Welfare Category: “Saxovat va koʻmak” jamg‘armasidan uy-joyini ta’miri uchun yordam

Yordam miqdori qanday belgilanadi?

Oila ehtiyoji va uyning holatidan kelib chiqib, mahalla uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida «Mahalla yettiligi» tomonidan belgilanadi (18-band).

Qaysi holda ushbu yordam berilmaydi?

Agar uy-joyni ta’mirlash xarajatlari ayni shu maqsad uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki boshqa manbalar hisobidan qoplangan bo‘lsa (12-band).

Qurilish materiallari uyga yetkazib beriladimi?

Ha. Sotuvchi (tadbirkor) tanlangan qurilish materiallarini yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’uldir (45-band).

Kimlar uy-joyini ta’mirlash uchun yordam olishi mumkin?

Uy-joyni taʼmirlash uchun — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik oʻrtacha jami daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar.

Vaucherning amal qilish muddati qancha?

Qurilish materiallari uchun berilgan vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi (3-band).

Vaucher orqali qurilish materiallarini qanday olish mumkin?

Yordam oluvchi «Ijtimoiy himoya» ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali materiallarni o‘zi tanlaydi (6, 37-bandlar).

Yordam qanday shaklda ko‘rsatiladi?

Uy-joyni ta’mirlash yoki tiklash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari vaucher asosida taqdim etiladi (6, 24-bandlar).

Uy-joyni ta’mirlash yordami qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va «Mahalla yettiligi» qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ushbu yordamning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.