Default

Ijtimoiy kartani chiqarish va faollashtirish

Ijtimoiy karta nima?

Ijtimoiy karta bu – bank kartasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, shuningdek, transport kartasi, nogironlikni belgilovchi hujjat, talaba guvohnomasi vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari, u shaxs ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholining bir yoki bir nechta toifalariga mansubligini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy karta olish uchun ariza qanday topshiriladi?

Ijtimoiy karta chiqarish uchun arizalar Baraka mobil ilovasi orqali tez va oson bajariladi. Ilovaga kirib, «Karta chiqarish» tugmasi ustiga bosasiz. Kerakli buyruqlarni ketma-ketligi bo‘yicha bajarganingizdan keyin kartaga buyurtma bera olasiz. Bundan tashaqari, INSON shahar va tuman ijtimoiy xizmatlar markazlariga yoki mahalliy ijtimoiy xodimlar orqali yoki Xalq banki ATB, Aloqabank ATB filiallariga borib ham Baraka kartasiga buyurtma berishingiz mumkin.

Kimlar Ijtimoiy karta olish huquqiga ega?

Javob: Har bir fuqaro Ijtimoiy karta olish huquqiga ega. Odatiy holda elektron Ijtimoiy karta chiqariladi va faollashtiriladi. Xohishga ko‘ra, bank kartasi ko‘rinishidagi jismoniy Ijtimoiy kartani ham buyurtma qilish mumkin.

Kartamni qayta chiqarishni qanday amalga oshiraman?

Kartani qayta chiqarishning uch usuli mavjud:
1. Mobil ilova orqali (fuqaro);
2. Agent ilova orqali («Inson» markazlari);
3. Moliyaviy agentlar orqali (banklar).

1-usul. Kartani qayta chiqarish uchun ilavaning «Bosh sahifa»siga o’tiladi. U yerdan «Kartalarim» bo’limi tanlanadi.
– «Kartani qayta chiqarish» tugmasiga bosiladi. Shundan so‘ng foydalanuvchi «Davom ettirish» tugmasini bosadi va ijtimoiy kartani qayta chiqarish uchun 40 000 so‘m to‘lovni amalga oshiradi. To‘lov «Baraka» ilovasida yaratilgan olti xonali kod orqali Paynet tizimida amalga oshiriladi.

2-usul. Fuqarolar ijtimoiy kartani qayta chiqarish uchun «Inson» markazlariga murojaat qilishlari mumkin. Markaz operatori planshetda o‘rnatilgan Agent ilovasi orqali kartani qayta chiqarishi mumkin. Bu uchun PINFL va karta egasining telefon raqami talab etiladi. Operator ilovaga mijoz profiliga birinchi bor karta olishda ko‘rsatilgan raqamga yuborilgan SMS-kod orqali kirib, mobil ilova uchun ko‘rsatilgan barcha qadamlarni bajaradi va kartani qayta chiqarish uchun ariza yuboriladi.

3-usul. 2025 yil 10-dekabrdan boshlab fuqarolar karta qayta chiqarish uchun bank filiallariga murojaat qilishlari mumkin. Bunda fuqarolar PINFL, telefon raqami va shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishlari kerak. Bank xodimlariga «Baraka» veb-ilovasi taqdim etiladi va ular karta egasining so‘roviga ko‘ra kartani qayta chiqarishlari mumkin.

 

Yangi karta olgach eski kartamni nima qilaman?

Eski karta deaktivatsiya qilinadi, hisobdagi mablag‘lar esa to‘liq saqlanadi. Yangi ijtimoiy karta shu hisobga biriktiriladi va foydalanuvchi hisobdagi qoldiqdan foydalanishda davom etadi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Ijtimoiy karta oladimi?

Ha. Ijtimoiy kartalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 5 yil muddatga beriladi.
O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatga olingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Ijtimoiy karta olishlari mumkin. Bunda kartaning amal qilish muddati ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, milliy pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi muddatidan oshmasligi belgilangan.

Ijtimoiy kartani chiqarish qancha vaqt oladi?

Elektron ijtimoiy karta bir ish kuni ichida chiqariladi. Bank kartasi ko‘rinishidagi ijtimoiy karta esa 5 ish kuni ichida tayyorlanadi. Tayyor bo‘lganda, sizga bu haqida xabar jo‘natiladi.

Ijtimoiy kartani qanday faollashtirish mumkin?

Ijtimoiy karta chiqarilishi bilanoq avtomatik ravishda faollashtiriladi.

Ijtimoiy kartani uydan chiqmay turib olsa bo‘ladimi?

Ha, bu imkoniyat mavjud, ammo faqat ma’lum toifadagi fuqarolar uchun. Mahalliy ijtimoiy xodimlar fuqaroning uyiga tashrif buyurib, arizani rasmiylashtirishadi va tayyor karta xonadonning o‘ziga yetkazib beriladi.

Biz bilan bog‘laning

Biz yordamga tayyormiz
Icon
Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati
Xalq: 1106 | Aloqa: +998712307777
Icon
IHMA aloqa markazi
Umumiy so‘rovlar va savollar uchun 1070 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.