Category: Uncategorized @kr

Baraka ijtimoiy kartangiz va mablag’laringizni qanday himoyalay olasiz?

Hurmatli foydalanuvchilar! Ayni kunlarda telefon yoki ilovangizga turli ijtimoiy xizmatlar, banklar yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatlari nomidan qo’ng’iroqlar bo’lishi, linklar jo’natilishi mumkin. Ular fiirbgarlar bo’ladi. Firibgarlarning maqsadi sizni turli yo’llar bilan ishontirib, shaxsiy ma’lumotlaringizni, SMS kodlaringizni yoki pulingizni qo‘lga kiritish. Xo’sh, bunday jinoyatchilarni qanday payqashingiz mumkin, ulardan qanday himoyalanishingiz mumkin?

Biz firibgarlik usullarini tanib olishingiz va ulardan himoyalanishingiz bo‘yicha amaliy tavsiyalar tayyorladik. 

“Fishing” (soxta saytlar va havolalar) orqali qanday aldashadi?

Firibgarlar sizga haqiqiy saytlarga juda o‘xshash bo‘lgan soxta havolalar yuborishadi. Ularning maqsadi — sizni o‘sha sahifaga kiritib, parollaringiz va karta ma’lumotlaringizni o‘g‘irlash.

Ular bank yoki servis nomidan SMS yuborib, “Akkuntingiz bloklandi” yoki “Yutuqni olish uchun bu yerga bosing” deb yozishadi.

Havola (link) manzilida bir-ikkita harf xato yozilgan bo‘ladi (masalan, baraka.gov.uz o‘rniga baraka-uz.net).

Hech qachon shubhali havolalarga kirmang. Sayt manzilini brauzerda o‘zingiz yozib kiring.

“Xavfsizlik xizmati” qo‘ng‘iroqlari usulidagi tuzoq 

Sizga o‘zini bank yoki “Baraka” qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi deb tanishtirib qo‘ng‘iroq qilishadi. “Kartangizdan pul yechilmoqda, uni to‘xtatish uchun SMS kodni ayting” deb sizni qo‘rqitishadi.

Ular sizni shoshiltiradi, stress holatiga tushiradi va maxfiy kodni so‘raydi. Bunday paytda suhbatni darhol to‘xtating! Unutmang: Haqiqiy xodimlar hech qachon telefon orqali SMS kodni so‘ramaydi.

Messenjerlardagi soxta yordamchilar

Telegram yoki boshqa messenjerlarda firibgarlar o‘zini “Operator” deb tanishtirib, sizga birinchi bo‘lib yozishadi.

“Muammoingizni hal qilamiz” yoki “Keshbekni faollashtirib beramiz” deb va’da berishadi. Ular sizdan karta raqami yoki ilovaga kirish parolini so‘rashadi. Faqat rasmiy ilova ichidagi chatdan yoki rasmiy botlardan foydalaning. Sizga birinchi bo‘lib yozgan “yordamchi”larga ishonmang.

Nafaqangiz tayyor”, “Sizga pul jo’natildi” kabi aldovchi linklar 

Haddan tashqari foydali ko‘ringan takliflar 99% holatda firibgarlik bo‘ladi. Nafaqangiz tayyor”, “Sizga pul jo’natildi”, “Siz yutuq yutdingiz, uni olish uchun 50 ming so‘m komissiya to‘lang” kabi linklarni jo’natishadi. Pulni o‘tkazishingiz bilan ular g‘oyib bo‘ladi.Oldindan to‘lov talab qilinishi va “faqat bugun ulgurib qoling” deb shoshiltirish. Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi. Hech qachon “yutuq” uchun oldindan pul to‘lamang.

Xavfsizligingiz uchun 3ta oltin qoidani eslab qoling!

  1. SMS kodni hech kimga bermang! Bu sizning uyingiz kaliti kabi sir saqlanishi kerak.
  2. Parollaringizni murakkab yarating. Tug‘ilgan yilingiz yoki ismingizni parol sifatida tanlamang.
  3. Hushyor bo‘ling. Agar kimdir sizni shoshiltirayotgan bo‘lsa, demak bu — firibgar.

Agar ma’lumotlaringizni firibgarlarga berib qo‘ygan bo’lsangiz, darhol kartangizni bloklang va bizning rasmiy yagona aloqa markazimizga murojaat qiling: 1070

Baraka ilovasiga yangi qulayliklar qo’shdik

Foydalanuvchilarimizga yanada qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish maqsadida Baraka mobil ilovasini yangiladik. Yangi versiyada xavfsizlik darajasi oshirildi, moliyaviy amallarni boshqarish soddalashtirildi hamda bir qator yangi funksiyalar joylandi.

Xavfsizlik tizimi kuchaytirildi 

Ilovani Antifrod telekom himoya tizimi bilan integratsiya qildik. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida qo‘shimcha xavfsizlik mexanizmlari ishga tushadi. Bu esa akkauntlaringizni firibgarlik holatlaridan ishonchli himoyalash imkonini beradi.

O‘tkazmalar osonlashdi 

So‘nggi amalga oshirilgan pul o‘tkazmalaringiz ilovada saqlanib qoladi. Ushbu imkoniyat orqali tez-tez foydalaniladigan o‘tkazmalarni qisqa vaqt ichida qayta amalga oshirish mumkin.

Kirim-chiqimlar nazorati qulaylashdi

Pul mablag‘larining kirim va chiqimlari qulay tarzda joylashtirildi. Endi foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli moliyaviy operatsiyalarni oson va tez topishlari mumkin.

Yangi ijtimoiy xizmatlar paydo bo’ldi

Ilovaga yangi ijtimoiy xizmat turlari qo‘shildi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq amallarni yanada tez va qulay bajarish imkoniyati yaratildi.

Avtosug‘urta hujjatlari elektron shakli qo’shildi

Foydalanuvchilar endi avtosug‘urta hujjatlarini elektron ko‘rinishda Baraka ilovasida saqlashlari mumkin. Bu hujjatlarni doimo qo‘l ostida bo‘lishini ta’minlaydi.

Kartani buyurtma qilishda qulaylik

Buyurtma qilingan bank kartasining qayerdaligini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi. Karta qayta chiqarilganda endilikda Click orqali to‘lov qilish mumkin (avval faqat Paynet orqali amalga oshirilgan).

Texnik yaxshilanishlar

Ilovadagi aniqlangan mayda texnik kamchiliklar bartaraf etildi, umumiy ishlash tezligi va barqarorligi yaxshilandi.

Baraka mobil ilovasini yangilang va taqdim etilgan barcha yangi imkoniyatlardan foydalaning!

 

Baraka ilovasining keng imkoniyatlari bilan tanishing!

Biz Baraka ilovasini yana ham qulay va oson foydalanishingiz mumkin bo’lgan kartaga aylantirib boryapmiz. Hozirda Baraka ilovasi sizga bir necha xil qulayliklarni taqdim etadi. Keling, ular bilan birma-bir tanishamiz. 

Ilovaning asosiy imkoniyatlaridan biri kartadan kartaga mablag’larni (P2P o’tkazmalar) tez, qulay va xavfsiz o’tkaza olish imkoniyatining mavjudligida. Ya’ni siz tanishlaringiz yoki yaqinlaringizga Baraka ilovasi ortqali pul o’tkazib, uning xavfsiz yetib borishidan xotirjam bo’laverishingiz mumkin.  

Kundalik to’lovlaringiz masalan, kommunal xizmatlar, turli jarimalar, internet va TV, davlat xizmatlari kabi 100 dan ortiq xizmatlar uchun to‘lovlarni ham Baraka ilovasi oqrali oson bajara olasiz. 

 Ilovaning yana bir muhim afzalliklaridan biri 17 turdagi elektron hujjatingiz (pasport, diplom va boshqalar)ning elektron shakli Baraka ilovasida aks etganida. Bu orqali siz istalgan vaqtingizda shaxsiy hujjatlaringizni tezda yuklab olasiz. 

Yana bir ko’pchiligimizni o’ylantiradigan masala bor: Baraka ijtimoiy plastik kartam kodini qanday o’zgartirsam ekana, degan. Buni, ya’ni kartaningizning PIN kodini ham ilova orqali o’zgartira olasiz. Bu bo’yicha yo’riqnomamiz bilan bu yerda batafsil tanishing.

Bundan tashqari, ilovaga kirib Baraka kartangizni muzlatish va kartangiz tafsilotlarini  ham ko‘rishingiz  mumkin. O’zingizning ijtimoiy holatingizni (qanday ijtimoiy xizmat yoki nafaqa egasi ekaningizni) aks ettiruvchi QR koddan foydalana olasiz. 

Ilova ichidagi aloqa markazi tugmasi orqali darhol aloqa markazi operatorlari bilan bog’lana olasiz. Shuningek, ilovadagi ko‘p so‘raladigan savollar bo‘limida ham savollaringizga javob olishingiz mumkin. 

Ilovaga kirib, shuningdek, o‘tkazma, to‘lovlar tarixingizni kuzatish va  nazorat qilishingiz mumkin. Bu mablag’laringizni xavfsiz va ishonchli saqlashda eng asosiy yordamchi sanaladi. 

 

Ijtimoiy karta kimlarga bepul beriladi?

Sizda Baraka ijtimoiy kartasi uchun haq to’laymanmi yoki bepul ham olsam bo’ladimi degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Kartaning narxi 40 ming so’m. Biroq kartani pul to’lamay ham olish mumkin. Faqat buning uchun siz qonunchilik hujjatlarida tasdiqlangan 15 toifadagi shaxslardan biri bo’lishingiz kerak. Xo’sh, ijtimoiy karta bepul muomalaga chiqariladigan va foydalanish uchun taqdim etiladigan shaxslar kimlar? Ular quyidagilar:

Qaysi hollarda 15 toifaga kiruvchilar ham karta uchun pul to’laydi?

Amal qilish muddati tugashidan oldin karta yo’qotib qo’yilsa yoki yaroqsiz holga kelsa, 15 toifaga kiruvchilar ham kartani qayta chiqarish uchun pul to’lashlari kerak

Baraka ijtimoiy kartasini qanday tanib olish mumkin?

Hayotingizni yengillashtirish, davlat yordamini tez, xavfsiz va zamonaviy usulda olish imkonini beruvchi Baraka ijtimoiy kartasi haqida eshitganmisiz? Bu hukumat yo‘lga qo‘ygan “Ijtimoiy karta” tizimi bo‘lib, u barcha ijtimoiy imtiyoz va to‘lovlarni bitta raqamli, ishonchli va global kartaga jamlaydi.

Baraka — yangi avlod kartasi
“Baraka” — bu nafaqat ijtimoiy karta, balki zamonaviy dizaynga ega global Visa kartasidir. U orqali siz Visa tarmog‘idagi istalgan joyda to‘lov, online va offline savdolar qilishingiz mumkin. Va eng muhimi — ijtimoiy toifalar uchun u bepul taqdim etiladi.
Kartani tanib olishingiz oson: uning dizayni o‘ziga xos, zamonaviy va och yashil “Baraka” brendi ranglari bilan bezatilgan. Bizning maqsad – bu kartani ijtimoiy yordam va ishonch timsoliga aylantirish.

Bank kartasi shaklidagi Baraka ijtimoiy kartasida shaxsga oid qanday maʼlumotlar boʻladi?
Baraka ijtimoiy kartasi sizning shaxsingizni tasdiqlovchi bir nechta muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Bu maʼlumotlar kartaning old va orqa tomonida xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda QR kodda joylashtiriladi.

Kartaning old tomonida:
Familiya, ism: Egasining familiyasi va ismi (oʻzbek yoki ingliz tillarida, maxsus belgilar va 20 harf chekloviga rioya qilingan holda).
Amal qilish muddati: Kartadan foydalanish mumkin boʻlgan muddat.

Kartaning orqa tomonida:
Orqa tomonda shaxsni chuqurroq identifikatsiyalash uchun qoʻshimcha, koʻproq texnik maʼlumotlar beriladi.
Raqamli fotosurat: Ijtimoiy karta egasining raqamli fotosurati.
Familiya, ism: Egasining familiyasi va ismi (kartada yana bir bor koʻrsatiladi).
Fuqarolik turi: Fuqaroligi (yoki xorijiy fuqaro, fuqaroligi boʻlmagan shaxs ekanligi).
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR): Shaxsning noyob identifikatsiya raqami.
Orqa tomondagi QR kodda kodlangan maʼlumotlar:
Kartadagi QR-kod skanerlanganda shaxsga oid qoʻshimcha, batafsil maʼlumotlarni taqdim etadi:
Familiya, ism: (Oʻzbek yoki qoraqalpoq tillarida).
Jinsi: Shaxsning jinsi.
Millati: Shaxsning millati.
Tugʻilgan joyi: Shaxsning tugʻilgan joyi.
Ijtimoiy sugʻurta raqami: (Agar mavjud boʻlsa).
Ijtimoiy karta berilgan sanasi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).
Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
Qoʻshimcha shaxsiy element:
Imzo: Karta egasi 16 yoshga toʻlganidan soʻng, kartada uning shaxsiy imzosi boʻlishi mumkin.
Shuningdek, chipda:
Karta chipiga ham egasi haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
16 yoshdan keyin chipda Elektron Raqamli Imzo (ERI) kaliti sertifikati saqlanishi mumkin.
Bu maʼlumotlar Ijtimoiy kartaning shaxsingizni tasdiqlovchi va barcha imtiyozlaringizni bogʻlovchi ishonchli vosita ekanligini anglatadi.

Baraka xalqaro Visa Flex tizimida ishlaydi
“Baraka” kartasi Visa Flex tarmog‘ida to‘liq ishlaydi, ya’ni siz undan nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda foydalanishingiz mumkin. Online xaridlar, transport, dorixona yoki xalqaro to‘lovlar — barchasi bitta kartada.
Baraka ishonchli hamrohingizga aylanadi
Bu karta – davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning raqamli timsoli. U sizning imtiyozlaringizni bir joyda jamlaydi, yordamni tezlashtiradi va hayotingizni soddalashtiradi.

Baraka kartasi orqali xaridlar qiling va Milanda o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlari – 2026ga yo‘llanmani yutib oling!

 

Visa kompaniyasi Aloqabankning Baraka kartasi mijozlariga noyob va unutilmas imkoniyatni taqdim qilyapti. Siz Italiyaning Milan shahrida otadigan Qishki Olimpiya o‘yinlari2026ga sayohat qilishingiz mumkin. Shartlar juda oson va oddiy. Aksiyada istalgan kishi qatnasha oladi. 

Qanday ishtirok etish mumkin?

Aloqabank tomonidan chiqarilgan Baraka kartangiz bilan 18-dekabrdan 10-yanvargacha to‘lov va xaridlar qiling. Shu muddat ichida to‘lovlaringiz 600 ming so‘mdan oshsa, siz avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanasiz.

Kartangiz orqali amalga oshirilgan har bir tranzaksiya sizni aksiyaga egasiga aylantirishi mumkin.

Aksiya muddati: 2025-yilning 18-dekabridan 2026-yilnig 10-yanvarigacha 

Shoshiling! Har bir xaridingiz sizni Milan yo‘llanmasiga yaqinlashtiradi! Baraka kartangiz bilan xarid qiling va orzularingizga yo‘l oching!

Aksiya vaqti cheklangan! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Baraka kartangiz – nafaqat qulay, balki sizni katta yutuqlarga olib boradigan kalit!

Mehmon hamkor: Aloqabank

Bosh hamkor: Visa

Hamkor: Baraka



Endi o’zingizga tegishli barcha rasmiy hujjatlarni bitta ilovadan olishingiz mumkin

Sizga tegishli barcha rasmiy hujjatlar, deylik, pasport, haydovchilik va nikoh guvohnomasi, ta’lim bo’yicha diplomlaringiz – hammasi bo’lib 17 xil hujjatingiz bitta ilovada bo’lishini xohlarmidingiz? Bizningcha, bu ko’pchilikning orzusi. Nega deysizmi? Chunki hujjatlarni yig’ib yurish, ularni bir joyda saqlash, yirtilib ketmasligi yoki yo’qotib qo’ymaslik uchun qayg’urishga to’g’ri kelardi-da. Endi esa Baraka ilovasi sizni bu qayg’udan ozod qiladi. Ilova sizga kerakli hujjatni bir necha soniya ichida topib, ko’rsatib beradi. Bundan tashqari, hujjatlaringiz shifrlangan holda, yuqori darajada himoyalangan serverlarda saqlanadi, ularni yo’qotish haqida o’ylash endi faqat tarixda qoldi.

Baraka ilovasidagi raqamli hujjatlar funksiyasi kundalik hayotingiz sezilarli darajada osonlashtiradi:

  1. Yoʻl-patrul xizmati, turli idoralar yoki bank xizmatlarida hujjatlaringizni tez va rasmiy ravishda taqdim eta olasiz.
  2. Hukumat idoralari, notariuslar, yoki boshqa muassasalarda identifikatsiyadan oʻta olasiz.
  3. Transport vositasi sugʻurtasi yoki texnik pasportni har doim oʻzingiz bilan olib yurishingiz mumkin bo’ladi. 

Baraka ilovasidagi raqamli hujjatlar to‘liq ro‘yxati: 

  1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
  2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi
  3. Haydovchilik guvohnomasi
  4. Tugʻilganlik haqida guvohnoma
  5. Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma
  6. Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma
  7. Transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon)
  8. Pensiya (nafaqa) guvohnomasi
  9. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi)
  10. Nogironlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma
  11. Transport vositasining majburiy sugʻurta (fuqarolik javobgarligi) boʻyicha sugʻurta polisi
  12. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat

   13.Talabalik guvohnomasi

  1. Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma
  2. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
  3. Turar joy obyektlarining kadastr pasporti
  4. Jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma

Baraka ilovasidagi raqamli hujjatlar yuridik kuchga ega boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida rasmiy tan olingan. Shuning uchun endi xotirjam holda Baraka ilovasidagi raqamli hujjatlardan foydalanishingiz mumkin.