«Inson» markazi bolaning mulkini but saqlash choralarini ko‘radi va notarial idoralarda uning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilishda ishtirok etadi (1-ilova, 6-band).
«Inson» markazi bolaning mulkini but saqlash choralarini ko‘radi va notarial idoralarda uning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilishda ishtirok etadi (1-ilova, 6-band).
Bolaning nomidagi ko‘char va ko‘chmas mulklarni sotish, hadya qilish yoki almashtirish kabi notarial bitimlarni amalga oshirishda bolaning manfaatlari buzilmasligini tasdiqlash uchun.
Notarial idora so‘rovi kelib tushgan kundan boshlab, bolaning mulkiy manfaatlarini o‘rganish va xulosa taqdim etish bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (1-ilova, 6-band «j» kichik bandi).
Yo‘q, vasiylik va homiylikni rasmiylashtirish bo‘yicha barcha davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.
Ha, 10 yoshga to‘lgan bolaga vasiy yoki homiy tayinlashda uning roziligi majburiy hisoblanadi (1-ilova).
Birinchi navbatda bolaning yaqin qarindoshlariga (bobo, buvi, aka-uka, opa-singil, amaki, amma, tog‘a, xola) ustunlik beriladi (1-ilova, 6-band).
Ariza, sog‘lig‘i haqida xulosa va (agar farzandlikka olish bo‘lsa) tayyorlov kursi sertifikati. Qolgan ma’lumotlar (sudlanganlik, daromad, uy-joy) tizimdan avtomatik olinadi.
2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari vakolati tugatilib, vasiylikni rasmiylashtirish «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari qarori bilan amalga oshiriladi.
Nomzodlar «Inson» markazlariga bevosita kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qiladilar (3-band).