Biz Baraka ilovasini yana ham qulay va oson foydalanishingiz mumkin bo’lgan kartaga aylantirib boryapmiz. Hozirda Baraka ilovasi sizga bir necha xil qulayliklarni taqdim etadi. Keling, ular bilan birma-bir tanishamiz.
Ilovaning asosiy imkoniyatlaridan biri kartadan kartaga mablag’larni (P2P o’tkazmalar) tez, qulay va xavfsiz o’tkaza olish imkoniyatining mavjudligida. Ya’ni siz tanishlaringiz yoki yaqinlaringizga Baraka ilovasi ortqali pul o’tkazib, uning xavfsiz yetib borishidan xotirjam bo’laverishingiz mumkin.
Kundalik to’lovlaringiz masalan, kommunal xizmatlar, turli jarimalar, internet va TV, davlat xizmatlari kabi 100 dan ortiq xizmatlar uchun to‘lovlarni ham Baraka ilovasi oqrali oson bajara olasiz.
Ilovaning yana bir muhim afzalliklaridan biri 17 turdagi elektron hujjatingiz (pasport, diplom va boshqalar)ning elektron shakli Baraka ilovasida aks etganida. Bu orqali siz istalgan vaqtingizda shaxsiy hujjatlaringizni tezda yuklab olasiz.
Yana bir ko’pchiligimizni o’ylantiradigan masala bor: Baraka ijtimoiy plastik kartam kodini qanday o’zgartirsam ekana, degan. Buni, ya’ni kartaningizning PIN kodini ham ilova orqali o’zgartira olasiz. Bu bo’yicha yo’riqnomamiz bilan bu yerda batafsil tanishing.
Bundan tashqari, ilovaga kirib Baraka kartangizni muzlatish va kartangiz tafsilotlarini ham ko‘rishingiz mumkin. O’zingizning ijtimoiy holatingizni (qanday ijtimoiy xizmat yoki nafaqa egasi ekaningizni) aks ettiruvchi QR koddan foydalana olasiz.
Ilova ichidagi aloqa markazi tugmasi orqali darhol aloqa markazi operatorlari bilan bog’lana olasiz. Shuningek, ilovadagi ko‘p so‘raladigan savollar bo‘limida ham savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Ilovaga kirib, shuningdek, o‘tkazma, to‘lovlar tarixingizni kuzatish va nazorat qilishingiz mumkin. Bu mablag’laringizni xavfsiz va ishonchli saqlashda eng asosiy yordamchi sanaladi.