Default

Komissiyalar va yig‘imlar

Baraka ilovasidan foydalanish uchun abonent to‘lovi bormi?

Yo‘q, Baraka ilovasi mutlaqo bepul.

Kartadan foydalanish uchun komissiya olinadimi?

Yo‘q, kartadan foydalanish uchun komissiya olinmaydi. Biroq ayrim amallar (masalan, P2P o‘tkazmalar, naqd pul yechish) uchun komissiya olinishi mumkin.

Ijtimoiy karta almashtirilganda to‘lov talab qilinadimi?

Hozirda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi bilan tasdiqlangan 15 toifadagi fuqarolarga ijtimoiy karta bepul berilmoqda. Ammo agar karta ushbu shaxslarning aybi bilan yaroqsiz holga kelsa, almashtirish uchun to‘lov undiriladi. Agar ijtimoiy karta chiqarilishi INSON markazi yoki moliyaviy agentning aybi bilan rad etilgan bo‘lsa, to‘lov olinmaydi.

Karta (qayta) chiqarish uchun to‘lov miqdori qancha?

40.000 so‘m

Bankomat orqali kartadan pul yechib olish mumkinmi? Yechib olish uchun komissiya olinadimi?

Ha, ijtimoiy kartadagi mablag‘larni bankomatlar orqali yechib olish mumkin. Komissiya bankomatlardagi amallar uchun bank tomonidan belgilangan miqdorda undiriladi. Komissiya miqdori turli banklar va bankomatlarda farqlanishi mumkin.

Biz bilan bog‘laning

Biz yordamga tayyormiz
Icon
Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati
Xalq: 1106 | Aloqa: +998712307777
Icon
IHMA aloqa markazi
Umumiy so‘rovlar va savollar uchun 1070 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.