Welfare Category: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar

Himoya orderini qayerdan va qanday olish mumkin?

Ichki ishlar organlarining «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki hududiy profilaktika inspektoriga murojaat qilish orqali. Shuningdek, «Inson» markazlari ham ayolga himoya orderini olishda ko‘maklashadi (8, 9-bandlar).

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 1-bobi, 2-bobi va 3-bobi.

Xizmatni ko‘rsatishning muddati qancha?

Zudlik bilan (murojaat kelib tushgan kuni). Profilaktika inspektori yoki ijtimoiy xodim tomonidan holat dastlabki baholangach, ayol o‘sha kunning o‘zida shifoxonaga joylashtiriladi (11-band).

Ushbu xonadan keyingi bosqich qanday bo‘ladi?

3 sutka ichida ijtimoiy xodim ayol bilan suhbatlashadi. Agar ayol rozi bo‘lsa va unda chuqurlashtirilgan reabilitatsiyaga ehtiyoj bo‘lsa, u himoya orderi asosida Ayollarni reabilitatsiya qilish markaziga (shelterga) o‘tkaziladi (18-band).

Birlamchi ko‘mak xonasida qancha muddat qolish mumkin?

Sog‘liqni tiklash va dastlabki xavfsizlikni ta’minlash uchun 3 sutkadan (72 soatdan) ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi (14-band).

Xizmat doirasida qanday yordamlar ko‘rsatiladi?

• Zudlik bilan birinchi tibbiy yorʻdam ko‘rsatiladi;
• Ruhshunos yoki psixiatr ko‘rigi tashkil etiladi;
• Bepul oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi (15, 16-bandlar).

Birlamchi ko‘mak xonasi qayerlarda tashkil etilgan?

Respublika bo‘yicha shoshilinch qabul bo‘limi mavjud bo‘lgan barcha shifoxonalarda tunu kun (24/7) ishlaydigan maxsus xonalar tashkil etilgan (1, 6-bandlar).

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Jismoniy shaxslar)

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari (1-band).

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Ichki ishlar organlarining «102» raqamiga xabar berish, mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki «Inson» markazlariga murojaat qilish orqali. U yerga joylashtirish «Inson» markazlarining yo‘llanmasi yoki profilaktika inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi (14-band).

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 2, 4 va 5-boblariga tegishli bandlari.