Hayotingizni yengillashtirish, davlat yordamini tez, xavfsiz va zamonaviy usulda olish imkonini beruvchi Baraka ijtimoiy kartasi haqida eshitganmisiz? Bu hukumat yo‘lga qo‘ygan “Ijtimoiy karta” tizimi bo‘lib, u barcha ijtimoiy imtiyoz va to‘lovlarni bitta raqamli, ishonchli va global kartaga jamlaydi.
Baraka — yangi avlod kartasi
“Baraka” — bu nafaqat ijtimoiy karta, balki zamonaviy dizaynga ega global Visa kartasidir. U orqali siz Visa tarmog‘idagi istalgan joyda to‘lov, online va offline savdolar qilishingiz mumkin. Va eng muhimi — ijtimoiy toifalar uchun u bepul taqdim etiladi.
Kartani tanib olishingiz oson: uning dizayni o‘ziga xos, zamonaviy va och yashil “Baraka” brendi ranglari bilan bezatilgan. Bizning maqsad – bu kartani ijtimoiy yordam va ishonch timsoliga aylantirish.
Bank kartasi shaklidagi Baraka ijtimoiy kartasida shaxsga oid qanday maʼlumotlar boʻladi?
Baraka ijtimoiy kartasi sizning shaxsingizni tasdiqlovchi bir nechta muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Bu maʼlumotlar kartaning old va orqa tomonida xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda QR kodda joylashtiriladi.
Kartaning old tomonida:
Familiya, ism: Egasining familiyasi va ismi (oʻzbek yoki ingliz tillarida, maxsus belgilar va 20 harf chekloviga rioya qilingan holda).
Amal qilish muddati: Kartadan foydalanish mumkin boʻlgan muddat.
Kartaning orqa tomonida:
Orqa tomonda shaxsni chuqurroq identifikatsiyalash uchun qoʻshimcha, koʻproq texnik maʼlumotlar beriladi.
Raqamli fotosurat: Ijtimoiy karta egasining raqamli fotosurati.
Familiya, ism: Egasining familiyasi va ismi (kartada yana bir bor koʻrsatiladi).
Fuqarolik turi: Fuqaroligi (yoki xorijiy fuqaro, fuqaroligi boʻlmagan shaxs ekanligi).
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR): Shaxsning noyob identifikatsiya raqami.
Orqa tomondagi QR kodda kodlangan maʼlumotlar:
Kartadagi QR-kod skanerlanganda shaxsga oid qoʻshimcha, batafsil maʼlumotlarni taqdim etadi:
Familiya, ism: (Oʻzbek yoki qoraqalpoq tillarida).
Jinsi: Shaxsning jinsi.
Millati: Shaxsning millati.
Tugʻilgan joyi: Shaxsning tugʻilgan joyi.
Ijtimoiy sugʻurta raqami: (Agar mavjud boʻlsa).
Ijtimoiy karta berilgan sanasi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).
Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
Qoʻshimcha shaxsiy element:
Imzo: Karta egasi 16 yoshga toʻlganidan soʻng, kartada uning shaxsiy imzosi boʻlishi mumkin.
Shuningdek, chipda:
Karta chipiga ham egasi haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
16 yoshdan keyin chipda Elektron Raqamli Imzo (ERI) kaliti sertifikati saqlanishi mumkin.
Bu maʼlumotlar Ijtimoiy kartaning shaxsingizni tasdiqlovchi va barcha imtiyozlaringizni bogʻlovchi ishonchli vosita ekanligini anglatadi.
Baraka xalqaro Visa Flex tizimida ishlaydi
“Baraka” kartasi Visa Flex tarmog‘ida to‘liq ishlaydi, ya’ni siz undan nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda foydalanishingiz mumkin. Online xaridlar, transport, dorixona yoki xalqaro to‘lovlar — barchasi bitta kartada.
Baraka ishonchli hamrohingizga aylanadi
Bu karta – davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning raqamli timsoli. U sizning imtiyozlaringizni bir joyda jamlaydi, yordamni tezlashtiradi va hayotingizni soddalashtiradi.