Baraka ilovasida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun yangi tariflar belgilandi
26.10.2026
Baraka ilovasida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun yangi tariflar belgilandi
Baraka mobil ilovasida kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari bo‘yicha yangi tariflar kuchga kirdi. Yangilangan tizim ilova foydalanuvchilariga o‘tkazmalarni komissiyasiz yoki arzonlashtirilgan foizlarda amalga oshirish imkonini beradi.
O‘tkazma yo‘nalishi va amaldagi komissiya foizlari:
- Baraka kartasidan Baraka kartasiga: 0% (komissiyasiz)
- Baraka kartasidan Uzcard yoki Humo kartalariga: 0,7%
- Uzcard yoki Humo kartalaridan Baraka, Uzcard yoki Humo kartalariga: 0,9%
Baraka ilovasi orqali Uzcard, Humo va Baraka to‘lov kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini bir nechta yo‘nalishda bajarish mumkin.
Faqat turli emitent-banklar tomonidan chiqarilgan Baraka kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar hozircha ishlamaydi:
- Baraka (Xalq banki) →→ Baraka (Aloqabank)
- Baraka (Aloqabank) →→ Baraka (Xalq banki)
Ushbu banklararo o‘tkazma funksiyasi ustida texnik ishlar olib borilmoqda va u tez orada ilovada faollashtiriladi. Bir bank ichida chiqarilgan Baraka kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar esa 0% komissiya bilan uzluksiz ishlamoqda.
- Mobil qurilmaga Baraka ilovasini yuklab oling yoki mavjud versiyasini yangilang.
- Ilovaning «O‘tkazmalar» bo‘limiga kirib, chiquvchi va kiruvchi karta ma’lumotlarini kiriting.
- Summani belgilang va operatsiyani tasdiqlang. Komissiya miqdori o‘tkazma tasdiqlanishidan oldin ekranda ko‘rsatiladi.