O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (5-ilova) va Oila kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (5-ilova) va Oila kodeksi.
Ha, vasiylik yoki homiylikni belgilash bo‘yicha davlat xizmati mutlaqo bepul ko‘rsatiladi (Qaror, 85-band).
Bolaning hayotiga xavf tug‘ilganda yoki shoshilinch vaziyatlarda, barcha hujjatlar yig‘ilgunga qadar, bir ish kuni ichida bola vaqtincha vasiyga topshirilishi mumkin (4-ilova).
Ha, 10 yoshga to‘lgan bolaga vasiy yoki homiy tayinlashda uning roziligi majburiy hisoblanadi.
Faqat voyaga yetgan, muomalaga layoqatli, sog‘lig‘i joyida bo‘lgan va sudlanmagan shaxslar. Birinchi navbatda bolaning yaqin qarindoshlariga ustunlik beriladi (1-ilova, 6-band).
2025-yil 1-fevraldan boshlab barcha qarorlar tuman (shahar) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan qabul qilinadi (Hokimliklar vakolati tugatilgan).
Vasiylik — 14 yoshga to‘lmagan bolalarga, homiylik esa — 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan belgilanadi.
Bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlangan kundan boshlab, unga vasiy tayinlash masalasi uzog‘i bilan bir oy davomida (shoshilinch holatda dastlabki vasiylik 3 kunda) yoki o‘rganish natijasida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (4-ilova).
Faqatgina bolaning nomida yashash uchun yaroqli bo‘lgan xususiy mulki mavjudligi aniqlangan taqdirdagina navbatga qo‘yish rad etilishi mumkin.