Ijtimoiy himoya siyosati va

yordam dasturlari haqida

Baraka ilovasining «Ijtimoiy himoya siyosatlari haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz — sizga turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish haqida tushunishni osonlashtirish. Biz ushbu muhim ijtimoiy himoya siyosatlari haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar berishga intilamiz.

Afzalliklar

To‘lov miqdori

380 000 so’m

Tasdiqlovchi hujjat

PF-6277, 11.08.2021 y.
VMQ-654, 21.10.2021 y.

Davriylik

Har oyda

To‘lov muddati

6 oy davomida har oy

Ariza berish tartibi

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi

Qayerga murojaat qilinadi?
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun:

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (MFY);
  • «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
  • davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi;

Arizalar nechanchi sanagacha qabul qilinadi?
Arizalar to‘lovni olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi.
Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mas’ul xodimlari tomonidan nimalar qilinadi?
Ariza va taqdim etilgan hujjatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mas’ul xodimlari tomonidan har kuni, biroq ariza berilgan oyning 26-sanasigacha «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritiladi.

Arizani kim koʻrib chiqadi va qaror qanday qabul qilinadi?
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida avtomatik shakllantiriladi va qabul qilinadi.
Ariza beruvchiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida yoki rad etilgan holda rad etish sabablari ko‘rsatilgan elektron xabar arizada ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishda yuboriladi.
Oilaning moddiy va mulkiy holati to‘lovlar amalga oshirilishi davrida avtomatik ravishda har oyda tekshirib boriladi.

Qanday holatlarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi?

  • ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad minimal iste’mol xarajatlari (669 000 so‘m) miqdoridan ko‘p bo‘lganida;
  • jami bittadan ortiq ko‘chmas mulk yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
  • ishlab chiqarilgan muddati 12 (oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa 7) yildan oshmagan yengil avtotransport vositasi bo‘lganda;
  • ishlab chiqarilgan muddati 15-yildan oshmagan boshqa turdagi avtotransport vositasi va texnikasi bo‘lganda;
  • jami 2 va undan ortiq avtotransport vositalari bo‘lganida;
  • oilaning tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlarining bozor qiymati mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari (5,8 mln.so‘m) va undan ortiq miqdorda bo‘lganda;
  • rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilmagan a’zosi mavjud bo‘lganda;
  • ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
  • nizomga asosan boshqa holatlar.

Nafaqa to‘lovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?
AT Xalq banki bo‘limi (filiali) tomonidan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
To‘lov ro‘yxat (vedomost)lari AT Xalq bankining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etilganida ariza beruvchi SMS orqali xabardor qilinadi.

Onlayn arizani qoldirish:

  1. Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olish;
    Ma’lumotnoma olish
  2. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlamasdan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kirish uchun onlayn ariza berish.
    Ariza topshirish