• O‘z hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish orqali;
• O‘z mahallangizda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali;
• Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlari (shelterlar) orqali.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 9-bandi “d” kichik bandi va 30-bandi.
Bir ish kuni ichida murojaat o‘rganilib, dastlabki baholash o‘tkaziladi va hujjatlarni tiklash bo‘yicha yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga tegishli choralar kiritiladi.
Yo‘q, to‘xtamaydi. Hujjatlar tiklangunga qadar ham vakolatli organlarning yo‘llanmasi yoki dalolatnomasi asosida voyaga yetmagan farzandlar yaqin atrofdagi maktab yoki bog‘chaga vaqtinchalik majburiy joylashtiriladi.
Yo‘q, shart emas. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining FHDYO va IIB bazalari bilan integratsiyasi tufayli markaz xodimlari kerakli ma’lumotlarni elektron so‘rov orqali o‘zi turgan joydan turib oladi.
• Markazning huquqshunoslari va ijtimoiy xodimlari tegishli davlat idoralariga (DXM, FHDYo, IIB) so‘rovnomalar tayyorlaydi va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ayolga hamrohlik qiladi.
• Agar ayol boshpanada (shelterda) yashayotgan bo‘lsa, hujjatlarni shelterning o‘ziga olib kelib topshirishga ko‘maklashiladi.
Arizachi markazga murojaat qilganda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
• Xizmatdan foydalanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
• Tug‘ilgan yili, sanasi va manzili.
Eslatma: Agar shaxsiy hujjatlar zo‘ravonlik sodir etgan shaxs tomonidan olib qo‘yilgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, ularni qayta tiklash uchun fuqarodan hech qanday qo‘shimcha qog‘ozbozlik yoki ma’lumotnoma (spravka) talab etilmaydi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari.
• O‘z hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish orqali;
• O‘z mahallangizda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament.