«Ijtimoiy himoya» ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali yordam oluvchi o‘zi tanlaydi (6, 24-bandlar).
«Ijtimoiy himoya» ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali yordam oluvchi o‘zi tanlaydi (6, 24-bandlar).
Vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi. Shu muddat ichida mahsulotni xarid qilish shart (3-band).
Bu ko‘mir, o‘tin yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlarini davlat subsidiyasi hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).
Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va «Mahalla yettiligi» qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.
Bunday holda yordam miqdori Jamg’arma imkoniyatidan kelib chiqib qisman qoplanishi yoki to’lov bosqichma-bosqich (keyingi oylarga bo’lib) amalga oshirilishi mumkin (18-band).
Ha. Agar oilada mehnatga layoqatli, ammo asossiz ishlamayotgan shaxslar bo’lsa yoki oila boshqa manbalardan yordam olgan bo’lsa, «Mahalla yettiligi» rad etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (18-19-bandlar).
Kommunal xizmat ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan qarzdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnoma (invoyis) ijtimoiy xodimga taqdim etilishi lozim.
Qarzdorlik miqdori va oilaning ehtiyojidan kelib chiqib, mahalla uchun ajratilgan oylik limit doirasida «Mahalla yettiligi» tomonidan belgilanadi (18-band).
Yo‘q. Mablag‘lar naqd pulsiz shaklda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning (Hududiy elektr tarmoqlari, Hududgazta’minot va h.k.) hisobvarag’iga o’tkaziladi (21-band).