O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 1, 2 va 3-boblaridagi tegishli bandlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 1, 2 va 3-boblaridagi tegishli bandlari.
Profilaktika inspektori tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan majburiy tartibda profilaktik suhbat o‘tkazadi va unga order shartlarini (ayolga yaqinlashmaslik, aloqaga chiqmaslik va h.k.) tushuntiradi (11-band).
Imtiyoz mavjud. Agar ayol kishi markazda taqiqlangan ma’lum kasalliklar tufayli shifoxonaga yuborilsa, u davolanib chiqqach, himoya orderining muddati tugagan bo‘lsa ham reabilitatsiya markaziga (shelterga) qayta joylashtirilishi mumkin (21-band).
Ha, shart. Xotin-qizlarni hududiy reabilitatsiya markazlarining chuqurlashtirilgan va uzoq muddatli (6 oygacha) yordam xizmatlaridan foydalanishi uchun ularda himoya orderi rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart (18, 21-bandlar).
Profilaktika inspektori order ma’lumotlarini va jabrlanuvchining ehtiyojlarini darhol “E-himoya orderi” elektron tizimiga kiritadi. Bu ma’lumot avtomatik ravishda “Inson” markazlariga ham yetib boradi (11-band).
24 soat ichida. Profilaktika inspektori zo‘ravonlik haqidagi murojaatni ro‘yxatga olgandan so‘ng, sutka davomida himoya orderini rasmiylashtirishi shart (11-band).
Ichki ishlar organlarining “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki hududiy profilaktika inspektoriga murojaat qilish orqali. Shuningdek, “Inson” markazlari ham ayolga himoya orderini olishda ko‘maklashadi (8, 9-bandlar).
Agar vasiy yoki uchinchi shaxslar bolaning mulkiga zarar yetkazsa, “Inson” markazi bolaning manfaatini himoya qilib, sudga da’vo arizasi kiritadi.
Yo‘q, vasiylik organi tomonidan bolaning mulkini hisobga olish va nazorat qilish xizmati bepul.
Vasiylik tugatilgach, barcha mol-mulkni tasarruf etish huquqi bir ish kuni ichida to‘liq bolaning o‘ziga qaytariladi (dalolatnoma asosida).