Welfare Category: Bolani oilasiga olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kirish

Ro‘yxatga kirgandan keyin nima bo‘ladi?

Nomzodga “Ijtimoiy himoya” AT orqali muqobil joylashtirishga muhtoj bolalar haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi va tanlov jarayoni boshlanadi.

Ro‘yxatga kirish rad etilishi mumkinmi?

Ha, agar nomzodda tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, uy sharoiti talabga javob bermasa yoki skoring baholashdan o‘ta olmasa.

Nega tayyorlov kursi sertifikati majburiy?

Nomzodning bolani tarbiyalashga psixologik va huquqiy tayyorligini tasdiqlash uchun. Busiz nomzodlar reyestriga kirish imkonsiz (7-ilova).

Tizim qaysi ma’lumotlarni avtomatik aniqlaydi?

Sudlanganlik, nikoh holati, uy-joyga egalik va to‘lov qobiliyati (skoring) haqidagi ma’lumotlar tizimdan avtomatik olinadi (3-band “v” kichik bandi).

Рўйхатга кириш учун қандай ҳужжатлар талаб этилади?

1. Ариза;
2. Тиббий хулоса (ВРК);
3. Тайёрлов курсини тугатганлик сертификати (фарзандликка ва тутинган оила учун) (3-банд).

Ariza qayerga va qanday topshiriladi?

Nomzodlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qiladilar (3-band).

Nomzod sifatida ro‘yxatga olish muddati qancha?

Ariza topshirilib, barcha tekshiruvlar yakunlangach, nomzod sifatida hisobga olish haqidagi qaror bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi (3-ilova, 6-band).

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (3-ilova).