi qatnov shaklida kimlar pullik xizmatdan foydalana oladi?

Parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari bor keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar (shartnoma asosida).

Xizmat ko‘rsatish (murojaatni ko‘rib chiqish) muddati qancha?

Murojaatni o‘rganish, shaxsning muhtojligini baholash va qaror qabul qilish 7 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qarori.

Dalolatnoma qachon bekor qilinadi?

Shaxslardan biri vafot etganda, parvarishga muhtoj shaxs nikohdan o‘tganda (oila qurganda) yoki haqiqatda qarab turilmayotganligi aniqlanganda (22-23-bandlar).

Keksalar muhtojligini kim baholaydi?

80 yoshga to‘lgan keksalar uchun muhtojlik darajasi «Inson» markazi xodimi tomonidan Bartel va Lauton shkalalari yordamida baholanadi (7-band).

Qaysi holda dalolatnoma tuzish rad etiladi?

Ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lsa, parvarishga muhtoj shaxsning roziligi bo‘lmasa yoki u internat uylariga (Muruvvat/Saxovat) joylashtirilgan bo‘lsa (17-band).

Qayerga murojaat qilish kerak?

Davlat xizmatlari markazlari (DXM), «Inson» markazi xodimlari yoki onlayn tarzda YIDXP (my.gov.uz) orqali (8-band).