Welfare Tag: Yordam

Yo‘llanmaning haqiqiyligi qanday tekshiriladi?

Ijtimoiy xodim tomonidan bir ish kuni ichida yo‘llanma sog‘liqni saqlash organlarining elektron tizimlari orqali tekshiriladi (17-band).

Qaysi holatda yordam berish rad etilishi mumkin?

Agar shaxs ayni shu davolanish uchun “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari” jamg‘armalaridan yordam olgan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).

Kimlar bu yordamni olish huquqiga ega?

Ijtimoiy yordam oluvchining quyidagi toifalardan biriga taalluqliligi:

a) Ijtimoiy reyestrda roʻyxatda turgan oila aʼzosi;

b) oylik oʻrtacha jami daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oila aʼzosi. Bunda oilaning oylik oʻrtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasiga kiritish jarayonida baholashdan oʻtkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi.

Mablag‘lar qanday tartibda to‘lanadi?

Mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida berilmaydi, balki shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat tibbiy sug‘urta jamg’armasiga o‘tkazib beriladi (21-band).

Yordam berish haqidagi qaror qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Ijtimoiy xodim tavsiyanomasi asosida «Mahalla yettiligi» tomonidan 5 ish kuni ichida, shoshilinch holatlarda esa 1 kun (24 soat) ichida ko‘rib chiqiladi (18, 22-bandlar).

Yordam olish uchun qanday tibbiy hujjat talab etiladi?

Davolash muassasasidan olingan, ixtisoslashtirilgan muassasada davolanish zarurligi va tibbiy xizmatning aniq qiymati ko‘rsatilgan yo‘llanma (order) talab etiladi (16-17-bandlar).

Davolanish uchun yordam necha marta beriladi?

Ushbu turdagi moddiy yordam muhtoj shaxslarga yiliga bir marotaba ko‘rsatiladi.

Ushbu yordamning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.

To‘lov miqdori

Miqdor qonunchilik bilan belgilanadi. “Kambag‘allik chegarasidagi oila”ga 75% yoki 50% to‘lanadi (daromadiga qarab).

Kimlarga tayinlanadi?

“Davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila”, “kambag‘allik chegarasidagi oila”.