Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa
745 000 so’m
PF-108, 12.08.2024 y.
VMQ-119, 23.03.2023 y.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
Nafaqa kimlarga tayinlanadi?
O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan.
Qayerga murojaat qilinadi?
Nafaqa fuqarolarning murojaatlarisiz «proaktiv shakl»da tayinlanadi va to‘lanadi.
So‘rovnomani kim ko‘rib chiqadi va qaror qanday qabul qilinadi?
So‘rovnoma raqamlashgan tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi. O‘rganish o‘tkazilganidan so‘ng nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu haqdagi ma’lumot shaxsning mobil telefon raqamiga SMS shaklida yuboriladi.
Qanday holatlarda nafaqani tayinlash rad etiladi?
– Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonuniy vakilning o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola bilan qarindoshlik aloqalari haqidagi ma’lumotlar aniqlanmaganligi toʻgʻrisida ma’lumot berilganda;
– qonuniy vakilning o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning vasiysi yoki homiysi ekanligi haqidagi ma’lumotlar aniqlanmaganda;
– tasdiqlangan kasalliklar roʻyxatiga kirmagan boʻlsa.
Nafaqa to‘lovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?
Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra nafaqa naqd shaklida yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga (plastik kartasiga) pul o‘tkazish yo‘li bilan AT «Xalq banki» bo‘limi (filiali) tomonidan to‘lanadi. Bankning mas’ul xodimlari naqd shakldagi to‘lovlarni mahallarga yetkazgan holda har oy to‘lab boradi.