Ha, agar nomzodda tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, uy sharoiti talabga javob bermasa yoki skoring baholashdan o‘ta olmasa.
Ro‘yxatga kirgandan keyin nima bo‘ladi?
Nomzodga "Ijtimoiy himoya" AT orqali muqobil joylashtirishga muhtoj bolalar haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi va tanlov jarayoni boshlanadi.
Nega tayyorlov kursi sertifikati majburiy?
Nomzodning bolani tarbiyalashga psixologik va huquqiy tayyorligini tasdiqlash uchun. Busiz nomzodlar reyestriga kirish imkonsiz (7-ilova).
Ro‘yxatga kirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
1. Ariza;
2. Tibbiy xulosa (VRK);
3. Tayyorlov kursini tugatganlik sertifikati (farzandlikka va tutingan oila uchun) (3-band).
Tizim qaysi ma’lumotlarni avtomatik aniqlaydi?
Sudlanganlik, nikoh holati, uy-joyga egalik va to‘lov qobiliyati (skoring) haqidagi ma’lumotlar tizimdan avtomatik olinadi (3-band "v" kichik bandi).
Nomzod sifatida ro‘yxatga olish muddati qancha?
Ariza topshirilib, barcha tekshiruvlar yakunlangach, nomzod sifatida hisobga olish haqidagi qaror bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi (3-ilova, 6-band).
Karakalpak