Foydalanuvchilarimizga yanada qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish maqsadida Baraka mobil ilovasini yangiladik. Yangi versiyada xavfsizlik darajasi oshirildi, moliyaviy amallarni boshqarish soddalashtirildi hamda bir qator yangi funksiyalar joylandi.
Xavfsizlik tizimi kuchaytirildi
Ilovani Antifrod telekom himoya tizimi bilan integratsiya qildik. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida qo‘shimcha xavfsizlik mexanizmlari ishga tushadi. Bu esa akkauntlaringizni firibgarlik holatlaridan ishonchli himoyalash imkonini beradi.
O‘tkazmalar osonlashdi
So‘nggi amalga oshirilgan pul o‘tkazmalaringiz ilovada saqlanib qoladi. Ushbu imkoniyat orqali tez-tez foydalaniladigan o‘tkazmalarni qisqa vaqt ichida qayta amalga oshirish mumkin.
Kirim-chiqimlar nazorati qulaylashdi
Pul mablag‘larining kirim va chiqimlari qulay tarzda joylashtirildi. Endi foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli moliyaviy operatsiyalarni oson va tez topishlari mumkin.
Yangi ijtimoiy xizmatlar paydo bo’ldi
Ilovaga yangi ijtimoiy xizmat turlari qo‘shildi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq amallarni yanada tez va qulay bajarish imkoniyati yaratildi.
Avtosug‘urta hujjatlari elektron shakli qo’shildi
Foydalanuvchilar endi avtosug‘urta hujjatlarini elektron ko‘rinishda Baraka ilovasida saqlashlari mumkin. Bu hujjatlarni doimo qo‘l ostida bo‘lishini ta’minlaydi.
Kartani buyurtma qilishda qulaylik
Buyurtma qilingan bank kartasining qayerdaligini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi. Karta qayta chiqarilganda endilikda Click orqali to‘lov qilish mumkin (avval faqat Paynet orqali amalga oshirilgan).
Texnik yaxshilanishlar
Ilovadagi aniqlangan mayda texnik kamchiliklar bartaraf etildi, umumiy ishlash tezligi va barqarorligi yaxshilandi.
Baraka mobil ilovasini yangilang va taqdim etilgan barcha yangi imkoniyatlardan foydalaning!