Welfare Category: O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar

Xizmat ko‘rsatilgani qanday tasdiqlanadi?

Xizmat ko‘rsatuvchi har kuni xizmatdan foydalangan shaxsning biometrik ma’lumotlarini (Face-ID) tizimga kiritishi shart (5-band).

Vaucher qancha muddatga beriladi?

Vaucher ijtimoiy xizmatdan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda foydalanish huquqi bilan beriladi (18-band).

Murojaat necha kun ichida ko‘rib chiqiladi?

«Inson» markazi mas’ul xodimi so‘rovnomani 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va shaxsning ehtiyojini baholaydi (11-band).

Murojaat qayerga va qanday qilinadi?

«Inson» markaziga, ijtimoiy xodimga, YIDXP (my.gov.uz) yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali murojaat qilish mumkin (7-band).

Xizmat ko‘rsatuvchilarga qanday talab qo‘yiladi?

Ular 36 soatlik o‘quv kursini bitirib, 3 yil muddatga beriladigan sertifikatga ega bo‘lishlari shart (3-band).

Xizmat ko‘rsatuvchi sifatida kimlar ishlashi mumkin?

«Inson» markazlari, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

Vaucher tizimi qanday ishlaydi?

Davlat ijtimoiy xizmatlar xarajatining bir qismini vaucher orqali qoplab beradi. Muhtoj shaxs vaucher olgach, «Oila hamkor» platformasidan o‘zi istagan xizmat ko‘rsatuvchini tanlaydi.

Dastur doirasida qanday yangi xizmatlar ko‘rsatiladi?

1. Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam.
2. Uy sharoitida qarab turish.
3. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya.
4. Kunduzgi qatnov asosida qarab turish.
5. Shaxsy yordamchi xizmati.

“Faol hayotga qadam” dasturi nima?

Bu o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlarni vaucher (subsidiya) asosida ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi davlat dasturidir (2025-yil 1-iyundan boshlangan).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori