Welfare Tag: Kepillik

Hisobga olingan mulklar monitoring qilinadimi?

Ha, ijtimoiy xodim har yili kamida bir marta bolaning mulki but saqlanayotganini tekshiradi va natijasini “Ijtimoiy himoya” ATga kiritadi.

Mulkni tasarruf etishda notariusning roli nima?

Notarius bolaga tegishli mulk bo‘yicha bitimni faqat “Inson” markazining tizim orqali yuborgan bir ish kuni ichidagi ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina tasdiqlaydi.

Qanday holda mulkni sotishga ruxsat beriladi?

Faqatgina bolaning manfaatlariga xizmat qilsa (masalan, bolaning davolanishi uchun zarur bo‘lsa yoki kichik uyni sotib, uning nomiga kattaroq uy olinganda).

Vasiy bolaning mulkini (masalan, uyini) sota oladimi?

Yo‘q, vasiy bolaning mulkini o‘z xohishicha sota olmaydi. Har qanday bitim uchun “Inson” markazining yozma ruxsati (xulosasi) talab etiladi.

Bolaning mulki haqidagi ma’lumotlar qayerdan olinadi?

“Inson” markazi ijtimoiy xodimi Kadastr, YHXBB (GAI), banklar va boshqa idoralarning bazalari orqali avtomatik ravishda ma’lumotlarni oladi (2-ilova, 21-band).

Mol-mulkni hisobga olish muddati qancha?

Bola ijtimoiy himoyaga muhtoj (yetim yoki qaramog‘siz) deb aniqlangan kundan boshlab bir ish kuni davomida uning barcha mulklari tizimda hisobga olinadi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi VMQ-893 (1-ilova, 6-band “j” va “l” kichik bandlari).

Xizmat uchun haq to‘lanadimi?

“Inson” markazi tomonidan emansipatsiya bo‘yicha qaror chiqarish va xulosa berish xizmati bepul amalga oshiriladi.

Nikohga kirganlar ham emansipatsiya qilinadimi?

Qonunga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmasdan qonuniy nikohga kirgan shaxslar nikoh qayd etilgan vaqtdan boshlab avtomatik ravishda to‘la muomalaga layoqatli hisoblanadi.

Emansipatsiya qilingan shaxsning majburiyatlari o‘zgaradimi?

Ha, u o‘zining majburiyatlari (masalan, yetkazilgan zarar yoki qarzlar) bo‘yicha mustaqil javobgar bo‘ladi. Ota-onalar endi uning harakatlari uchun javob bermaydi.