DefaultFAQ

FAQ

Ijtimoiy karta yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan taqdirda nima qilish kerak?

Karta yo‘qolgani yoki o‘g‘irlangani aniqlangan zahoti darhol tegishli (beruvchi) tijorat bankiga murojaat qilish lozim. Agar Ijtimoiy karta foydalanishga yaroqsiz holga kelsa yoki amal qilish muddati tugashidan oldin yo‘qolsa, u to‘lov evaziga almashtiriladi. 

Ijtimoiy kartaning PIN kodini qanday o‘zgartirish mumkin?

Ijtimoiy kartaning PIN kodini bankomat orqali, tegishli (beruvchi) bankka shaxsan tashrif buyurib yoki Baraka mobil ilovasi orqali o‘zgartirish mumkin.

Kartadan ruxsatsiz pul yechib olingan holda qaysi tashkilotga murojaat qilish kerak?

Karta bo‘yicha mablag‘larning ruxsatsiz harakati (hisobdan chiqarish yoki o‘tkazish) sodir bo‘lganda zudlik bilan tegishli (beruvchi) bankka murojaat qilish zarur. Bank rekvizitlari kartada ko‘rsatilgan. Aloqabank: +998712307777 Xalq banki: 1106

PIN kod uch marta noto‘g‘ri kiritilganda yoki karta foydalanuvchi tomonidan bloklanganda, uni qanday blokdan chiqarish mumkin?

Bunday hollarda Ijtimoiy kartani blokdan chiqarish uchun uni bergan moliyaviy muassasaga (bankka) murojaat qilish lozim.

Ijtimoiy kartam bankomatda tiqilib qolsa, nima qilishim kerak?

Darhol bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qiling. Hodisa joyi, vaqti va tafsilotlarini bayon eting. Qo‘shimcha yordam olish uchun kartangizni bergan moliyaviy muassasaga (bankka) murojaat qiling.